Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralari Aqsi va Olabuqa viloyatlari orqali O‘zbekistonga narkotik moddalar olib kirish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh aʼzolarini qo‘lga oldi. Bu haqda mamlakat IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, maxsus operatsiya shu yilning qishidan boshlab o‘tkazilgan. Uning doirasida bir fuqaro Qirg‘izistondan O‘zbekistonga narkotik moddalarni o‘ta katta miqdorda olib o‘tish uchun kanal tashkil qilgani aniqlangan. Tergov ishlari davom ettirilib, tezkor xodimlar jinoiy hamjamiyatda “Japay” (“Yovvoyi”) nomi bilan tanilgan 1978-yilda tug‘ilgan shaxsni qo‘lga olgan.
Olib borilgan tezkor tadbir davomida 16 kilogramm gashish giyohvandlik moddasi musodara qilingan.
Hozirda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Farg‘onada 17 yoshli bola yashayotgan uydan 30 kilodan ortiq narkotik moddalar topilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Samarqandda fuqaroning uyidan salkam 32 kilo marixuana topilgan edi.
Izoh (0)