• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +45°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Jurnalist Ruxsora G‘ofurovaga nisbatan qo‘zg‘atilgan maʼmuriy ish tugatildi

    “Mening yurtim” (MY5) telekanali muxbiri Ruxsora G‘afurova o‘zgalar nomiga isteʼmol krediti olib, uni o‘zlashtirganlikda gumon qilinayotgan sobiq bank xodimi haqida tayyorlagan materiali ortidan ochilgan maʼmuriy ish tugatildi. Bu haqda Ruxsora G‘afurova “Daryo”ga maʼlum qildi.

    Ruxsora G‘afurova
    Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

    Nima bo‘lgan edi?

    Jurnalist o‘zgalar nomiga isteʼmol krediti olib, uni o‘zlashtirganlikda gumon qilinayotgan sobiq bank xodimi haqida material tayyorlagan va uni efirga uzatgan. Surishtiruv keng muhokamalarga sabab bo‘lgan va holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    O‘zgalar nomiga kredit olganlikda gumon qilinayotgan bank xodimi haqidagi surishtiruvi ortidan jurnalist Ruxsora G‘ofurovaga nisbatan maʼmuriy ish qo‘zg‘atilgan. Jurnalistga Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 46−2-moddasi (shaxsga doir maʼlumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) bilan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilgan va to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudiga oshirilgan edi.

    Oliy sud jamoatchilik bilan aloqalar markazi rahbari Aziz Obidovning maʼlum qilishicha, ishni ko‘rib chiqishga tayyorlash vaqtida ish hujjatlari Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 303-303-1-moddalari talablari buzilgan holda sudga yuborilgani aniqlangan. Shu sababli ushbu ish materiali qayta rasmiylashtirish uchun Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMBga qaytarilgan.

    Tuman ichki ishlar bo‘limi hujjatlari sudga qayta yuborilgan va ish 2-aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi binosida ko‘rib chiqilgan.

    “Ruxsora G‘ofurova bilan bog‘liq holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB 3-IIB XPB profilaktika inspektori tomonidan 2025-yil 17-fevral kuni jinoyat ishini rad etish hamda maʼmuriy ish qo‘zg‘atish haqida qaror qabul qilingan va ish hujjatlari sudning ish yurituviga kelib tushgan. Tuman sudi tomonidan 2025-yil 26-fevral kuni ushbu ish Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 303-moddasi (maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishga tayyorlanish) hamda 303−1-moddasiga (maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish materiallarini qaytarish) asosan, kamchiliklarni bartaraf etish uchun qayta rasmiylashtirishga qaytarilgan. Ammo profilaktika inspektori tomonidan zarur protsessual harakatlar amalga oshirilmasdan ish 2025-yil 2-aprel kuni sudga qayta yuborilgan”, deyiladi sud qarorida.

    Sud yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, Ruxsora G‘afurovaga oid maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 36-moddasi (maʼmuriy jazo qo‘llanish muddatlari)da nazarda tutilgan maʼmuriy jazo qo‘llash muddatlari o‘tib ketgani sababli kodeksning 271-moddasi 7-bandiga asosan, tugatishni lozim, deb topgan.

    Eslatib o‘tamiz, arizachi taraf (sobiq bank xodimi) sudga Ruxsora G‘afurovaga nisbatan daʼvosi yo‘qligi haqida xat bergan edi.

    11 aprel, 17:17   Izoh (0)   5070
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Jurnalist#Ruxsora Gʻofurova#maʼmuriy ish#MY5 telekanali#sud#oliy sud

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jurnalist va bloger Jasur Hamroyev 42 yoshida vafot etdi 

    5 aprel, 10:43
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 4 iyul, 17:38

    Ruminiyada motosiklchi ayiq tomonidan o‘ldirildi

    Dunyo | 4 iyul, 17:31

    O‘zbekiston prezidenti IHT doirasida “Ekoinvest” dasturini qabul qilish muhimligini aytdi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 17:05

    BBC xodimlari teleradiokompaniyani Isroilga “tarafkashlik”da aybladi

    Dunyo | 4 iyul, 17:01

    OAV: Isroil Rossiya bilan Eron va Suriya bo‘yicha maxfiy muzokaralar o‘tkazdi

    Dunyo | 4 iyul, 16:55

    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz

    Reklama | 4 iyul, 15:00

    A Seriyaning 3 klubi “Real” futbolchisini ijaraga olmoqchi

    Sport | 4 iyul, 16:47

    “Eron va Isroil o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha erishilgan kelishuvni qo‘llab-quvvatlaymiz” — Shavkat Mirziyoyev

    O‘zbekiston | 4 iyul, 16:31

    Dubay valiahd shahzodasi restoran mehmonlarining 8 ming dollarlik hisobini to‘lab berdi

    Layfstayl | 4 iyul, 16:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.