• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +43°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Siz mamlakat hududiy yaxlitligini tikladingiz”. Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev rahbarligida Ozarbayjon erishayotgan yuksak natijalardan xursandligini aytdi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    O‘zbekiston prezidenti Ozarbayjon yetakchisi Ilhom Aliyev rahbarligida ushbu mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli yangilanishlar va mamlakat erishayotgan yuksak natijalardan chin dildan xursand ekanini taʼkidladi.

    “Siz otangiz va har bir ozarbayjonlikning azaliy orzusini ro‘yobga chiqardingiz - mamlakat hududiy yaxlitligini tikladingiz. Qaytarib olingan hududlarning iqtisodiyoti va infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha faol ish olib boryapsiz”, dedi O‘zbekiston yetakchisi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ozarbayjon O‘zbekistonning ishonchli ittifoqchisi va strategik sherigi ekani taʼkidlandi. Bizning maqsadlar, qarashlar va intilishlarimiz o‘xshash. Xalqlarni azaldan qardoshlik va o‘zaro ishonch asosini tashkil etayotgan tarix, qadriyatlar, til va madaniyat bog‘lab turibdi.

    Davlat rahbari bugun bo‘lib o‘tgan Oliy davlatlararo kengash ikkinchi yig‘ilishining samarali natijalarini, uning yakunida muhim qaror va kelishuvlar qabul qilinganini yuksak baholadi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Bu galgi sammitga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilgani taʼkidlandi. Birinchi Parlamentlararo forum, Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi, hududlar va rektorlar forumlari, siyosiy maslahatlashuvlar, qator madaniy tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

    Muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasida Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani keng ko‘lamda amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Xalqaro maydonda yaqin aloqalarni mustahkamlash va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga qatʼiy intilish tasdiqlandi. Ko‘plab dolzarb global va mintaqaviy muammolar bo‘yicha pozitsiyalar mos kelishi qayd etildi. Shu maʼnoda davlatimiz rahbari O‘zbekiston barcha o‘tkir muammo va ziddiyatlarni faqat tinch yo‘l bilan, diplomatik saʼy-harakatlar orqali hal etish tarafdori ekanini taʼkidladi.

    Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama savdo va investitsiyalar hajmini yaqin yillarda 1 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha qo‘shma amaliy choralar ko‘rishga kelishib olindi. Savdo va kooperatsiyani rag‘batlantirish bo‘yicha alohida dastur qabul qilindi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Prezident taʼkidlaganidek, amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish maqsadida hamkorlikning amaldagi formatlari kengaytiriladi va yangi formatlari yo‘lga qo‘yiladi. Gap Tadbirkorlar kengashini tuzish hamda Sanoat va iqtisodiy zonalar forumini o‘tkazish haqida bormoqda.

    Yetakchilar transport jihatidan o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirishga alohida ahamiyat qaratdilar. Bugungi kunda mamlakatlarimizni bog‘laydigan va boshqa strategik yo‘nalishlarga chiqish imkonini beradigan O‘rta yo‘lak faol rivojlanayotgani taʼkidlandi. Xususan, bahordan boshlab ushbu yo‘lakda elektron ruxsatnomalar ishga tushirildi. Shu bilan birga, O‘zbekiston yuklarini tashish hajmi 25 foizga oshdi. Ularning yillik hajmi bir million tonnadan ortdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Yevropaga “yashil” energiya eksporti bo‘yicha qo‘shma loyihani ilgari surishda erishilgan yutuqlar qayd etildi.

    Bundan tashqari, bugun Boku shahrida “O‘zbekiston” bog‘i qurilishiga start beriladi va mamlakatimizning Ozarbayjondagi elchixonasining yangi binosi ochiladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Shular bilan bir vaqtda O‘zbekistonda bo‘lajak “Ozarbayjon” bog‘i va noyob Sea Breeze sayyohlik majmuasi loyihalari faol tayyorlanayotgani taʼkidlandi.

    Joriy yilda ikki qardosh mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi nishonlanishi munosabati bilan ushbu muhim sanaga bag‘ishlangan yirik tadbirlar, konsertlar va yoshlar forumlarini birgalikda o‘tkazishga kelishib olindi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    So‘zining yakunida davlat rahbari hamkorlikka oid qo‘shma loyiha va dasturlarni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun ozarbayjonlik hamkasbiga minnatdorlik bildirdi. Ozarbayjonga bu galgi davlat tashrifi natijalari ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga, qardosh mamlakatlar va xalqlarning barqaror taraqqiyoti va farovonligiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

    2 iyul, 20:31   Izoh (0)   1309
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Shavkat Mirziyoyev#Ilhom Aliyev

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qozog‘istonda halokatga uchragan samolyot xronologiyasi. U o‘qqa tutilgan bo‘lishi mumkinmi?

