• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Jahon iqtisodiyoti va savdosining parchalanib borayotgani tengsizlik, texnologik uzilishlar va protektsionizmni kuchaytirmoqda” — O‘zbekiston prezidenti

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-oktyabr kuni “BRIKS plyus” sammitining yalpi majlisida nutq so‘zladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Rossiya prezidenti Vladimir Putin raisligida o‘tkazilgan tadbirda Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinipin, Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Siril Ramafosa, Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Eron prezidenti Masʼud Pezeshkiyon, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Vyetnam Sotsialistik Respublikasi bosh vaziri Fam Min Tin, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish, boshqa bir qator davlatlar, xalqaro tashkilotlar va moliyaviy tuzilmalarning rahbarlari hamda yuqori darajali vakillari ishtirok etdi.

    Kun tartibiga muvofiq, inklyuziv va barqaror rivojlanishni taʼminlash maqsadida xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari, shuningdek, global va mintaqaviy siyosatning dolzarb muammolari muhokama qilindi.

    O‘zbekiston prezidenti “BRIKS plyus” formatidagi uchrashuvlar global rivojlanishning dolzarb masalalarida keng muloqot va ochiq muhokamalar uchun muhim ekanini taʼkidladi. Davlat rahbari bugungi kunda dunyo jadal bo‘linib borayotganini, insonlarga ulkan azob-uqubatlar, og‘ir iztirob va o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan yo‘qotishlar keltirayotgan urush va mojarolar soni ortayotganini afsus bilan qayd etdi.

    “Jahon iqtisodiyoti va savdosining parchalanib borayotgani tengsizlik, texnologik uzilishlar va protektsionizmni kuchaytirmoqda. Mamlakatlar o‘rtasida yangi to‘siqlar vujudga kelmoqda”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bunday sharoitda teng huquqlilik, bloklardan xolilik, bir-birining manfaatlarini hisobga olish, suverenitetga va o‘zining mustaqil taraqqiyot yo‘liga ega bo‘lish huquqiga hurmat kabi tamoyillarga asoslanib harakat qilayotgan BRIKS o‘zini ko‘p tomonlama hamkorlik va sheriklikning nufuzli va rivojlanib borayotgan tuzilmasi sifatida namoyon etmoqda.

    O‘zbekiston yetakchisi o‘zaro aloqalarning bunday modeli BMTning markaziy rolini saqlagan holda jahon tartibotining bugungidan ko‘ra adolatliroq yangi arxitekturasini shakllantirish uchun mustahkam asos bo‘lishi mumkinligiga ishonch bildirdi.

    Geosiyosiy raqobat, milliy egoizm va mafkuraviy qoliplardan xoli bo‘lgan, konstruktiv muloqot yo‘li bilan global murosaga erishish bo‘yicha yangragan daʼvatlar qo‘llab-quvvatlandi.

    “Jahondagi boshqaruv institutlarini isloh qilish hamda “Janub – Janub” va “Shimol – Janub” formatlaridagi masʼuliyatli muloqotlarni kengaytirishning vaqti keldi, deb hisoblaymiz”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekiston BRIKS davlatlari bilan sheriklik aloqalarini bundan buyon ham faol chuqurlashtirish, ushbu birlashma doirasida ochilayotgan yangi imkoniyatlardan samarali foydalanish niyatida ekani taʼkidlandi.

    Davlat rahbari BRIKS mamlakatlarining global tengsizlik va iqtisodiyotni inklyuziv yo‘l bilan qayta tiklash muammolarini hal etish maqsadida hamkorlikni rivojlantirish borasidagi fundamental sodiqligini qo‘llab-quvvatladi.

    Taʼkidlanganidek, O‘zbekiston ustuvor investitsiyaviy va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun BRIKSning yangi Taraqqiyot banki bilan yaqin hamkorlik o‘rnatishni rejalashtirgan hamja innovatsiya, raqamli iqtisodiyot, “yashil” taraqqiyot va energetika, to‘siqlarsiz elektron tijorat kabi sohalarda amaliy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor.

    Shuningdek, O‘zbekiston BRIKS sunʼiy intellekt bo‘yicha Tadqiqot guruhining qo‘shma loyihalarida ishtirok etish, YUNIDO huzurida tashkil etilayotgan Kompetensiyalar markaziga, shuningdek, taklif etilayotgan Investitsiya platformasiga qo‘shilish niyatida.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident O‘zbekiston BRIKSdagi sheriklari bilan birgalikda transport sohasidagi bog‘liqlikni kuchaytirish, yangi transkontinental yo‘laklarni yaratish, yetkazib berishning ishonchli logistika zanjirlarini shakllantirish, kabotaj tashuvlar tizimini rivojlantirish borasida yaqindan ish olib borishga tayyorligini bildirdi.

    Oziq-ovqat va energetika xavfsizligini taʼminlash, iqlim o‘zgarishlarining salbiy oqibatlarini bartaraf etish, sog‘liqni saqlash masalalarida ham hamkorlik qilish muhim ekani qayd etildi.

    Tashkilot doirasida ishbilarmonlar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlab, davlat rahbari barcha manfaatdor mamlakatlarga BRIKSning Ishbilarmonlar kengashiga qo‘shilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni taklif etdi.

    Xalqaro terrorizm bilan bog‘liq xavf va tahdidlarga qarshi kurashish haqida so‘z yuritar ekan, O‘zbekiston rahbari radikallashuv va ekstremistik g‘oyalarning, avvalo, yoshlar o‘rtasida tarqalishining oldini olishga alohida eʼtibor qaratish zarurligini ko‘rsatib o‘tdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    So‘zining yakunida O‘zbekiston yetakchisi barqaror taraqqiyotning umumiy maqsadlariga erishish uchun BRIKS mamlakatlari bilan yaqin va o‘zaro manfaatli hamkorlikka tayyorligini taʼkidladi.

    Shavkat Mirziyoyev BRIKS sammiti doirasida Qozonga tashrifining birinchi kuni 

    Shavkat Mirziyoyev BRIKS sammiti tadbirlarida ishtirok etish va qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish uchun Qozon shahriga 23-oktyabr kuni tashrif buyurdi. Uni aeroportda Tatariston raisi Rustam Minnixanov, Qozon shahri meri Ilsur Metshin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Tashrifning birinchi kuni Shavkat Mirziyoyev  BRIKS sammiti ishtirokchilarini qutlash marosimida qatnashdi. Xitoy raisi Si Szinpin va Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan suhbatlashdi, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashuv o‘tkazdi. BRIKSning  Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusef va “Sberbank” prezidenti va boshqaruv raisi German Grefni qabul qildi.

    Sammit doirasida Shavkat Mirziyoyev va Rustam Minnixanov uchrashib, O‘zbekiston hududlarining Tatariston bilan o‘zaro manfaatli va ko‘p qirrali hamkorligini yanada kuchaytirish masalalarini muhokama qildi. Rustam Minnixanov Shavkat Mirziyoyevni Tatariston davlat mukofoti — “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi.

    BRIKS birlashmasi 2006-yilda tashkil etilgan. Hozirda Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Misr va Efiopiya uning aʼzolari hisoblanadi.

    24.10.2024, 17:13   Izoh (0)   3355
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Prezident#Shavkat Mirziyoyev#BRIKS

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev global rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan sammitda ishtirok etadi

    24.06.2022, 09:54

    Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi taklifiga binoan Global taraqqiyot masalalari bo‘yicha hukumatlararo muloqotda ishtirok etdi

    24.06.2022, 20:18

    Shavkat Mirziyoyev Global taraqqiyot masalalari bo‘yicha muloqotda nutq so‘zladi

    24.06.2022, 21:52

    "Bank rahbarlari o‘zgarishlarning maqsadini tushunib yetmayapti" — ekspert O‘zbekistondagi davlat banklari transformatsiyasi haqida

    23.10.2024, 14:09

    Shavkat Mirziyoyev BRIKS mamlakatlari sammitida ishtirok etadi

    22.10.2024, 19:55

    O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2026-yilning iyulida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda

    23.10.2024, 11:25

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiyaga jo‘nab ketdi

    23.10.2024, 14:07

    Davlat mulki obyektlarini “nol” xarid qiymati bo‘yicha realizatsiya qilish tartibi bekor qilinmoqda 

    23.10.2024, 21:30

    Shavkat Mirziyoyev BRICS sammitining protokol tadbirlarida ishtirok etish uchun Qozon shahriga yetib bordi

    23.10.2024, 19:22

    Shavkat Mirziyoyev Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi

    23.10.2024, 19:41

    Sun’iy intellekt bo‘yicha tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Beruniy nomidagi YUNESKO — O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etildi 

    23.10.2024, 20:16

    Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildi 

    23.10.2024, 20:28

    Shavkat Mirziyoyev Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusef bilan uchrashuv o‘tkazdi   

    23.10.2024, 22:36

    Qozonda BRIСS sammiti ishtirokchilarini qutlash marosimi bo‘lib o‘tdi

    24.10.2024, 01:06

    Oshgan dollar kursi, savol ostidagi YouTube, Senatdagi “davlat sirlari” va uyidan ayrilgan “Dok-1 Maks” aybdori. 23-oktyabrning eng muhim xabarlari 

    24.10.2024, 00:58

    Shavkat Mirziyoyev Tataristonning “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi

    24.10.2024, 08:20

    Putinga 100 millionlik ramziy BRIKS kupyurasi sovg‘a qilindi (foto)

    24.10.2024, 09:55

    Zelenskiy “make russia small again” yozuvi tushirilgan futbolkada murojaat qildi

    24.10.2024, 11:05

    Toshkent shahar hokimligi drenaj tizimini yaxshilash uchun 6 mlrd so‘m ajratdi

    24.10.2024, 13:55

    Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi yana hukumat bo‘ysinuviga o‘tkazildi

    24.10.2024, 13:39

    “Tinch aholi, ayniqsa, bolalarning begunoh qurbon bo‘lishini hech qanday siyosiy maqsadlar oqlay olmaydi” — Shavkat Mirziyoyev 

    24.10.2024, 16:18
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukraina va Rossiya asirlar ayirboshlashni yakunladi (foto)

    Dunyo | 25 may, 21:16

    Superliga. “Navbahor” o‘z maydonida yirik hisobda g‘alaba qozondi

    Sport | 25 may, 20:49

    Braziliyada kolaga ruju qo‘ygan erkak organizmidan 35 ta tosh chiqdi (video)

    Dunyo | 25 may, 20:37

    Isroil barcha faol piyoda va zirhli brigadalarini G‘azoga kiritdi

    Dunyo | 25 may, 19:15

    Tramp Garvard universitetida o‘qiydigan xorijlik talabalar maʼlumotini so‘radi

    Dunyo | 25 may, 18:40

    Yevropaning ikki top klubi yaponiyalik futbolchi uchun kurashmoqda

    Sport | 25 may, 18:21

    Qozog‘istonda chigirtkalarga qarshi dronlardan foydalaniladi

    Qozog‘iston | 25 may, 18:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.