• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Iqtisodiyot

    “Maqsad fuqarolar huquqlarini himoya qilish” — O‘zbekistonda qimor o‘yinlariga nega qonuniy ruxsat berilgani tushuntirildi

    Toshkent shahrida 2024-yil 19-apreldagi “Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va o‘tkazishni tartibga solishni takomillashtirish chora–tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni ijrosi yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi. 

    Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan O‘zbekistonda tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni onlayn o‘tkazishga hamda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beriladi. Matbuot anjumanida Adliya vazirligi va Istiqbolli loyihalar milliy agentligi vakillari mavzu yuzasidan jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.

    Foto: “Daryo”

    Qimorga nega ruxsat berildi?

    Istiqbolli loyihalar milliy agentligi boshqarma boshlig‘i Nodir Jo‘rayevning aytishicha, tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarga ruxsat berilishidan asosiy maqsad fuqarolar huquqlarini himoya qilish.

    “Noqonuniy qimor o‘yinlarida qatnashib, o‘z joniga qasd qilgan shaxslar haqida ko‘p eshitganmiz. Bunday holatlar ularning huquqlari taʼminlanmagani uchun yuz bergan. Afsuski, odamlarda qimorbozlikka qaramlik bor. Ularning ehtiyojini qonunchilik qondirmagach, chet el platformalariga murojaat qilmoqda. Hozir har qanday mobil o‘yinni ochsangiz, har ikkinchi reklamasida kazino yoki boshqa qimor o‘yinlari chiqadi. Ular odamni o‘ziga jalb qilaveradi. Xorijiy platformalarda qimor o‘ynayotganlardan bir qismi bo‘lsa-da, qonuniy yo‘l bilan tashkil etilgan, fuqaro huquqi himoyalangan joyga borishiga ishonyapmiz. Ularda “men shu yerda o‘ynayapman, davlat meni himoya qiladi, meni aldab ketmaydi, pulimni qaytarib beradi”, degan o‘y bo‘ladi. Hozir ko‘pgina odamlar xorijiy platformalardagi qimor o‘yinlarida o‘ynab, yutgandek bo‘ladi, lekin pulini ololmaydi. Bu og‘ir oqibatlarga olib kelmoqda”, — dedi agentlik masʼuli.
    Nodir Jo‘rayev
    Foto: “Daryo”

    Qimorga tikiladigan pul miqdori cheklanadi

    Muloqotda Nodir Jo‘rayev joriy qilinayotgan yangi tizimda qimor o‘yinlariga tikiladigan pul miqdori cheklanishini aytdi.

    “Misol uchun, fuqaro qimorga bir oyda 10 million so‘m pul qo‘yishi mumkin. U pulini yutqazdi deylik. Ikkinchi o‘yin tashkilotchisiga borsa, u o‘yinga qabul qilmaydi. Tashkilotchi: “kecha 10 million so‘m yutqazgan ekansiz, sizga bundan ortig‘i mumkin emas”, deydi. Bunda odamlar ko‘p pul yutqizmasligi maqsad qilingan”, — dedi agentlik vakili.

    Farmonga ko‘ra, tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni internetda (onlayn) amalga oshirish yo‘lga qo‘yiladi. Barcha to‘lovlar bank orqali qabul qilinadi.

    Foto: “Daryo”

    O‘yinlarni kimlar tashkil qiladi?

    Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni maxsus litsenziya olgan yuridik shaxslar tashkil etishiga ruxsat beriladi. Agar o‘yin tashkilotchisi qoidalarni buzsa, uning litsenziyasi bekor qilinishi mumkin. Masalan, voyaga yetmaganlarni (18 yoshgacha bo‘lgan shaxslar) o‘yinda ishtirok etishiga yo‘l qo‘ysa, tashkilot javobgarlikka tortiladi.

    Farmon bilan litsenziya olgan yuridik shaxslar to‘rt foiz miqdorida aylanmadan olinadigan soliq to‘laydi. Biroq o‘yinda ishtirok etuvchi jismoniy shaxslar soliqdan ozod qilingan.

    “Bundan maqsad — fuqarolarni noqonuniy o‘yinlarda emas, qonuniylarida ishtirok etishini taʼminlashdan iborat”, — deydi Nodir Jo‘rayev.

    Masʼullarning maʼlum qilishicha, qimor o‘yinlarini o‘tkazuvchi tashkilotlar har bir o‘yinchi shaxsini identifikatsiya qiladi. Bu shaxsni tasdiqlovchi hujjat asosida amalga oshiriladi. Tashkilotchi mablag‘lari bank hisob raqamida saqlanadi.

    Foto: “Daryo”

    Qimor sabab chetga qancha pul chiqib ketyapti?

    Nodir Jo‘rayev qimor o‘yinlariga ruxsat berilishiga yana bir sabab sifatida fuqarolar pullarini xorijga chiqib ketishini oldini olish ekanini aytdi. Yaʼni O‘zbekistonda qimorga taqiq bo‘lgani uchun odamlar o‘yinni chet el platformalarida o‘ynamoqda va yutqazilgan pullar xorijga chiqib ketmoqda.

    “Chet elga qancha mablag‘ chiqib ketishi bo‘yicha aniq raqamlar yo‘q. Lekin maʼlum qoidalar asosida hisoblab chiqsa bo‘ladi. Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, bir yilda qimor o‘yinlariga O‘zbekistondan 300 million dollardan 1 milliard dollargacha bo‘lgan mablag‘ chet elga chiqib ketyapti”, — dedi u.
    Foto: “Daryo”

    “Qimor o‘ynashga hech kim majburlanmayapti”

    Masʼullarga berilgan savollardan biri jamoatchilik qimor o‘ynashga ruxsat berilgach, mamlakatda uni o‘ynovchilar ko‘payib ketishi, oqibatda ko‘plab muammolar kelib chiqishi mumkinligidan xavotir bildirayotgani to‘g‘risida bo‘ldi. Nodir Jo‘rayevning aytishicha, o‘yinga ruxsat berilishi odamlarni majburlash degani emas.

    “Bu farmon bilan qimor o‘yinlariga ruxsat berilyapti. Ammo uni o‘ynashga hech kim majbur qilinmayapti. Farmonning asosiy maqsadi cheklovlar qo‘yishdan iborat. Misol uchun, farmon chiqqanida siz bilan men tezda qimor o‘ynashni boshlaganimiz yo‘q. O‘ynayotgan odam hozir ham o‘ynayapti. U birinchi yanvarni kutib o‘tirmaydi”, — deya savolga javob qaytardi agentlik masʼuli.
    Foto: “Daryo”

    Agentlik vakilining qo‘shimcha qilishicha, hozirgacha 300 tadan ziyod qimor o‘yinlari o‘tkazayotgan saytlarni bloklash belgilangan.

    “Ammo ertaga o‘sha saytning 2–3 ta so‘zini o‘zgartirib, yana yangi ochishadi. Onlayn qimor o‘yinlariga qarshi kurashish juda qiyin”,— dedi Nodir Jo‘rayev.

    Amaldagi “Reklama to‘g‘risidagi qonun”ga asosan, tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni reklama qilish taqiqlangan. Prezident farmonida mazkur qonunga o‘zgartirish kiritish ham nazarda tutilgan.

    14.05.2024, 11:42   Izoh (0)   15472
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi sezilarli ko‘tarildi: kimlar eng ko‘p oylik olmoqda? 

    07.05.2024, 16:28

    “O‘zbekiston aholisining daromadlar tengsizligi oshib borayotgani xavotirli” — Jahon banki

    11.05.2024, 20:18

    O‘zbekistonda bo‘sh ish o‘rinlari qaysi sohalarda ko‘pligi maʼlum qilindi

    13.05.2024, 14:16

    Farg‘onada maktab o‘quvchilariga tarsaki tushirgan Milliy gvardiya xodimi lavozimdan olindi (video)

    14.05.2024, 11:25

    Nukusdagi ko‘zi ojizlar kutubxonasida 670 mln so‘m talon-toroj qilingani aniqlandi

    14.05.2024, 11:27

    Xorazmda YPX xodimidan yo‘lovchilari bilan birga qochgan Lacetti haydovchisi qo‘lga olindi

    14.05.2024, 11:10
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil barcha faol piyoda va zirhli brigadalarini G‘azoga kiritdi

    Dunyo | 25 may, 19:15

    Tramp Garvard universitetida o‘qiydigan xorijlik talabalar maʼlumotini so‘radi

    Dunyo | 25 may, 18:40

    Yevropaning ikki top klubi yaponiyalik futbolchi uchun kurashmoqda

    Sport | 25 may, 18:21

    Qozog‘istonda chigirtkalarga qarshi dronlardan foydalaniladi

    Qozog‘iston | 25 may, 18:10

    O‘zbekiston va Vengriya vagonsozlik sohasida birgalikda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

    O‘zbekiston | 25 may, 17:40

    Putinning Kursk viloyatiga tashrifida dronlar hujum qilgan — OAV

    Dunyo | 25 may, 17:11

    Xavi Osiyo qit’asiga qaytishi mumkin

    Sport | 25 may, 16:40

    O‘zbekistonda ekologik nazoratda sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan foydalaniladi

    O‘zbekiston | 25 may, 15:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.