    26.12.2024, 18:07

    Foto: “Daryo”dan 2024-yilning e’tiborga molik suratlari

    30.12.2024, 21:08

    Yangi yil bayrami munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev nomiga xalqaro hamkorlardan qutlovlar kelmoqda

    31.12.2024, 17:20

    O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston “yashil” energetika koridori to‘g‘risida shartnoma imzoladi

    1 yanvar, 10:50

    Yangi yil munosabati bilan Shavkat Mirziyoyevga Ispaniya qiroli va Hindiston bosh vaziridan qutlovlar keldi

    3 yanvar, 16:30

    Shavkat Mirziyoyev “Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi” sammiti ochilish marosimida ishtirok etdi (foto)

    14 yanvar, 14:40

    “Yashil” iqtisodiyot, energetika manbalari, iqlim o‘zgarishi: Shavkat Mirziyoyev “Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi” sammitida nimalar haqida gapirdi?

    14 yanvar, 16:54

    Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev ikki mamlakatning birodar xalqlarini Navro‘z bilan qutladi

    20 mart, 19:19

    Ramazon hayiti munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlaridan qutlovlar kelmoqda

    29 mart, 21:20

    Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan ikki va ko‘p tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildi

    5 aprel, 17:04

    Tojikiston harbiylari Moskvadagi G‘alaba paradida qatnashadi

    14 aprel, 16:55

    O‘zbekiston—Ozarbayjon ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi

    20 may, 11:27

    Shavkat Mirziyoyev turkiy davlatlar hamkorligini rivojlantirishning muhim yo‘nalishlarini ko‘rsatdi

    21 may, 16:17

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh yoshlarga davlat mukofotlarini topshirdi (foto)

    30 iyun, 15:56

    “Yoshlarimizga hayotda munosib o‘rin topishi uchun zarur sharoitlar yaratish burchimizga aylangan” — Shavkat Mirziyoyev

    30 iyun, 12:57

    O‘zbekiston yoshlari top-500 talik oliygohlarga kirish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchi bo‘ldi

    30 iyun, 13:51

    “Bu ishlar ‘kampaniyabozlik’ bo‘lmasligi zarur” — prezident yoshlar bilan doimiy muloqot platformasini yo‘lga qo‘yish haqida

    30 iyun, 14:22

    O‘zbekistonda sun’iy intellektning milliy modelini ishlab chiqish boshlangani e’lon qilindi

    30 iyun, 14:16

    Shavkat Mirziyoyev yoshlarning turli sohalardagi loyihalari, kashfiyot va yutuqlari bilan tanishdi (foto)

    30 iyun, 16:59

    BMT qarorgohida Mahalla forumi: O‘zbekistonning tajribalari global maydonda eʼtirof etildi

    30 iyun, 20:05

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    30 iyun, 23:00

    Farg‘onadagi portlash: aybdorlarga hukm o‘qildi, qurbonlar oilasiga tovon pullari belgilandi 

    1 iyul, 16:54

    Shavkat Mirziyoyev 2–4-iyul kunlari davlat tashrifi bilan Ozarbayjonda bo‘ladi

    1 iyul, 19:55

    “Raqamli hukumat” tizimi taʼlim, tibbiyot, qurilish va kommunal sohalaridan boshlanadi

    1 iyul, 19:59

    Sport bo‘yicha nufuzli musobaqalar g‘olib va sovrindorlari oliy harbiy taʼlim muassasalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinadi

    1 iyul, 20:26

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    1 iyul, 23:00

    O‘zbekiston prezidenti Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

    2 iyul, 11:27

    Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga davlat tashrifi bilan keldi (foto)

    2 iyul, 14:03
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil hujumida G‘azo kasalxonasi direktori va oilasi halok bo‘ldi

    Dunyo | 3 iyul, 15:50

    Nodavlat oliy taʼlim muassasalarining faoliyati takomillashtirilmoqda

    O‘zbekiston | 3 iyul, 11:48

    G‘azoda 73 nafar falastinlik “sababsiz otib tashlandi”

    Dunyo | 3 iyul, 15:37

    Gollivudning mashhur bo‘ydog‘i — Leonardo Di Kaprioning yuragini zabt etgan Vittoriya Cheretti kim o‘zi?

    Layfstayl | 3 iyul, 15:30

    Shavkat Mirziyoyev Haydar Aliyev va Ozarbayjon vatanparvarlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi (foto)

    O‘zbekiston | 3 iyul, 15:02

    Yuz terisini parvarish qilishda ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan 5 ta xato

    Ayollar sahifasi | 3 iyul, 14:50

    Diogu Jotaning o‘limi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 14:39

    10 mln dollar talab qilingan: “Anorbank” rahbari Fransiyada o‘g‘irlab ketildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 14:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.