• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Yigirma ming kishiga bitta advokat. O‘zbekistonliklar yetarli huquqiy yordam olish imkoniga egami?

    Har qanday jamiyatda advokatlarning alohida o‘rni bor. Huquqiy munosabatlar bor ekan, albatta, sizni himoya qiladigan mutaxassislarga ishingiz tushadi. Qo‘pol qilib aytganda, urgan ham, qochgan ham advokat yollasam deydi. 

    Xo‘sh, bugun O‘zbekistonda advokatlik sohasi qay ahvolda? Ularning soni, bilim va malakalari yetarlimi? Yechilishi lozim bo‘lgan qanday muammolar bor? “Daryo” muxbiri mana shu savollar bilan falsafa doktori, advokat G‘ayrat Karomatovga murojaat qildi.

    — G‘ayrat aka, 2025-yildan tizimda qanday yangiliklar joriy etilmoqda?

    — 2025-yil 1-yanvardan tergov sudyasi instituti joriy etilmoqda. Bu juda yaxshi. Ammo muammo nimada? Bizning qonunlarimiz ham, Konstitutsiyamiz ham pishiq-puxta ishlangan. Lekin ular qay darajada bajarilyapti degan savol ko‘ndalang turibdi. Tergov sudyasi fuqaroga nisbatan jinoyat protsessual kodeksiga xilof xatti-harakatlarga o‘z munosabatini bildirishi kerak. O‘sha xatti-harakatlar qonunga muvofiq bo‘lmasa, oldini oladi. Qonun talablari kimgadir joriy etilib, kimgadir joriy etilmasligiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz 65 foizga o‘zgardi. Uning salmoqli qismi insonga, uning hayotiga, huquqlariga, erkinligiga va manfaatlariga qaratilgan. Qonunlarimizda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga yuridik yordam ko‘rsatish davlat tomonidan kafolatlanadi deb yozib qo‘yilgan. Endi ba’zi raqamlarga e’tibor qarating. O‘zbekistonda taxminan 37,600,000 aholi bor. Advokatlar-chi? Yozda 5600 edi, boringki, 6000 deylik. Qancha aholiga bitta advokat to‘g‘ri kelishini hisoblash qiyin emas.

    Foto: “Daryo”

    — Agar aholi sonini advokatlar soniga bo‘lsak, O‘zbekistonda 6200 kishiga bitta advokat to‘g‘ri kelar ekan. Boshqa davlatlar bilan solishtirib ko‘raylik, Amerikada 450 000, Rossiyada 84 000 ming advokat bor. Rossiyada bitta advokatga 1700 kishi, AQSHda bitta advokatga 700 kishi to‘g‘ri keladi. Bizda esa yuqorida aytilganidek, bitta advokatga olti ming ikki yuz kishi to‘g‘ri kelmoqda. Haqiqatan juda kam....

    — Bu hali hammasi emas. O‘sha olti ming nafar advokatdan 2600 nafari Toshkent shahrida. Agar bu raqamni Toshkentning 3 million aholisiga bo‘lsangiz, taxminan 1100-1200 kishidan to‘g‘ri keladi. Bu borada rivojlangan davlatlarga ancha yaqinmiz. Ammo chekka hududlarimiz-chi?

    Qoraqalpog‘istonda o‘n to‘rt ming aholiga bitta advokat, Surxondaryo viloyatida yigirma ming aholiga bitta advokat, Namangan viloyatida o‘n besh ming aholiga bitta advokat bor. Bu jamiyatga nihoyatda salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Fuqarolarning huquqiy ongi past darajada bo‘ladi, yurtdoshlarimiz u yoki bu vaziyatda o‘zini qanday tutishni bilmay qoladi, qonunga zid harakatlarga yo‘l qo‘yadi. Ta’lim muassasalarida huquq fani o‘rgatilyapti, huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan turli anjumanlar, tadbirlar tashkil etilyapti, ammo bular yetarli emas. Tadbirlar 37 millionlik aholini qamrab olmaydi. Televideniye, radio yoki tashqi reklama vositalari orqali namoyish etilayotgan roliklar-u ko‘rsatuvlarning saviyasi talabga javob bermaydi.

