• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev va Olaf Shols tor doirada hamda delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazdi. Nimalar muhokama qilindi?

    Samarqand shahridagi Kongress markazida prezident Shavkat Mirziyoyev va Germaniya federal kansleri Olaf Sholsning tor doirada va delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Uchrashuv avvalida davlat rahbari federal kanslerning O‘zbekistonga tashrifi tarixiy ahamiyatga ega ekanini alohida taʼkidladi.

    “Buni ko‘p qirrali O‘zbekiston-Germaniya munosabatlarini yanada rivojlantirishga alohida eʼtiboringiz va Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ortga qaytmas islohotlarni qo‘llab-quvvatlashingizning dalolati sifatida qabul qilamiz”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Davlat rahbari mehmonlarni Germaniya Federativ Respublikasi tashkil etilganining 75 yilligi va yaqinlashib kelayotgan Germaniya birligi kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

    Muzokaralar davomida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Germaniya munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    O‘tgan yili Berlinda o‘tkazilgan oliy darajadagi uchrashuvlar ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni rivojlantirishga jiddiy turtki bergani ta’kidlandi.

    Barcha darajalardagi aloqalar faollashdi. O‘tgan yili tovar ayirboshlash hajmi 1 milliard yevrodan oshdi. Germaniya biznesi bilan hamkorlik kengaymoqda — yil boshidan buyon O‘zbekiston iqtisodiyotiga Germaniya kompaniyalarining 800 million yevrolik investitsiyalari kiritildi.

    Iyun oyida Toshkentda O‘zbekiston-Germaniya Ishbilarmonlar kengashining sakkizinchi yig‘ilishi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    KfW banki va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining moliyaviy-texnik ko‘mak loyihalariga yuqori baho berildi.

    O‘tgan yili Berlin shahridagi Yangi muzeyda O‘zbekiston madaniy merosi ko‘rgazmasining o‘tkazilishi madaniy sohada muhim voqea bo‘lgani, unga Germaniya poytaxtining yarim milliondan ortiq aholisi va mehmonlari tashrif buyurgani ta’kidlandi.

    Shu yil yozda Samarqand shahrida Ibn Sino va Genrix Shipperges nomidagi Tibbiyot fanlari oliy maktabi ochilgani ham mamnuniyat bilan qayd etildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Tomonlar parlamentlar, hukumatlar, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi faol aloqalarni davom ettirish tarafdori ekanliklarini bildirdilar.

    Tashqi siyosat idoralariga O‘zbekiston-Germaniya munosabatlari darajasini oshirish masalasini ko‘rib chiqish, xalqaro va mintaqaviy muammolar, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan muntazam maslahatlashuvlar o‘tkazish topshirildi.

    Birlashgan Millatlar Tashkiloti, EXHT, Yevropa Ittifoqi institutlari va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi faol hamkorlik davom ettiriladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Bugungi sammitga Sanoat va texnologiyalar bo‘yicha strategik sheriklik dasturi tayyorlangani qayd etildi. Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari bilan umumiy qiymati qariyb 9 milliard yevro bo‘lgan hamkorlik loyihalari ishlab chiqilmoqda.

    Ular "yashil" energetika, kimyo sanoati, o‘ta muhim xomashyoni o‘zlashtirish, mashinasozlik, to‘qimachilik sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarni qamrab oladi.

    Siemens Energy kompaniyasi bilan mamlakatimiz hududlarida bug‘-gaz elektr stansiyalarini qurish, Linde Group kompaniyasi bilan "metanol oroli" barpo etish va "yashil" ammiak ishlab chiqarish, KfW Ipex-Bank ishtirokida yirik mis konini o‘zlashtirish, Giga Fiber bilan mis qazib olish va kabel mahsulotlarini ishlab chiqarish, AMK Global bilan uglerod tolasi, Guesscon bilan qora qurum va vodorod ishlab chiqarish va boshqa ko‘plab loyihalar eng muhim loyihalar sifatida qayd etildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Nasos tizimlarini mahalliylashtirish, qayta tiklanuvchi energetika, tibbiy buyumlar ishlab chiqarish, logistika markazlarini tashkil etish bo‘yicha bir qator yangi loyihalar mavjud.

    Ushbu loyihalarni tezlashtirish va qo‘llab-quvvatlash, investitsiyalarni rag‘batlantirishning samarali vositalarini joriy etishga kelishildi.

    Tashrif davomida o‘ta muhim xomashyo resurslari va iqlim o‘zgarishi sohasidagi hamkorlik bo‘yicha imzolanadigan bitimlarning ahamiyati ta’kidlandi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    O‘zbekiston Germaniya hukumati tashabbusi bilan tuzilgan Iqlim klubida ishtirok etishdan manfaatdor ekani ta’kidlandi.

    Transport va logistika, samarali quruqlik va havo yo‘laklarini rivojlantirish, transport xarajatlarini kamaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    O‘zbekiston rahbari Lufthansa aviakompaniyasining mamlakatimizga to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlarini qayta yo‘lga qo‘yish masalasini ko‘rib chiqishni taklif etdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    O‘zbekiston va Germaniya hududlari o‘rtasidagi sheriklik munosabatlarini kengaytirish muhimligi qayd etildi. Yil boshidan buyon Germaniyaning ikkita federal o‘lkasi vakillari mamlakatimizga tashrif buyurdi. Yil oxirigacha Berlin, Bavariya va Tyuringiya delegatsiyalarining tashrifi kutilmoqda.

    Tashrif davomida mehnat migratsiyasi sohasida shaffof va tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan bitim imzolangani mamnuniyat bilan ta’kidlandi.

    Mas’ul idoralar darajasida talab yuqori bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislarni tayyorlash va Germaniyaga yuborish bo‘yicha amaliy hamkorlik "yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqish taklif etildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Germaniyaning dual ta’lim tizimini O‘zbekiston hududlarida keng joriy etishga qiziqish bildirildi. Yetakchi universitetlar o‘rtasida ta’lim va ilmiy aloqalarni rivojlantirish uchun ikki mamlakat oliy o‘quv yurtlari forumini tashkil etish tashabbusi ilgari surildi.

    O‘zbekiston tomoni qo‘shma dasturlarni amalga oshirish, Germaniya oliy ta’lim muassasalarining fakultetlari va filiallarini ochish uchun barcha sharoitlarni yaratishga tayyorligini bildirdi.

    Tashrif doirasida Boshqaruv kadrlarini tayyorlash qo‘shma maktabi ishga tushirilishi qayd etildi.

    O‘zbekiston prezidenti yoshlarning nemis tiliga qiziqishi yuqori ekanini, bu tilni 300 mingga yaqin yigit-qiz o‘rganayotganini ta’kidladi. Yaqinda andijonlik maktab o‘quvchisi Rayyona Ibrohimova nemis tili bo‘yicha Jahon olimpiadasida g‘olib bo‘lgani bunga yorqin misoldir.

    Germaniya tomoni O‘zbekiston hududlarida til o‘rganish va o‘qituvchilar tayyorlash dasturlarini kengaytirishga ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.

    Madaniy hamkorlik bo‘yicha aralash komissiya faoliyatini qayta tiklash taklif etildi.

    Uchrashuv yakunida qabul qilingan qarorlar va imzolangan bitimlarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma "yo‘l xaritasi"ni tayyorlash va qabul qilishga kelishib olindi.

    15.09.2024, 20:46   Izoh (0)   4799
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Germaniya kansleri Samarqandga yetib keldi

    15.09.2024, 17:21

    Shavkat Mirziyoyev Olaf Sholsni Registon maydonida kutib oldi (foto)

    15.09.2024, 19:03

    Olaf Sholsni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi (foto)

    15.09.2024, 19:55

    Yakkasaroydagi “Pushkin” xiyoboni hududida zamonaviy suv tushar bog‘ barpo etiladi (foto)

    15.09.2024, 19:38

    O‘zbekistonda 16-sentyabr kuni ob-havo qanday bo‘lishi maʼlum qilindi

    15.09.2024, 17:48

    Shavkat Mirziyoyev Samarqandga keldi

    15.09.2024, 16:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.