Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida prezident Shavkat Mirziyoyev va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Kengaytirilgan strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, yetakchilar huzurida qabul qilingan qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar almashildi.

Jumladan, Ekstraditsiya to‘g‘risidagi shartnoma, Iqlim o‘zgarishi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim, tabiiy ofatlarni boshqarish, ilm-fan va innovatsiyalar, tinch atom sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi idoralararo kelishuvlar almashilgan.




Izoh (0)