• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Prezident sovg‘asi”ni tarqatish boshlandi. Bu yil 1-sinf o‘quvchilariga nimalar beriladi?

    6-avgust kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 1-sinf o‘quvchilariga beriladigan bepul o‘quv qurollarini hududlarga jo‘natishni boshladi. Bu haqda OAV vakillari uchun tashkil etilgan press-turda maʼlum qilindi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

    Press–tur ishtirokchilari dastlab Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi vazirlikka qarashli korxonada bo‘ldi.

    Foto: “Daryo”

    Maʼlum qilinishicha, bu yilgi sovg‘alar 12 nomdagi o‘quv qurollari — portfel, yozuv va rasm daftarlari, akvarel bo‘yoqlari, rangli qog‘oz, qalamdon, ruchka, rangli qalam, oddiy qalam, plastilin, yelim va o‘chirg‘ich to‘plamidan iborat.

    Foto: “Daryo”

    Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boshqarma boshlig‘i Erkin Murodovning aytishicha, sovg‘alar 719 366 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan.

    “Hozirgacha 586 290 nafar (81,5 foiz) o‘quvchi 1-sinfga qabul qilindi. Maktablarga qabul jarayoni davom etmoqda. O‘quv qurollari respublikadagi barcha davlat va nodavlat maktablarga yetkaziladi. Bu yil mahsulotlar sifatiga alohida eʼtibor berildi. Avvalgi yillarda o‘g‘il va qiz bolalar uchun alohida ranglarda tayyorlangan bo‘lsa, yangi o‘quv qurollari barcha o‘quvchilarga bir xil rangda beriladi”, dedi vazirlik masʼuli.
    Erkin Murodov
    Foto: “Daryo” 

    “Prezident sovg‘asi” davlat byudjeti hisobidan xarid qilingan. O‘quv qurollari 20-avgustgacha respublikadagi barcha maktablarga to‘liq yetkaziladi.

    Vazirlik maʼlumotlariga ko‘ra, 2024–2025-o‘quv yilida mamlakatdagi jami 10 182 ta davlat maktablarida 525 ming nafar o‘qituvchi 6,5 million nafardan ortiq o‘quvchilarga taʼlim berishi kutilmoqda. Yangi o‘quv yilida respublikadagi 37 548 ta (6867 ta davlat, 835 ta nodavlat, 1462 ta DXSH va 28 384 ta oilaviy) bog‘chalarida 2,3 million nafardan ortiq 3–7 yoshli bolalar qamrab olinadi. Bu maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasining 74,6 foizini tashkil etadi.

    Foto: “Daryo” 

    Joriy yilda O‘zbekistonda davlat dasturi asosida 608 ta maktabda qurilish–taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi belgilangan. Xususan, yil davomida 30 ta yangi maktab qurilishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga, 518 ta maktab rekonstruksiya qilinishi, 60 ta maktab mukammal taʼmirlanishi ko‘zda tutilgan. Natijada 180 mingdan ortiq yangi o‘quvchi o‘rinlari yaratilishi kerak.

    Foto: “Daryo” 

    Press–tur davomida OAV vakillari Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi 126-maktab va 204-sonli MTT da bo‘ldi.

    Foto: “Daryo” 
    “Yangi o‘quv yilida 175 nafar bolani 1-sinfga qabul qilamiz. Maktabimiz 1 050 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan. Yangi o‘quv yilini 2 200 nafar o‘quvchi bilan boshlashni rejalashtirganmiz. Bolalar ikki smenada taʼlim oladi. Hozir maktabimizga boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun “Prezident sovg‘asi” yetib keldi. Endi ularni bolajonlarga topshiramiz”, dedi 126-maktab direktori Muyassar Bahromova.
    Muyassar Bahromova
    Foto: “Daryo” 

    Toshkent shahridagi 204-sonli davlat bog‘chasi direktori Shahnoza Ahadovaning aytishicha, bu yil 100 nafar tarbiyalanuvchi maktab yoshiga yetgan.

    “Maktabgacha taʼlim tashkilotimiz 840 o‘ringa mo‘ljallangan. Joriy yilda maktabgacha tayyorlov kurslarimizni 100 nafar bolalar bitirdi. Ular endi maktablarga qabul qilinadi. Biz yana 100 nafar bolani bog‘chamizga qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lamiz”, dedi bog‘cha mudirasi.
    Shahnoza Ahadova
    Foto: “Daryo” 

    Vazirlikning maʼlum qilishicha, joriy yil yakunigacha respublikada bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasini 76 foizga yetkazish reja qilingan. Xususan, 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrab olish ko‘rsatkichi 96 foizga yetkazish belgilangan.

    06.08.2024, 19:12   Izoh (0)   11264
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Maktabga qabul, ikki smenali darslar, o‘quvchilarga bepul avtobus — taʼlim to‘g‘risida suhbat

    19.07.2024, 18:20

    Ikki viloyatdagi 100 ta maktabga bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi — vazirlik

    19.07.2024, 20:05

    Bu yil B2 sertifikati yo‘q o‘qituvchilar maktablarda chet tilidan dars bera olmaydimi? Vazirlik vakili javobi 

    22.07.2024, 13:20

    “Maktablarda 40 mingdan ortiq talaba o‘qituvchilik qilmoqda” — Erkin Murodov 

    22.07.2024, 15:01

    “O‘zbekistonda 1,2 mln o‘quvchi o‘rniga ehtiyoj mavjud” — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi vakili

    22.07.2024, 16:18

    Toshkentda “valyutchik”lar ushlandi

    06.08.2024, 18:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonga 17-iyuldan juda issiq havo oqimlari kirib keladi

    O‘zbekiston | 16 iyul, 11:55

    Amerikalik ayol to‘rt mingdan ortiq pazl bo‘laklarini yig‘ib, Ginnes rekordini o‘rnatdi

    Layfstayl | 16 iyul, 11:31

    NATO uchta davlatni Rossiya bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi

    Dunyo | 16 iyul, 11:19

    2026-yilgi Jahon chempionati chiptalari sotuvi qachondan boshlanishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 16 iyul, 11:10

    Axborot sohasida nazorat va monitoring “O‘zkomnazorat”ga o‘tkazildi

    O‘zbekiston | 16 iyul, 10:47

    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi

    Reklama | 16 iyul, 09:00

    Maxfiy sxema bo‘yicha Buyuk Britaniyaga ko‘chirilayotgan afg‘onlarning ma’lumotlari oshkor bo‘ldi

    Dunyo | 16 iyul, 10:34

    Neymar o‘zining shaxsiy kolleksiyasiga yana bir noyob eksponat — Betmobilning maxsus nusxasini qo‘shib qo‘ydi

    Layfstayl | 16 iyul, 10:29
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.