• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12578.21
    • RUB160.31
    • EUR14633.49
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “To‘liq taftish o‘tkazilishi zarur”. Ekovazirlik Murod Nazarov fikrlariga keskin munosabat bildirdi

    Bugun, 19-iyul kuni Ekologiya vazirligi tadbirkor Murod Nazarovning moratoriy o‘rniga “kompensatsion ekish” va “daraxtlar banki” joriy qilish taklifi bo‘yicha munosabat bildirdi.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Vazirlikning taʼkidlashicha, O‘zbekiston dengiz va okeanlarga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmagan mamlakat. Shu bois kislorod manbalari va karbonat angidridni yutish imkoniyatidan mahrum. Hududning 60 foizdan ortig‘i cho‘l va yarim cho‘llardan iborat bo‘lib, iqlim o‘zgarishlariga nisbatan juda zaif hisoblanadi. Bu holat tabiatni ko‘proq himoya qilishni talab qiladi.

    Daraxt kesishga moratoriy yashil hududlarni saqlash uchun joriy etilgan. U ekologik barqarorlikning muhim kafolatidir.

    Jahon amaliyotida ham daraxtlarni himoya qilish qattiq nazoratda. Masalan, Germaniyada noqonuniy kesish uchun 50 000 yevrogacha jarima belgilangan.

    Britaniyada qamoq jazosi va 20 000 funtgacha jarima mavjud.. Qozog‘iston va Rossiyada ham bunday qilmish uchun jinoiy jazo bor. 2023-yilda mashhur Sycamore Gap daraxtini kesgan shaxs 4 yildan ortiq qamoq jazosiga hukm qilingan.

    Qayd etilishicha, taklif qilinayotgan kompensatsion ekishlar va “daraxtlar banki” mavjud moratoriyga to‘liq muqobil bo‘la olmaydi. