Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 7-mayda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 13,09 so‘mga pastlab, 12 924,92 so‘m bo‘ldi;
- yevro 52,33 so‘mga tushib, 14 620,67 so‘m bo‘ldi;
- rubl 1,21 so‘mga ko‘tarilib, 159,94 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi 22,94 so‘mga ko‘tarilib, 12 938,01 so‘m bo‘lgandi.
2024-yilda so‘m nominal kursi dollarga nisbatan 4,7 foizga qadrsizlangan. 2023-yilda so‘m AQSH valyutasiga nisbatan 9,7 foizga, 2022-yilda 3,94 foizga zaiflashgandi.
Izoh (0)