• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat Shou-biznes

    Fojiali bashoratga aylangan marjon: Misr malikasining hayotini vayron qilgan taqinchoq haqida

    Ba’zilar uchun bezaklar o‘z maqomini ko‘rsatish vositasi bo‘lsa, boshqalar uchun madaniy an’ananing bir qismidir. Ammo qirollik sulolalarida zargarlik buyumlari taqdirni belgilovchi noyob buyumlarga aylangan. Misr malikasi Nazli Sabri uchun maxsus yaratilgan marjon bilan ham shu holat sodir bo‘ldi.

    Zargarlik buyumlari har doim o‘z egasi haqida ko‘proq ma’lumot bera olgan, uning jozibadorligini ta’kidlagan, hatto fojiali bashoratga aylangan. Misr malikasi Nazli Sabri bilan xuddi shunday bo‘ladi. Onalik faxri va qirollik ulug‘vorligining ramzi sifatida yaratilgan marjon surgun, xonavayronlik va oiladan ajralishning darakchisiga aylanadi.

    To‘liq erkinlikdan oltin iskanjagacha

    Nazli hurmatli oilada dunyoga kelgan: otasi qishloq xo‘jaligi vaziri va Qohira hokimi bo‘lgan. Qizcha yevropacha tarbiya — fransuz ta’limi, nozik odob va keng dunyoqarash bilan o‘sgan. Biroq uning zodagon bilan birinchi nikohi qisqa bo‘ladi. 1919-yilda Qohira operasidagi qabulda Nazli o‘zidan 25 yosh katta bo‘lgan Sulton Fuad I bilan tanishadi. Bir necha oydan so‘ng ular turmush quradi.

    Sulton Fuad I va Nazli Sabri

    Yosh malika saroyda hashamatli hayot kechirish orzusida edi, biroq Fuad zolim, shafqatsiz va jizzaki edi. U Nazlini haqoratlar, qattiq nazorat ostida saqlar, ko‘pincha zo‘ravonlik ham qilardi. Faqatgina o‘g‘li Faruq tug‘ilganidan so‘nggina unga bosh saroyga ko‘chib o‘tishiga ijozat beriladi, ammo u yerda ham Nazlini sovuqlik va yolg‘izlik kutib turardi.

    Muhabbatdan mahrum Nazli go‘zallik va hashamatdan tasalli izlardi. Uning garderobini eng nufuzli moda uylarining liboslari, qutichalarini esa yuzlab taqinchoqlar to‘ldirardi. Benuqson tashqi qiyofasi ortida chuqur iztiroblari yashiringandi: o‘sha davrning solnomalarida uning joniga qasd qilishga urinishlari qayd etilgan.

     
    Nazli Sabri bolalari bilan

    Mash’um taqinchoqning yaratilishi

    1936-yilda qirol Fuad vafotidan so‘ng, Nazli va uning o‘g‘li Faruq taxtga o‘tiradi. Beva qolgan qirolicha uchun hayotning yangi, osoyishtaroq davri boshlanadi. Bu, ayniqsa, 1939-yilda uning suyukli qizi malika Favziyaning Eron valiahd shahzodasi Muhammad Rizo Pahlaviy bilan to‘yida yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu voqea nafaqat shaxsiy, balki tarixiy ahamiyatga ham ega edi: ikki monarxiya ittifoqi ulkan va dabdabali bayramga aylanadi.

    Cвадебные фото ближневосточных королевских семей

    Shu kuni Nazli Van Cleef & Arpels zargarlik uyiga umumiy og‘irligi 217 karat bo‘lgan noyob olmosli platina marjonni buyurtma qiladi. Nufuzli ekspert va zargarlik san’ati tarixchisi, “Van Cleef & Arpels: Xazinalar va afsonalar” kitobi muallifi Vinsent Meilan bu taqinchoqni “mukammal” deb atab, uni qirollik saroylaridagi eng buyuk zargarlik asarlari qatoriga qo‘shgan. Kompozitsiya markazida 6 karat og‘irlikdagi olmos joylashgan bo‘lib, quyosh gardishi shaklidagi dizayn qirolichaning ulug‘vorligi va onalik g‘ururini aks ettirardi.

    Marjon shunchaki kiyimning bir qismi emas, balki qiziga bo‘lgan muhabbat, mavqe va ichki kuch ramziga aylandi. Qirolicha Nazli Sabri Misr qiroli Fuadning ikkinchi rafiqasi sifatida tarixda birinchi qirolicha-konsort bo‘ldi. To‘y marosimida qirolicha Nazli oilaviy toj va qimmatbaho ziraklar bilan birga hashamatli marjonni taqadi.

     
    Nazli Sabri va uning mashhur taqinchog‘i

    Fojianing boshlanishi

    Eri vafot etgach, Nazli uzoq yillar davomida mahrum bo‘lgan narsa — muhabbatga erishadi. Avvaliga o‘g‘lining yosh murabbiysi Ahmad Hasanneyinga ko‘ngil qo‘yadi — u ancha yosh, ayyor va malika onaga katta ta’sir o‘tkaza olardi. Keyinchalik esa mohir sarguzashtchi Riyod G‘aliga mehr qo‘yadi. Qimmatbaho taqinchoqlarini sotib, uni ta’minlab turadi, oqibatda nafaqat boyligidan, balki obro‘sidan ham ajraladi. Bu erkak esa firibgar va tekinxo‘r bo‘lib chiqadi. G‘ali nafaqat Nazlining, balki uning qizi Fatiyaning ham qalbini zabt etadi, keyinchalik islomni qabul qilib, unga uylanadi. G‘azablangan shoh Faruq bu nikohga qat’iyan qarshi chiqadi va itoatsizlik uchun onasini unvon, mol-mulk va vatanga qaytish huquqidan mahrum etadi. Nazli Misrni tark etadi — 15 yil o‘tib, o‘g‘lining dafn marosimidagina vatanga qaytadi.

     
    Nazli Sabri qizlari bilan

    Nazli Amerikaga ko‘chib ketib, umrining qolgan qismini qashshoqlikda o‘tkazadi. 1976-yilda Misr prezidenti Nazli va qizi Fatiyaga vataniga qaytishga ruxsat beradi. Ammo jo‘nash kunida Fatiyani o‘sha paytda sobiq eri bo‘lgan Riyod G‘oliy o‘ldiradi. Unvonsiz, mol-mulksiz, vatanidan uzoqda Nazli yolg‘iz holda vafot etadi. 

    Marjonga kelsak, sulolaning abadiy muhabbati va qudrati ramzi bo‘lishi kerak bo‘lgan o‘sha hashamatli taqinchoq o‘n yillar o‘tib, Sotheby’s kimoshdi savdosiga qo‘yiladi. 2015-yilda u 4,3 million dollarga sotiladi — bu Nazlini qashshoqlikdan qutqarishi mumkin bo‘lgan mablag‘ edi. Olmosdan yasalgan bu mo‘jizani aynan o‘sha fransuz zargarlik brendining vakillari sotib oladi. Besh yildan beri bu noyob asar Van Cleef zargarlik merosi to‘plamida saqlanib kelmoqda.

    Принцессы Саудовской Аравии и представительницы арабских монархий снялись  для Vogue

    2019-yilda arab Vogue jurnali muqovasida bir zumda hammaning e’tiborini tortgan ayol tasvirlandi. Nafis qiyofali, ifodali yuz chiziqlari va qop-qora sochli bu ayol Amina El-Demirdash edi — qirolicha Nazli Sabrining chevarasi, bir paytlar Misrda hukmronlik qilgan sulolaning avlodi. Aslzoda oiladan bo‘lishiga qaramay, Amina saroy va imtiyozlardan yiroqda ulg‘aydi, o‘zini monarxiyaning bir qismi deb his qilmadi.

     
    Amina El-Demirdash — qirolicha Nazli Sabrining chevarasi

    Bugun bu marjon XX asrning eng nozik zargarlik durdonalaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Biroq u o‘z egasi uchun na dabdaba, na go‘zallik azobdan qutqara olishining namunasi bo‘lib qoldi. 

    15 may, 09:46   Izoh (0)   2751
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Misr#hashamat#taqinchoq#boylik

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ming yillik boy: butun dunyo oltiniga kim egalik qilgan?

    11.08.2017, 15:10

    “Ming bir kecha”dagi odil shoh aslida qanday edi? Mashhur xalifa Horun ar-Rashid haqida

    14.09.2020, 11:10

    Gitler va Stalinga bo‘ysunmagan lider: Iosip Broz Tito hayoti haqida

    14.01.2021, 18:20

    Misrda Art D'Égypte lend art ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda (foto)

    31.10.2021, 11:50

    Sharq malikalari: to‘yida eng go‘zal obrazda namoyon bo‘lgan mashhur arab kelinlari (foto)

    12 fevral, 15:58

    O‘zbekistonda har oyning bitta shanba va yakshanbasi “oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish” kuni deb eʼlon qilinadi

    9 aprel, 16:42

    G‘azo tunnellarining 25 foizi yo‘q qilingan — OAV

    9 aprel, 23:55

    Los-Anjeles—2028. Olimpiya o‘yinlarida futbol jamoalari soni qisqardi

    10 aprel, 14:25

    Moskvadagi G‘alaba paradida dunyoning 29 ta davlati rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda

    7 may, 17:50

    Ukraina Moskvadagi paradda xorijiy harbiylar ishtirok etishini qoraladi

    8 may, 16:55

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    8 may, 20:45

    Shavkat Mirziyoyev Moskvada bir qator davlatlar rahbarlari bilan norasmiy uchrashuvlar o‘tkazdi

    9 may, 13:15

    Shavkat Mirziyoyev G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi (foto)

    9 may, 15:57

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    U-17 Jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi sanasi e’lon qilindi

    13 may, 10:53

    Ukraina Xitoy armiyasini Moskvadagi paradda qatnashgani uchun tanqid qildi

    13 may, 19:10

    Misrda bo‘lish qoidalarini buzgani sababli 5 nafar o‘zbekistonlik ushlab turilgani aniqlandi 

    13 may, 19:56
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tanada tuz miqdori oshib ketganining 5 ta yashirin belgisi

    Salomatlik | 3 iyun, 13:20

    Umri ayanchli yakunlangan mashhur fotografning O‘zbekiston haqidagi fotolari

    O‘zbekiston | 3 iyun, 13:17

    iPhone narxi AQSHda ishlab chiqarilsa, 3500 dollarga oshishi mumkin — CNN

    Dunyo | 3 iyun, 13:15

    Nigeriyada harbiylar xatosi sabab 20 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 3 iyun, 13:11

    Hindiston aeroportiga yo‘lovchi 47 ta zaharli ilon olib keldi (foto)

    Dunyo | 3 iyun, 12:55

    Yaponiyaliklar 45 soatda uy qurishni o‘rganib oldi (video)

    Arxitektura | 3 iyun, 12:45

    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta

    Reklama | 3 iyun, 12:45

    Pep Gvardiola: “Mavsum og‘ir bo‘ldi, lekin biz muhim vazifani bajardik”

    Sport | 3 iyun, 12:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.