Olimjon Safoyev
Muharrir
Olimjon Safoyev
Mualliflik maqolalari

28 yoshida fan doktori, 30 yoshida professor ilmiy unvoniga sazovor bo‘lgan Elyorjon Jumayevning nomi AQSH, Janubiy Koreya va Yevropa mamlakatlari ilmiy doiralarida yaxshi tanish. U 350 dan ortiq yangi turdagi materiallarni kashf etgan, 10 ga yaqin xalqaro patentlarga ega.

Qashqadaryoning Nishon tumanida ziyoli oilasida tug‘ilgan Elyorjonning ilmiy ishlanmalari Hyundai Motors, Samsung, NASA va Oak Ridge kabi kompaniya va tashkilotlarning ishlab chiqarish jarayonlariga tadbiq etilgan. Joriy yilning mart oyida AQSHning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tgan TMS Annual Meeting – 2025 Butunjahon konferensiyasida Elyorjon Jumayev rahbarligidagi o‘zbek olimlarining ilmiy ishi 1-o‘ringa sazovor bo‘ldi

Xurshid akaning ijodxonasida kechgan suhbatda u shoir uchun qo‘rquv o‘lim bilan barobar ekani, nafsning aql va qalbdan ustun kelishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi, Islom Karimov bilan munosabatlari, qanday qilib generallik rutbasidan quruq qolgani va boshqa ko‘plab voqealar haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, urchib kelgan maddohlik, tanish-bilishchilik, guruhbozlik jamiyatga qanday ziyon yetkazishi, tarixda amirlar-u xonlarning g‘ofilligi qanday oqibatlarga olib kelgani kabi dolzarb mavzularda fikr bildirdi

Bugungi kunda aholi o‘rtasida turli maqsadlar uchun kredit olish ommalashgan. Mashina, kvartira, hatto oddiy telefon xarid qilish yoki OTMda o‘qish uchun ham bankdan qarz olish mumkin. Bu tendensiyaning o‘ziga xos ijobiy va salbiy tomonlari nimada? O‘zbekistonda nima sababdan kredit foizlari yuqori? “Kafil” degan tushunchadan voz kechish mumkinmi? Aholining moliyaviy savodxonligi qay darajada? “Daryo” muxbiri shu kabi savollar bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti, xalqaro iqtisodchi Qobiljon Isayev bilan suhbatlashdi

Ko‘plab yurtdoshlarimiz mehnat qilayotgan Rossiyada migrantlarga talablar borgan sari murakkablashib bormoqda. Bordi-yu, ular ommaviy ravishda O‘zbekistonga qaytib kelsa, qanday ijtimoiy muammolar yuzaga kelishi mumkin? Bugungi kunda mehnatga layoqatli aholimizning necha foizi yashirin iqtisodiyotda mehnat qilmoqda? “Daryo” muxbiri shu kabi savollar bilan tarix fanlari doktori, professor Anvar Yo‘ldoshevga murojaat qildi