Daryo

O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi? (ro‘yxat)

O‘zbekiston va Germaniyaning yetakchi korxonalari darajasida bir qator bitim va shartnomalar tuzildi

1 daqiqa o‘qish59 340 ko‘rishlar0 izoh0

Samarqand shahrida o‘tgan samarali muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Germaniya kansleri Olaf Shols Qo‘shma deklaratsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Umuman, rasmiy tashrif doirasida 8 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bular:

  • Migratsiya va mobillik sohasida har tomonlama sheriklik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
  • Veterinariya va chorvachilik sohasida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo deklaratsiya;
  • “Yashil Markaziy Osiyo” tashabbusi doirasida suv resurslaridan barqaror foydalanish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo deklaratsiya;
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
  • O‘ta muhim minerallar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya;
  • Transport sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
  • Parij bitimi doirasida iqlim o‘zgarishi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bundan tashqari, 2024—2026-yillarga mo‘ljallangan Texnologik sheriklik va sanoat kooperatsiyasi dasturi qabul qilindi, shuningdek, O‘zbekiston va Germaniyaning yetakchi korxonalari darajasida bir qator bitim va shartnomalar tuzildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar