• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bu — uchinchi fojia. O‘zbekiston hayvonot bog‘larida yirtqichlar qurboniga aylangan insonlar

    Kuni kecha Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi Lion Park hayvonot bog‘i qorovuli sherlar hujumidan halok bo‘ldi. Biroq bu O‘zbekistonda zoopark xodimlari bilan sodir bo‘lgan yagona fojia emas. “Daryo” inson o‘limi bilan yakunlangan ana shunday voqealarni yodga oldi.

    Sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan surat

    Ovqat beraman deb ...

    2023-yilning 3-yanvar kuni Xo‘jaobod tumanida joylashgan Andijon hayvonot bog‘i ishchisi ovqat berish maqsadida ayiqning qafasiga kirgan vaqtida yirtqich hamlasiga uchrab halok bo‘lgandi.

    Andijon hayvonot bog‘i
    Foto: “Daryo”

    O‘shanda hayvonot bog‘i mas’ullari voqea joyiga borgan “Daryo” muxbiriga aytishicha, fojia marhumning xavfsizlik qoidalariga amal qilmagani oqibatida ro‘y bergani ta’kidlashgan.

    Hodisa qafasga o‘rnatilgan kuzatuv kamerasi tomonidan qayd etilgan bo‘lib, tasvirda chindan ham marhum xavfsizlik talablariga rioya qilmaganini ko‘rish mumkin.

    Sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan surat

    Sher hamlasiga uchragan yana bir qorovul

    2018-yil 30-dekabr kuni Andijon hayvonot bog‘i qorovuli qafasda saqlanayotgan Simba laqabli sherga ovqat berayotgan chog‘ida yirtqich uni tilkalab tashlagan. Oqibatda 45 yashar erkak hodisa joyiga vafot etgandi.

    Sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, marhumning o‘limiga bo‘yin va tananing boshqa sohalaridagi ko‘plab ochiq jarohatlar va o‘tkir qon tomir yetishmovchiligi sabab bo‘lgan. Fojia sherning och qolib ketishi oqibatida ro‘y bergani aytilmoqda.

    Bosh prokuratura ham qorovul, ham hayvon boquvchi bo‘lib ishlagan marhum hayvonot bog‘ida boqilayotgan ikkita sher yoniga ular bilan o‘ynash maqsadida qafas ichiga kirganida yirtqichlar hujumiga uchragani keltiriladi. Xorijiy nashrlar esa fojia sherlarning och qolib ketgani oqibatida yuz bergani xususida yozgan.

    Foto: tsn.ua

    Qochib ketgan yirtqichlar

    2018-yili Samarqand tumanida “Durbek” ko‘chma hayvonot bog‘iga tegishli sherlar qafasidan chiqib ketadi. Ularni ushlashning iloji bo‘lmaganidan so‘ng so‘nggi chora sifatida otib o‘ldiriladi.

    Baxtli tasodif tufayligina sherlar na ko‘chma hayvonot bog‘i xodimlariga va na aholiga zarar yetkazgan. Tezkorlik bilan qabul qilingan qaror tufayli ro‘y berishi ehtimoli yuqori bo‘lgan fojianing oldi olingan.

    Natijasi noma’lum jinoyat ishlari

    O‘zbekiston bosh prokurorining matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Parkent tumanidagi hayvonot bog‘ida sodir bo‘lgan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, hodisa ichki ishlar organlari tomonidan tergov qilinishini ma’lum qilgan.

    Andijondagi hayvonot bog‘ida ro‘y bergan bir emas, ikkita fojiadan keyin ham xuddi shunday jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgandi. Biroq mas’ul idoralar tergov yakuni yuzasidan rasmiy axborot bermagan.

    Jamoatchilik javobgarlarga nisbatan qanday chora ko‘rilgani, jabrlanuvchilarning oilasiga kompensatsiya to‘lab berilganmi yoki yo‘q, bu haqda hech qanday ma’lumotga ega emas.

    O‘tgan yili Farg‘ona shahri hayvonot bog‘ida zebra nobud bo‘lgandi
    Foto: “Gazeta.uz”

    Hayvonot bog‘lari kerakmi?

    Bugungi kunda O‘zbekistonda yuqoridagi fojialar ro‘y bergan muassasalardan tashqari respublikamizning qariyb barcha hududida hayvonot bog‘lari mavjud. Xuddi Parkentdagi zoopark singari ularning ayrimlari xususiy, ayrimlari esa davlat tasarrufida.

    Butun dunyodagi hayvonlar himoyasi bilan shug‘ullanuvchi faollar zooparklar faoliyatiga qarshi kurashib kelishadi. Ularning fikricha, bunday muassasalarda insonlar hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lishadi, shu sababli ham ularning faoliyatini to‘xtashish zarur.

    Navoiy viloyatidagi xususiy hayvonot bog‘ida yomon ahvolda saqlanayotgan sher
    Foto: “Anhor.uz”

    O‘zbekistonda ham hayvonot bog‘larida saqlanayotgan hayvonlarga nisbatan o‘ta yomon munosabatda bo‘lingan holatlar kuzatilgan. Jumladan, Nukusdagi hayvonot bog‘ida ayiq suvsiz qoldirilib tahqirlangan, Navoiydagi hayvonot bog‘ida uzoq vaqt davomida yomon sharoitda saqlangan hayvonlar poytaxtga olib kelingan, Farg‘ona hayvonot bog‘idagi jirafa anomal sovuqda shamollab qolgani ortidan nobud bo‘lgan edi.

    Biroq mazkur hodisalarning barchasi xususiy zooparklarda yuz bergan. Shu sababli ham ekofaollar O‘zbekiston sharoitida xususiy hayvonot bog‘lariga ehtiyoj borligini so‘roq ostiga olishadi.

    19.12.2024, 11:30   Izoh (0)   32739
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #hayvonot bog‘i#fojia#ayiq#sher#inson o‘limi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQShdagi hayvonot bog‘ida sher 22 yashar qizni tilka-pora qildi

    31.12.2018, 09:50

    Maykl Jekson: Pop musiqasi qirolining bolaligi, shon-shuhrati va fojiasi (foto)

    28.05.2021, 13:27

    Qashqadaryoda yetishtirilgan urug‘siz qora tarvuz, elektr energiyasiz qolgan shahar, Xitoyda qurilayotgan “Titanik”. 31-may suratlari

    31.05.2021, 23:58

    Yevpatoriyada hayvonot bog‘idagi yong‘inda 200 dan ortiq hayvonlar nobud bo‘ldi (video) 

    16.04.2024, 15:10

    Xitoyda hayvonot bog‘iga tashrif buyuruvchilar e’tiborini tortish maqsadida itlar pandaga o‘xshatib bo‘yab qo‘yildi (video)

    13.05.2024, 11:51

    Yunusobod Business City hududidan 3,2 gektar yer maydoni onlayn auksionga qo‘yildi

    10.05.2024, 19:30

    Yovvoyi otlar 200 yil o‘tib Qozog‘iston dashtlariga qaytdi  

    13.06.2024, 20:05

    Afrikadan keltirilgan jirafa va zebralar, “Navro‘z” laqabli yo‘lbars, rejadagi “Kapalaklar uyi”. Hayvonot bog‘i yozgi jazirama uchun tayyormi?

    14.06.2024, 17:51

    Tuyaqushlar bilan poyga o‘ynagan va amakivachchasiga uylangan: Dubay valiahd shahzodasi Hamdan haqida siz bilmagan 10 ta fakt

    28.06.2024, 16:48

    “Vaqf” fondi rahbari o‘rinbosari Sardor Rahimxonga duch kelgan piton Namangandagi hayvonot bog‘iga tegishli bo‘lib chiqdi

    23.07.2024, 17:51

    Surxondaryoda ikki yigit toshbaqaga nos chektirdi (video) 

    30.07.2024, 16:25

    5-sentyabrdan 3-oktyabrgacha Toshkentda sovuq suv navbatma-navbat vaqtincha o‘chiriladi

    22.08.2024, 18:59

    Nigeriyadagi suv toshqinidan so‘ng yuzlab mahbuslar qamoqdan qochib ketdi

    16.09.2024, 15:50

    “Garri Potter va hikmatlar toshi” filmini suratga olish jarayonidan qiziqarli kadr orti suratlari (foto) 

    19.10.2024, 17:25

    Dubayga oilaviy tashrif buyurish uchun 10 ta eng yaxshi maskan!

    20.11.2024, 12:07

    Parkentdagi hayvonot bog‘ida qorovul uchta sher hujumidan halok bo‘ldi

    17.12.2024, 16:28
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryoda 115 yoshli otaxonning bir asrlik orzusi amalga oshdi (video)

    O‘zbekiston | 10 may, 18:09

    O‘zbekistonda “davlat ishi”dagilarga aprelning ikkinchi yarmi uchun qancha maosh to‘langani aytildi

    O‘zbekiston | 10 may, 18:05

    iPhone smartfonlari 10 yil ichida odamlarga keraksiz bo‘lib qolishi mumkin

    Texnologiyalar | 10 may, 17:40

    “Byudjet pulidan o‘qitilgan 74 ming kishi ish bilan taʼminlanmagan”. Deputat Bandlik vazirligi samarasiz ishlayotganini aytdi

    O‘zbekiston | 10 may, 17:18

    O‘zbekistonda yakshanba kuni qaysi hududlarda yomg‘ir yog‘adi?

    O‘zbekiston | 10 may, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.