Xorazmdagi bog‘chada bolalar kaltaklanishi, OTMlarda davlat granti taqsimlanish tartibi o‘zgarishi, giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiya tasdiqlanishi — “Daryo” nashri bugun, 6-mayda eʼlon qilingan O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi.
Veolia Energy Tashkent daraxt qulashi oqibatida halok bo‘lgan qiz voqeasi sabab ish jarayonini o‘zgartiradi
Kompaniya masʼul shaxslarga nisbatan chora ko‘rilishini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda firibgarlik va tovlamachilik jabrlanuvchisi bo‘lib qolishning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘riladi
Jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirish bo‘yicha dastur tasdiqlanishi kutilmoqda.
Shohjahon Jo‘rayev ikki yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi
Sudda ko‘rib chiqilgan daʼvo uyga kiritish bilan bog‘liq nizo bo‘lgan.
Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
Zilzila episentri Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan.
O‘zbekistonga chetdan vaqtincha kirgan avtomobillarga ortiqcha kun uchun yig‘im miqdori o‘zgardi
Ilgari har bir muddati o‘tgan kun uchun 0,7 BHM miqdorida to‘lov amalga oshirilar edi.
O‘zbekistonda elektromobillarni zaryadlash stansiyalarini o‘rnatish va tarmoqqa ulash tartibi soddalashtirildi
Yuridik shaxslarga tegishli ruxsatnoma bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda beriladi.
Zangiota tumanida qaynukasining xotiniga shilqimlik qilgan 50 yoshli erkak 5 sutkaga qamaldi
Ayblanuvchi bunday nojo‘ya xatti-harakatlarni avval ham sodir etgani aytilmoqda.
O‘zbekistonda xotin-qizlardan OTMlarda o‘qish uchun tavsiyanomaga arizalar qabuli boshlandi
Arizalar qabuli 1-iyungacha davom etadi.
Xorazmdagi bog‘chada bolalar kaltaklandi
Shuningdek, bolaning qo‘liga igna qanday kirganini aniqlash bo‘yicha tekshiruv boshlandi.
Samarqandda o‘qituvchi farzandi avariya bo‘lgani uchun darsdan ketgani sabab jazolanadigan bo‘ldi
Sinf rahbarlari dars jarayonlarini nazorat qilmagan.
Toshkentda Fransiya OAVni rivojlantirish agentligining jurnalistlar mintaqaviy forumi boshlandi
Forumning ochilish marosimida prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ishtirok etdi.
Shamol sabab: Xorazmdagi bog‘chada bolaga igna sanchilgani aytilgan video o‘rganildi
Tarbiyachi ishdan bo‘shatilgan.
Advokat “Dok-1 Maks”dan jabrlanganlarga tovon puli tezroq undirib berilishini so‘ramoqda
“Pullarni yo Hindistondagi ishlab chiqaruvchidan yoki Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi agentlikdan undirish kerak”, — deydi advokat.
OTMlarda davlat granti taqsimlanish tartibi o‘zgardi
Davlat rahbari bu tizimni adolatli yo‘lga qo‘yish, yoshlarga va ota-onalarga yetkazish zarurligini ta’kidladi.
Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘lini qurish bo‘yicha amaliy ishlar ko‘rib chiqildi
Prezidentga Markaziy Osiyoni Janubiy Osiyo bilan bog‘laydigan yangi transport yo‘laklarini yaratishga doir jarayonlar bo‘yicha axborot berildi.
O‘zbekistonda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiya tasdiqlandi
Bosh vazir raislik qiladigan Giyohvandlik vositalari ustidan nazorat qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tashkil etiladi.
Izoh (0)