• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Iqlim tufayli yo‘qotishlarni baholash markazi, innovatsion agrosanoat xab: Shavkat Mirziyoyev BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasida qanday tashabbuslarni ilgari surdi?

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-noyabr kuni Boku shahrida o‘tayotgan BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29) doirasidagi Jahon yetakchilari sammitining yalpi majlisida nutq so‘zladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Tadbirda dunyoning 80 dan ortiq mamlakatidan davlat va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari  rahbarlari ishtirok etmoqda.

    O‘zbekiston yetakchisi o‘z nutqida qator tashabbuslarni ilgari surdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!

    Avvalambor, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev janobi oliylarini bugungi tarixiy konferensiyani go‘zal Boku shahrida yuksak darajada tashkil etgani bilan samimiy tabriklayman.

    Biz Ozarbayjonning zamonaviy iqlim tahdidlariga qarshi kurashish yo‘lida xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha faol sa’y-harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Hurmatli sammit ishtirokchilari!

    Iqlim o‘zgarishlari bugungi kunda asosiy global tahdidga aylanib bormoqda, geosiyosiy ziddiyatlar kuchayishiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, kambag‘allikka qarshi kurash, oziq- ovqat va energetika xavfsizligi, suv va resurslardan foydalanish muammolarini kuchaytirmoqda.

    Bularning asoratlarini Markaziy Osiyoda o‘tkir his qilmoqdamiz. Iqlim muammolari aholimizning turmush sifatini oshirish va milliy taraqqiyot strategiyalarini ro‘yobga chiqarishda yangi to‘siqqa aylanmoqda.

    Parij bitimi doirasidagi bosh maqsadimiz – mintaqada havo haroratining jadal o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik va joriy yuz yillikda 1,5-2 gradus atrofida saqlab qolishdir.

    Bu borada biz O‘zbekistonda uglerod neytralligiga erishish bo‘yicha keng miqyosdagi islohotlarni qat’iy olib borayapmiz. 2030-yilgacha havoga isciqxona gazlari chiqarilishini 35 foizga kamaytirishni reja qilganmiz. Bu majburiyatni 2050-yilga qadar yanada kengaytirishga tayyormiz.

    “Yashil” energetika ulushini 40 foizgacha oshiramiz. Elektromobil va “yashil” vodorod klasterlari, quyosh va shamol generatsiya xablarini yaratayapmiz. “Yashil makon” dasturimiz doirasida ko‘kalamzor hududlarni keskin ko‘paytiryapmiz.

    Qo‘shni mamlakatlar bilan Mintaqaviy iqlim strategiyasini hayotga tatbiq qilmoqdamiz. Shu kunlari Yevropaga “yashil” energiya yetkazish bo‘yicha ko‘p tomonlama bitimni imzolaymiz.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Hurmatli xonimlar va janoblar!

    O‘zbekiston global iqlim o‘zgarishlari oqibatlarini birgalikda bartaraf etishda o‘zining amaliy hissasini kengaytirish niyatida.

    Birinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlarga iqlim xatarlarini aniqlash uchun yetakchi davlatlar va xalqaro institutlarning texnik ko‘magini kengaytirish dolzarbdir.

    Bu borada Iqlim tufayli yo‘qotish va zararlarni baholash bo‘yicha xalqaro markaz ta’sis etishni taklif qilamiz.

    Ikkinchidan, transchegaraviy suv resurslari ifloslanishining oldini olish va barqaror bioxilma-xilligini saqlashda yagona yondashuvlar zarur.

    Mintaqamiz misolida aytib o‘tmoqchimanki, bir avlod ko‘z o‘ngida Orol dengizining butunlay yo‘qolishi sayyoramiz miqyosidagi fojiaga aylandi. Shu o‘rinda biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida Daryo ekotizimlarining butunligi va ekologik xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani ishlab chiqish tarafdorimiz.

    Uchinchidan, ko‘p tomonlama yetakchi tuzilmalar ishtirokida o‘simliklarning iqlim o‘zgarishlariga chidamliligini oshirish uchun Genetik resurslarning mintaqaviy bankini ishga tushirishni reja qilganmiz.

    Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan davlatlar uchun yurtimizda Birlashgan Millatlar Tashkilotining innovatsion agrosanoat xabini yaratish tashabbusini ilgari suramiz.

    To‘rtinchidan, iqlim o‘zgarishlaridan zarar ko‘rayotgan megapolis va shaharlarning barqaror rivojlanishi bo‘yicha ilg‘or bilim va amaliyotlar transferi uchun Jahon iqlim poytaxtlari alyansini tashkil etishni va uning birinchi forumini Toshkentda o‘tkazishni taklif qilamiz.

    Beshinchidan, kelgusi yili 15-may – Xalqaro iqlim kunida Orolbo‘yi mintaqasida o‘tkaziladigan Raqamli “yashil” tashabbuslar global yoshlar festivalida davlatlaringiz vakillarini kutib qolamiz.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Hurmatli sammit ishtirokchilari!

    O‘zbekiston umumiy farovonlik va “yashil” taraqqiyot yo‘lida ochiq muloqot va sheriklikka doim tayyor ekanini yana bir bor ta’kidlayman.

