• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda Milliy texnik malakani baholash va malaka oshirish markazi tashkil etiladi

    “Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) granti asosida milliy texnik malakani baholash va malaka oshirish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.

    Foto: Norma

    2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarning 160 ming nafarini talabgor kasblarga o‘qitish hamda ularning kamida 5 ming nafari kasbiy malaka darajasini tasdiqlash va ularga malaka pasportlarini taqdim etish nazarda tutilgan.

    Hujjat bilan quyidagilar nazarda tutilgan:

    • Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) granti hisobidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi muassisligida davlat taʼlim muassasasi shaklidagi Milliy texnik malakani baholash va malaka oshirish markazini tashkil etish;
    • “Ishga marhamat” monomarkazlari huzuridagi o‘quv-maslahat ofislarini transformatsiya qilish.

    Markazning asosiy vazifalari:

    • o‘qituvchi, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, muhandis-ustalar, pedagog kadrlar hamda taʼlim faoliyatiga bevosita aloqador boshqa rahbar-xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
    • O‘zbekistonning milliy malaka tizimini xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
    • professional standartlarni ishlab chiqishda ularni xorijiy tashkilotlar hamda ilmiy hamjamiyatlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali takomillashtirib borish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
    • mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan ishchi kasblar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashga doir o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va ilmiy adabiyotlar yaratish.

    2024-yil 1-iyundan boshlab:

    • “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga o‘qitish markazlarining o‘qituvchilari hamda muhandis ustalarini maqomi bo‘yicha professional taʼlim muassasalari pedagoglariga tenglashtirish hamda ularga ushbu xodimlar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va ijtimoiy himoya kafolatlari tatbiq etiladi;
    • xorijiy mutaxassislarga bajarilgan ishlar uchun to‘lanadigan to‘lov miqdori ularning malakasi, tajribasi va ularga yuklanadigan ish hajmidan kelib chiqqan holda, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan belgilanadi.

    Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2024-yil 7-maydan kuchga kirdi.

    Bir necha kun oldin Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Koreya tajribasi asosida KOICA xalqaro hamkorlik agentligi ko‘magi bilan O‘zbekistonda “Elektron parlament” tizimini joriy qilish grant loyihasining amalga oshirilishini muhokama qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

    10.05.2024, 10:59   Izoh (0)   2742
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda Fuqarolarni chet tillariga o‘qitish va xorijda ishlashga tayyorlash markazi tashkil etiladi

    19.04.2024, 13:24

    Qimmatbaho metallar sohasida Ilg‘or texnologiyalar ilmiy markazi tashkil etiladi

    29.04.2024, 20:05

    O‘zbekistonda Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi tashkil etilmoqda

    06.05.2024, 22:50

    Buxoro viloyati IIBga yangi boshliq tayinlandi

    10.05.2024, 10:33

    “O‘zgidromet” 11-may kuni yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor hududlarni ma’lum qildi

    10.05.2024, 10:31

    O‘zbekiston elchixonasi Dehli aeroportida 5 kg oltin bilan ushlangan fuqarolarga bog‘liq holatni nazoratga oldi

    10.05.2024, 10:10
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Superliga. “Navbahor” o‘z maydonida yirik hisobda g‘alaba qozondi

    Sport | 25 may, 20:49

    Braziliyada kolaga ruju qo‘ygan erkak organizmidan 35 ta tosh chiqdi (video)

    Dunyo | 25 may, 20:37

    Isroil barcha faol piyoda va zirhli brigadalarini G‘azoga kiritdi

    Dunyo | 25 may, 19:15

    Tramp Garvard universitetida o‘qiydigan xorijlik talabalar maʼlumotini so‘radi

    Dunyo | 25 may, 18:40

    Yevropaning ikki top klubi yaponiyalik futbolchi uchun kurashmoqda

    Sport | 25 may, 18:21

    Qozog‘istonda chigirtkalarga qarshi dronlardan foydalaniladi

    Qozog‘iston | 25 may, 18:10

    O‘zbekiston va Vengriya vagonsozlik sohasida birgalikda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

    O‘zbekiston | 25 may, 17:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.