“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

O‘zgartirishlar qatorida – quyidagi subyektlar tomonidan qonunchilik takliflarini ilgari surish va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish mumkinligi ko‘zda tutilgan:
- 100 ming nafardan kam bo‘lmagan fuqarolar;
- Senat;
- Ombudsman;
- Markaziy saylov komissiyasi.
Shu bilan birga, quyidagi masalalar fuqarolar tomonidan kiritiladigan qonunchilik taklifining predmeti bo‘lishi mumkin emas:
- O‘zbekiston hududiy yaxlitligini o‘zgartirish;
- amnistiya va afv etish;
- mansabdor shaxslarni tayinlash va vazifasidan ozod etish.
Shuningdek, qonun loyihasi quyidagilarni nazarda tutmoqda:
- Oliy Majlis Qonunchilik palatasining va Senatining mutlaq vakolatlarini hamda parlament nazoratini amalga oshirishning huquqiy asoslarini takomillashtirishni;
- qonunlarni qabul qilishning yangi tartibini amaldagi qonunchilikda belgilashni.
Loyiha bilan Saylov kodeksi va quyidagi qonunlarga o‘zgartirishlar kiritish rejalashtirilmoqda:
- “Prokuratura to‘g‘risida”;
- “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”;
- “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida”;
- “Oliy Majlisning Senati to‘g‘risida”;
- “Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”;
- “Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”;
- “Oliy Majlis Senatining Reglamenti to‘g‘risida”;
- “Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi to‘g‘risida”;
- “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”;
- “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”;
- “Parlament nazorati to‘g‘risida”;
- “Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”;
- “O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risida”.
Loyiha o‘zgartirilishi, to‘ldirilishi yoki rad etilishi mumkin.
Avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)