Ijtimoiy tarmoqlarda Nexia-3 odamlarni sudrab ketayotgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat IIB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 8-iyul kuni soat taxminan 14:30 larda Mirishkor tumanida joylashgan oshxonaga fuqarolar R.L., K.S.lar kirib, oshxona egasi E.I. bilan tortishib qolgan.
O‘zaro kelishmovchilik oqibatida R.L., K.S.lar haydovchi K.H. boshqaruvidagi Nexia-3’ga yo‘lovchi sifatida o‘tirganda, fuqaro E.I. va yaqin qarindoshlari avtomashinani to‘xtatishga urinsa-da, haydovchi harakatlanib ketgan.
Hozirda holat yuzasidan Mirishkor tuman IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bundan avval Buxoro viloyatining Jondor tumanida haydovchi Cobalt’ni qasddan YPX xodimi ustiga haydagani haqida xabar berilgan edi.
Shuningdek, Surxondaryoda voyaga yetmagan bola YPX xodimini sudrab, Cobalt olib qochgan edi.
Izoh (0)