Nurali Jo‘rayev Navoiy viloyatining G‘ozg‘on shahri hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar u Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hududlarni rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi vazifasida faoliyat yuritgan.
Nurali Jo‘rayev 1988-yilda Qiziltepa tumanida tug‘ilgan. Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini iqtisodchi, buxgalteriya hisobi va audit mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
2020-yilning noyabridan buyon G‘ozg‘on shahriga Azim Bozorov rahbarlik qilib kelayotgandi. 2024-yilning iyul oyida prezident o‘tkazgan yig‘ilishda faoliyatida tizimli kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun ishdan olingandi.
Izoh (0)