    12.11.2024, 17:45   Izoh (0)   2399
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Prezident#Shavkat Mirziyoyev#iqlim o'zgarishi#COP29

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda SHHTning Iqlim muammolari bo‘yicha innovatsion yechimlar markazi tashkil etilishi mumkin

    04.07.2024, 19:00

    Shavkat Mirziyoyev davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy soha xodimlaridan bir guruhini mukofotladi 

    24.08.2024, 19:20

    Amudaryoga xavf: “Tolibon” qurayotgan Qo‘shtepa kanali O‘zbekiston uchun falokatmi?

    06.09.2024, 11:05

    Shavkat Mirziyoyev va Olaf Shols tor doirada hamda delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazdi. Nimalar muhokama qilindi?

    15.09.2024, 20:46

    O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi? (ro‘yxat)

    15.09.2024, 21:44

    Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoda Germaniya bilan hamkorlikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari haqida gapirdi

    17.09.2024, 13:25

    “Markaziy Osiyoda suv resurslari taqchilligi muammolari o‘tkir tus olyapti” — Shavkat Mirziyoyev

    25.09.2024, 17:40

    Shavkat Mirziyoyev chiqindilardan elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar bilan tanishdi

    21.10.2024, 15:38

    “Harbiy ittifoqqa birlashish uchun har bir kun, har bir yil g‘animat!”. Ko‘p qutbli dunyoda turkiy xalqlarning kelajagi qanday?

    08.11.2024, 19:05

    “El-yurt salomatligi — jamiyatning  bebaho boyligidir” — Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlariga bayram tabrigi yo‘lladi 

    09.11.2024, 12:29

    Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni va Ozarbayjonga tashrif buyuradi

    10.11.2024, 18:08

    Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi 

    11.11.2024, 09:09

    O‘zbekiston prezidenti Saudiya Arabistoniga yetib bordi

    11.11.2024, 14:41

    Rossiya razvedkasi: AQSH 2025-yil Ukrainada saylovlar o‘tkazishga tayyorlanmoqda

    11.11.2024, 17:04

    O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni “yashil” energetika sohasidagi sheriklikni kengaytiradi

    11.11.2024, 15:59

    Kreml Trampning Ukraina bo‘yicha Putinga qo‘ng‘iroq qilganini rad etdi

    11.11.2024, 20:40

    O‘zbekistonga 2024-yil yakunigacha Saudiya Arabistoni kompaniyalarining qariyb 2,5 mlrd dollarlik investitsiyalari jalb etiladi

    11.11.2024, 17:19

    Ehtimoliy AQSh—Xitoy savdo urushi: O‘zbekiston iqtisodiyotiga tug'ilishi mumkin bo‘lgan xavflar

    11.11.2024, 20:04

    “O‘zbekiston urushda jabrlangan falastinlik bolalar va ayollarni o‘z shifoxonalarida beg‘araz davolashga tayyor” — Shavkat Mirziyoyev

    11.11.2024, 19:26

    Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni valiahdi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Nimalar muhokama qilindi? 

    11.11.2024, 21:08

    Prezidentning Saudiya Arabistoniga tashrifi, Toshkentda demontaj qilingan noqonuniy reklama bannerlari, Namanganda to‘qnashgan Damas va teplovoz: 11-noyabrning eng...

    11.11.2024, 23:10

    Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga yetib bordi 

    11.11.2024, 23:55

    O‘zbekistonda Xalqaro mehnat tashkilotining yana bir konvensiyasi ratifikatsiya qilindi

    12.11.2024, 10:10

    Ukraina Rossiya bilan muzokaralar boshlashga tayyorlanmoqda — Reuters 

    12.11.2024, 10:33

    Shavkat Mirziyoyev Bokudagi iqlim konferensiyasida qanday muammolarga to‘xtaladi? Sherzod Asadov javob berdi 

    12.11.2024, 15:33

    Ilon Mask Trampning kadrlar tanlash qaroriga ta’sir ko‘rsatmoqchi — OAV

    12.11.2024, 15:08
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kevin de Bryuynening keyingi manzili qaysi chempionat bo‘lishi ma‘lum bo‘ldi — manba

    Sport | 25 may, 14:16

    Xitoy aeroportida ayol yuzni aniqlash skaneridan o‘tolmagani uchun makiyajini o‘chirishga majbur bo‘ldi (video)

    Layfstayl | 25 may, 14:11

    O‘zbekistonda imtiyozli toifaga kiruvchilar davlat hisobidan davolanadigan kasalliklar ro‘yxati qayta tasdiqlanadi

    O‘zbekiston | 25 may, 13:22

    Rossiyaning Ukrainaga raketa va dronlar bilan qilgan hujumi oqibatida 10 dan ortiq odam vafot etdi

    Dunyo | 25 may, 12:43

    FIFA prezidenti Klublar o‘rtasidagi JCHda Ronalduning ishtirokiga ishora qildi: “Hali vaqt bor” (video)

    Sport | 25 may, 12:39

    Erta hosil va qimmat narx: O‘zbekistonda gilos mavsumi boshlandi

    O‘zbekiston | 25 may, 12:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.