    Ajablanarlisi, hatto yetarli mablag‘i bor yurtdoshlarimiz ham advokatga murojaat qilmaydi. Bir nechta o‘ziga to‘q tadbirkorlarni taniyman, qonun bilan chiqisholmay, tekshiruv kelganda yoki ish qo‘zg‘atilganda, yordam bering deb murojaat etishadi. Vaholanki, oldinroq murojaat qilsa, muammosi osonlik bilan hal bo‘ladi. Xalqimizga xos yana bir zararli odat – professional advokatga emas, tanish-bilishlarga murojaat etamiz, o‘sha tanishlarimiz qonunni biladimi-bilmaydimi, ishimiz yo‘q...

    Foto: “Daryo”

    — Advokatlarning kamligi jamiyatga har taraflama salbiy ta’sir ko‘rsatishini izohlab berdingiz. Ammo masalaga boshqa tarafdan qarasak-chi? AQSHda 450 mingta, Rossiyada, 84 mingta advokat bor dedik. Bu ushbu mamlakatlarda advokatlarga kuchli ehtiyoj borligini, janjallar, da’volar, bir-birining ustidan arz qilishlar ko‘p ekanligini bildiradi. Bizda esa “qo‘ni-qo‘shnichilik”, “qarindosh-urug‘chilik” degan tushunchalar bor. “Kel, qo‘y arzimagan narsaga sudlashib yuramanmi?” deymiz-da, kechirib yuboramiz. Natijada advokatga ehtiyoj ham bo‘lmaydi. Shunisi yaxshi emasmi?

    — Ko‘p qavatli uyda yashasangiz, yuqoridagi qo‘shni suv toshirib yuborsa, bir marta kechirish mumkindir. Bu juda yaxshi odat. Ammo ikkinchi, uchinchi martada o‘ylanib qolasiz. Nega bola-chaqamning rizqidan kesib, o‘zim ta’mirlashim kerak deysiz. Umuman, sudlovni amalga oshirish jarayonida to‘rtta bo‘g‘in vakillari ishtirok etadi: tergovchi, prokuror, sudya va advokat. Birinchi uchtasining maoshidan tortib, joylashgan binosi-yu, kanselyariya mahsulotlarigacha to‘liq davlat tomonidan ta’minlanadi. Advokatning xarajatlari esa yuz foiz unga murojaat qilgan fuqaroning yelkasiga tushadi. Biz soliq to‘laymiz, Advokatlar palatasiga badal to‘laymiz, bino uchun ijara puli, agar xususiy binoga ega bo‘lsak – mulk solig‘i va hokazo. Ba’zan eri qamalib qolgan ayollar yordam so‘rab keladi. Eri oilada boquvchi bo‘lgan, 3-4 nafar farzandi bor, ba’zan keksa ota-onasi ham o‘sha erkakning qaramog‘ida bo‘ladi. Mana endi qamalib qoldi, uyda yeyishga non yo‘q. Bu ayol bolasini boqsinmi yo advokatga pul to‘lasinmi? Davlatdagi ko‘zbo‘yamachilik, ikkiyuzlamachilik nimadan iborat? Konstitutsiyada, oliy qonunda “Har kimga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi” deb yozib qo‘yilgan (29-modda).

    Foto: “Daryo”

    Olti mingta advokat bilan qanday ta’minlaydi, qanday kafolatlaydi? Men shu muammoni ko‘tarib chiqishga harakat qildim. Tuman, shahar hokimiyatlari, kommunal idoralar, bosh vazirgacha yozdim. Bizning har xil to‘lovlarimiz, soliqlarimiz aholining gardaniga tushmasin degan maqsadda. Oxiri shahar hokimiyatidan “Sizlar yuridik shaxssizlar...” degan mazmunda javob keldi. Bu hech qanday imtiyozdan umid qilmang, degani.

