• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda maktab o‘qituvchilari malakasi sinovdan o‘tkazildi. Natijalar qanday?

    Joriy yilning aprel–may oylarida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari pedagoglari malaka test sinovlaridan o‘tkazildi. Bu haqda 24-may kuni AOKAda vazirlik tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

    Foto: AOKA

    Tadbirda aytilishicha, malaka sinov jarayonlari respublika miqyosida 2024-yil 15-apreldan 20-maygacha davom etgan. Sinovlarda jami 189 929 nafar pedagog ishtirok etgan bo‘lib, ular 41 ta fan va yo‘nalishlar bo‘yicha test topshirgan.

    Malaka (test) sinovlarida o‘rtacha ball natijalari bo‘yicha Buxoro (62,53 ball), Xorazm (60,5 ball) viloyatlari hamda Toshkent shahri (60,15 ball) pedagoglari eng yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan.

    Foto: AOKA

    Attestatsiya natijalariga ko‘ra, pedagog kadrlarning 8 913 nafari (4,7 foiz) oliy toifa, 25 261 nafari (13,3 foiz) birinchi toifa, 46 662 nafari (24,6 foiz) ikkinchi toifa va 11 036 nafari (5,8 foiz) mutaxassis toifasiga ega bo‘ldi. Qolgan 14 032 nafar (7,4 foiz) pedagog mutaxassis lavozimi uchun yetarli ball to‘play olmagan.

    Dastlabki natijalarga ko‘ra, 51 103 nafar (26,9 foiz) nomzodlarning toifasi oshmoqda, 17,8 foiziniki o‘zgarmay saqlanib qoladi, 11 foizining toifasi pasaydi. Qolgan 44,2 foiz talabgor salbiy natija qayd etgan. Biroq bu natija attestatsiya navbatdan tashqari o‘tkazilgani uchun ularning toifasiga taʼsir qilmaydi.

    Taʼkidlanishicha, testlarda ishtirok etish uchun ariza bergan nomzodlarning 83 foizi navbatdan tashqari, yaʼni o‘zlari xohlab, toifasini oshirish maqsadida sinovdan o‘tgan. Faqatgina 17 foiz pedagoglar sinovlarda majburiy tarzda ishtirok etgan.

    Matbuot anjumanida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari Sardor Rajabov malaka toifasini olish sinovlari ikki bosqichda o‘tkazilganini maʼlum qildi.

    Sardor Rajabov
    Foto: AOKA
    “Birinchi bosqichda pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi baholandi. Bunda pedagoglarga mutaxassislik fani bo‘yicha 35 ta hamda kasbiy standartlariga oid 5 ta test savollari berildi. Ikkinchi bosqichda o‘qituvchilarga pedagogik mahoratni baholash uchun 10 ta savol–topshiriq berildi. Har ikkala bosqich ham kompyuterda real vaqt rejimida (onlayn) o‘tkazildi. Buning natijasida tashqi aralashuvning oldi olinib, inson omili aralashuviga barham berilishiga erishildi”, — dedi vazirlik rasmiysi.

    Attestatsiya natijasiga ko‘ra, pedagog kadrlarning oylik ish haqiga kiritiladigan o‘zgarishlar avtomatik tarzda hisoblab chiqarilishi uchun UzASBO yoki boshqa moliyaviy hisob-kitob dasturlariga yuboriladi.

    Eslatib o‘tamiz, 2023-yil dekabrda vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan 10 104 ta maktabda 525 737 nafar o‘qituvchi dars berayotgani ochiqlangandi.

    “Toifaga ega o‘qituvchilar soni 282 424 nafarni tashkil etadi. Shundan oliy toifali o‘qituvchilar  53 914 nafar, birinchi toifalilari 101 751 nafar, ikkinchi toifalilari 126 759 nafar. Mutaxassislar soni esa 177 122 nafar”,—deya maʼlumot bergan Sardor Rajabov jurnalistlar bilan muloqotda.

    Shu bilan birga, Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori Abduvali Ismoilov yiliga 500 ming nafarga yaqin maktab o‘qituvchisi malaka oshirishini aytgan.

    Abduvali Ismoilov
    Foto: AOKA
    “Shundan 40 foizi mustaqil taʼlim tarzida, 60 foizdan ortig‘i anʼanaviy tarzda malaka oshirmoqda. O‘qituvchilar 7 haftalik (36 soat) malaka oshirish kursiga majburiy jalb qilinadi”—deya qo‘shimcha qilgan institut rahbari.

    Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi veb-saytida keltirilishicha, hozirda vazirlik tizimidagi maktablarda 6,4 million o‘quvchi tahsil olmoqda.

    27.05.2024, 11:39   Izoh (0)   28239
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston OTMlarida stipendiyalar oshiriladimi? Oliy taʼlim vaziri o‘rinbosari javob berdi

    08.05.2024, 17:25

    Oliy taʼlimda o‘qishga qabul va grant ajratish tizimi o‘zgarmoqda. Asosiy yangiliklar 

    09.05.2024, 14:17

    “O‘qituvchilarimiz soni yetarli, lekin ilmiy salohiyat yuqori emas” — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

    10.05.2024, 11:40

    London City va Toshkent shahri o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatiladi

    27.05.2024, 11:27

    O‘zbekistonlik qori xalqaro musobaqada 3-o‘rinni egalladi

    27.05.2024, 11:05

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 28-may kuni chang-to‘zon kuzatilishi mumkin

    27.05.2024, 10:52
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nechta oliy taʼlim tashkiloti faoliyat yuritayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:50

    Saida Mirziyoyeva Rossiya hukumati raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:31

    “Daryo” dayjesti: 29-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 29 may, 23:25

    Saida Mirziyoyeva Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:10

    Kongressmen Trampdan investorlar uchun tashkil etilgan kechki ovqat tafsilotlarini oshkor qilishni talab qildi

    Dunyo | 29 may, 22:53

    Massimiliano Allegri “Milan” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 29 may, 22:38

    Isroil G‘azodagi asirlarni ozod qilish bo‘yicha AQSHning yangi taklifini qabul qildi. HAMAS esa jim

    Dunyo | 29 may, 22:10

    Sirdaryoda sevgan yigitini o‘ldirmoqchi bo‘lgan qiz 6 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 29 may, 21:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.