• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12935.27
    • RUB160.47
    • EUR14367.2
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Toshkent viloyati

    IIB xodimlari Oqqo‘rg‘ondan Bo‘kaga, undan Bekobodga olib ketgan fuqaro vafot etgani ma’lum bo‘ldi. Marhumning yaqinlari u urib o‘ldirilgan demoqda

    Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida yashovchi 31 yoshli fuqaro IIB xodimlari tomonidan dastlab Bo‘ka tumaniga, undan Bekobodga olib ketilgan. Ko‘p o‘tmay uning vafot etgani ma’lum bo‘ldi. Marhumning yaqinlari u IIB xodimlarining kaltaklashi oqibatida vafot etganini aytmoqda. Viloyat IIB axborot xizmati esa mast fuqaroning mashinadan sakrab tushishi uning bosh miya suyagi sinishiga va tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramay vafot etishiga sabab bo‘lgan. 

    O‘g‘lim To‘raxonni 2024-yilning 26-iyul kuni Bobur va Obid ismli “uchastkavoy”lar PPS xodimlarini chaqirib, yarim kechasi Bo‘kaga olib ketishgan. Nima bo‘lgan bo‘lsa, hammasi yo‘lda bo‘lgan, deydi tahririyatga bu haqda ma’lumot bergan marhumning otasi Sobir aka. 

    Otaning bildirishicha, o‘g‘li IIB xodimlari tomonidan dastlab “VAZ 2107” avtomobilida Oqqo‘rg‘on tuman IIBga, undan shifoxonaga olib ketilgan. So‘ng Bo‘ka tumaniga ketilgan. 

    Biz ertasi kuni Bo‘ka tumaniga bordik. U yerga borsak, o‘g‘limni Bekobod tumanidagi shifoxonaga o‘lik holda olib ketishgan ekan. O‘g‘limning yuzlari shishib, boshi yorilgan bo‘lgan, deydi Sobir aka. 

    Marhumning yaqinlariga ko‘ra, voqea bosdi-bosdi qilinishi mumkin. 

    Toshkent viloyati IIBB axborot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, joriy yilning 26-iyul kuni soat 01:30 larda Oqqo‘rg‘on tumani “Qo‘shtepa” mahallasi hududida o‘zaro janjallashayotgan to‘rt nafar fuqaroni shu hududda tungi xizmatga jalb qilingan IIO xodimlari tinchlantirishga harakat qilgan.

    Shu vaqtda ulardan biri 1993-yilda tug‘ilgan T.M. (mastlik holatida bo‘lgan) xodimlarning qonuniy talablarini bajarmasdan, baqir-chaqir qilib, janjalni davom ettirgan. Shundan so‘ng holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro T.M. Oqqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasiga olib borilgan va ekspertizadan o‘tkazilgan. Fuqaroda mastlik holati tasdiqlangach, uni tibbiyot hushyorxonasiga joylashtirish maqsadida xizmat avtomashinasida olib ketilayotgan vaqtda, fuqaro mashinaning orqa eshigini birdan ochib, harakatlanayotgan transport vositasidan tashqariga sakragan. Oqibatda tan jarohatlari olgan, deydi Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati rahbari. 

    Mas’ulga ko‘ra, jarohat olgan fuqaroga xodimlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, u Bo‘ka tumani tibbiyot birlashmasiga olib borilgan.

    Oradan vaqt o‘tib ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, fuqaro shifoxonada vafot etdi. Hozirda holat prokuratura organlari tomonidan o‘rganilmoqda, deydi mas’ul. 

    Viloyat IIBB axborot xizmati mas’uli fuqaroning IIB xodimlari tomonidan urib o‘ldirilganini inkor etib, “Ijtimoiy tarmoq faollari va OAV vakillaridan axborotni (fuqaro IIO xodimlari tomonidan kaltaklab o‘ldirildi mazmunida) noto‘g‘ri talqin qilmasliklarini so‘raymiz, dedi.

    07.08.2024, 10:50   Izoh (0)   16457
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jizzaxda er o‘zaro gap talashib qolgan xotinini urib o‘ldirdi

    07.09.2022, 18:20

    Samarqandda kelin qaynonasini g‘isht bilan urib o‘ldirdi

    19.11.2022, 16:50

    Xorazmda ayol eriga 26 marotaba pichoq urib, uni o‘ldirdi

    30.05.2023, 10:16

    G‘ozg‘on shahriga yangi hokim tayinlandi

    07.08.2024, 10:27

    O‘zbekistonda yangi o‘quv yili 4-sentyabrdan boshlanadi

    07.08.2024, 09:43

    O‘zbekistonda markirovkalash nazorati kuchaytiriladi

    07.08.2024, 09:10
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniyada o‘zini qirol deb e’lon qilgan shaxs qamoqqa olindi

    Dunyo | 13 may, 23:40

    “Putin muzokaralarga kelsa, Tramp ham Istanbulga boradi” — AQSH maxsus vakili

    Dunyo | 13 may, 23:25

    “Daryo” dayjesti: 13-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 13 may, 23:10

    Falastinning normal hayotga qaytishi uchun 15 yil kerakligi ma’lum qilindi

    Dunyo | 13 may, 22:55

    Maʼmuriy sudlar tomonidan uch oyda hokim qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq qancha ish ko‘rilgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 13 may, 22:45

    Mashhurlik retsepti: qo‘shiqlari emas, balki reklamalar orqali tanilgan xonandalar

    Musiqa | 13 may, 22:35

    O‘zbekiston Kubogi. “OKMK” 12 ta gol urdi, “Surxon” Birinchi liga klubiga mag‘lub bo‘lib, guruhda qolib ketdi

    Sport | 13 may, 22:23

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    O‘zbekiston | 13 may, 22:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.