Ijtimoiy tarmoqlarda Misrning Sharm ash-Shayx shahriga borib 25 dollarga mamlakat poytaxti Qohira shahriga viza olish bekor bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi.
Endi piramidani ko‘rish uchun Qohiraga bormoqchi bo‘lsangiz Toshkentda Misr elchixonasiga kirib, boshqa vizalar normativi kabi hujjat topshirishingiz kerak bo‘ladi, deyiladi xabarlarda.
Unda qo‘shimcha qilinishicha, Sharm ash-Shayx orqali Qohiraga o‘tmoqchi bo‘lganlar uchun reyd tadbirlari boshlangan.
Mazkur xabarlar yuzasidan O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati “Daryo”ga izoh berdi.
Vazirlik masʼul xodimi tarqalgan xabarlarni tasdiqladi. Uning aytishicha, har bitta mamlakatning viza rejimi o‘zining ichki tartibiga bog‘liq.
Maʼlumot uchun, Sharm ash-Shayx — Misrdagi kurort shahar, Sinay yarim orolining janubiy uchida, Misr Rivierasining Qizil dengiz sohilida joylashgan. Janubiy Sinay gubernatorligining tuman markazlaridan biri.
Izoh (0)