    — Siz yuqorida to‘rtta bo‘g‘in haqida gapirdingiz: sudya, prokuror, tergovchi va advokat. Bu zanjirda advokatning mavqeyi qanday? Ilgari advokatlarga bepisandlik bilan qarash odat tusiga kirgan edi. Ortda qolgan yilda ichki ishlar idoralaridagi qiynoqlar oqibatida bir necha kishi vafot etgani haqida shov-shuvli xabarlar tarqaldi. Mana shunday holatlarda advokatlar o‘z vakolatlaridan, mavqeyidan qanchalik foydalana oldi? Marhumlarning yaqinlariga dalda bo‘la oldimi, haqiqatning tagiga yetdimi?

    — Oldingiga nisbatan birmuncha o‘zgarishlar bor, lekin eski hammom, eski tos deyiladigan holatlar ham yo‘q emas. O‘zim haqimda gapiradigan bo‘lsam, himoyamdagi fuqaro kaltaklanganmi, qiynoqqa solinganmi, albatta aniqlashga harakat qilaman. Ba’zi hollarda “dubinka” bilan tovoniga urishadi. Iz qolmaydi deb o‘ylashadi-da. Lekin advokat zo‘ravonlarning mana shunday nayranglarini ham e’tibordan qochirmasligi kerak. Agar sen ichki ishlar xodimi bo‘lsang, Konstitutsiyani, milliy qonunchilikni buzishga nima haqqing bor? Axir Konstitutsiyada “Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emas” deb yozib qo‘yilgan-ku (26-modda).

    1948-yilda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga ko‘ra, hech kim qiynoqqa yoki shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni xo‘rlovchi muomala va jazoga duchor etilmasligi kerak.
    Foto: UN News

    Agar fuqaro qiynoqqa solinsa, unga tan jarohati yetkazilsa, bunday holatlar zudlik bilan sinchiklab o‘rganilishi kerak. Kaltaklaganlar albatta javobgarlikka tortilishi shart! Ularni televizorda, OAVlarida ko‘rsatish kerak. Ikkinchidan, o‘sha kaltaklagan zo‘ravonni kim ishga oldi, kim tavsiya qildi – hammasi o‘rganilishi zarur, ko‘p hollarda ular biror amaldorning qarindoshi bo‘lib chiqadi. Demak, o‘sha amaldorning o‘zi ham javobgarlikdan chetda qolmasligi kerak. Bizda “qamoqqa olish ehtiyot chorasi” degan tushuncha bor. Chet ellarda garov puli evaziga sudgacha ochiqda yuradi. Bizning qonunchilikda ham – aytyapman-ku, qonunlarimiz juda yaxshi deb — uy qamog‘i, kafillikka olish, garov kabi choralar mavjud, ammo deyarli 100 foiz holatlarda qamoqqa olish chorasi qo‘llanadi. Maqsad – tazyiq o‘tkazish. O‘zimiz qabul qilgan qonunlarni o‘zimiz bajarmasligimiz, fuqaroning huquqlarini ta’minlamasligimiz norozilikka olib keladi... Dunyodagi vaziyatni hammamiz ko‘rib turibmiz. Hamma yoq alg‘ov-dalg‘ov, jang-u jadal. Xudo ko‘rsatmasin, ertaga tashqi yov bostirib kelsa, vatan himoyasiga kim chiqadi? O‘z vatanini yaxshi ko‘radigan, uning Konstitutsiyasini hurmat qiladigan, qonun-qoidalar o‘zini va yaqinlarini amalda himoya qilishiga ishongan odam chiqadi.

    Advokatni sotib olishga yoki unga bosim o‘tkazishga urinishlar ham bo‘ladi
    Foto: Google Images

    — Sizga advokat sifatida bosim o‘tkazilganmi? Shunday holatlarda qanday yo‘l tutgansiz?

    — Bunday holatlar ko‘p bo‘lgan. Lekin prinsipialligimni sudyalar ham, prokurorlar ham biladi. Shu sababdan bordi-yu, kimdir menga bosim o‘tkazmoqchi bo‘lsa, boshqacha yo‘l tutishadi. Ya’ni “shu mijozni himoya qilmang, o‘rniga boy-badavlat mijoz topib beramiz” qabilida. Bundan uch-to‘rt yil oldin edi, chamamda, Yevropada chiqindilarni qayta ishlash zavodini qurgan tadbirkor yurtimizga keldi. 1 mlrd 200 million dollar sarmoya kiritib, O‘zbekistonda ham shunday zavod qurmoqchi bo‘ldi. Lekin ayrim shovvozlar “3-4 so‘m uzatmasang, ish bitmaydi” deya avrab, pulini olmoqchi bo‘lgan. Natijada haligi tadbirkor qo‘lga tushib qoldi. Menga elchixonadan murojaat qilib, himoya qilishimni so‘rashdi. Keyin ma’lum bo‘ldiki, o‘rtada turgan o‘sha shovvozning o‘zi qidiruvda yurgan firibgar ekan. Xullas, tadbirkor oqlandi, yurtiga qaytib ketdi, ammo eng achinarlisi, u taklif qilgan loyiha amalga oshmadi. Shu paytgacha zavod qurilib, ishga tushgan bo‘larmidi? Bugun Toshkent havosi dunyodagi eng ifloslangan shaharlar ro‘yxatida yetakchi o‘rinlarda turibdi. Bu loyiha ekologiyamizni tozalashga xizmat qilishi mumkin edi. O‘sha ishda birmuncha bosimlar bo‘lgandi.

    Foto: “Daryo”

    — G‘ayrat aka, inson o‘z huquqlarini bilishi jinoyatlarning, korrupsiyaning oldini oladi, adolatga xizmat qiladi. Lekin eng asosiysi, inson huquqlarni bilsa, qalban ozod va erkin bo‘ladi, shunday emasmi? O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidovning shunday so‘zlari bor: “Qaramlikdan qutulsak ham uzoq vaqt davomida jonimizga singib ketgan hadikdan qutula olmadik”. Nazarimda, inson mana shu hadikdan xalos bo‘lish uchun fuqaro sifatida yurtning chin egasi ekanini anglashi kerak. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, kuch ishlatar tizimlar uni qo‘rqitishi emas, unga xizmat qilishi kerakligini tushunib yetishi kerak...

    — Bugun “Yangi O‘zbekistonda har bir fuqaro erkin va hur yashaydi, uning barcha huquqlari hurmat qilinadi” degan shior o‘rtaga tashlangan. Yangi O‘zbekistonni barpo etish uchun ichki hadikdan qutulishimiz kerak. Qachonki inson erkin bo‘lsa, shundagina u yurtni yovdan himoya qiladi, o‘ziga ishonadigan, matonatli, jasoratli, davlatiga sadoqatli, ajdodlariga munosib bo‘ladi. Bunday insonni tarbiyalash uchun uning ongi o‘zgarishi lozim. Binolarni kim quradi? Inson. Koinotga kim parvoz qiladi? Inson. Ahamiyat bering: inson, inson, inson. Agar insonga kerakli sharoit yaratilmasa, kerakli qonunlar ishlab chiqilmasa, u erkin bo‘lolmaydi. U o‘z haq-huquqi himoya qilinishini sezishi, aniqrog‘i, shunga qat’iy ishonishi kerak. O‘zbekiston Konstitutsiyasida va milliy qonunchiligimizda yozilgan tartib-qoidalar qog‘ozda qolib ketmayotganini, balki ijro etilayotganini o‘z ko‘zi bilan ko‘rishi kerak. Shunda jamiyat ham, davlat ham gurullab rivojlanadi, aholi boy bo‘ladi, hadiklardan butkul qutuladi.

    9 yanvar, 16:20   Izoh (0)   5685
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #advokat#inson huquqlari#qonun buzilishi#advokatura#qiynoqlar
    Olimjon Safoyev

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.