2024/25-o‘quv yilidan boshlab Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi 100 ta maktabga bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boshqarma boshlig‘i Erkin Murodov “Daryo”ga bergan intvervyusida maʼlum qildi.
Erkin Murodovning aytishicha, avtobuslar qatnov tizimi autsorsing asosida ishlaydi.
Yangi o‘quv yilidan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududlarida 100 ta maktabga bepul avtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yish ustida ishlayapmiz. Bu tizim autsorsing asosida ishlaydi. Avtobuslar o‘quvchilarni maktabga o‘z vaqtida borishlariga yordam beradi. Shu bilan birga, bolalarni taʼlim jarayoniga qamrab olish imkoniyatini oshiradi. Hozirda Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining mahalliy hokimiyatlari va Transport vazirligi bilan hamkorlikda tizimni yo‘lga qo‘yish ishlarini olib bormoqdamiz, dedi mutaxassis.
Avvalroq “O‘zbekiston-2030” strategiyasida respublikaning olis va chekka hududlarida joylashgan 715 ta maktab o‘quvchilari uchun avtobuslarning bepul qatnovi yo‘lga qo‘yilishi belgilangani ma’lum qilingan.
Izoh (0)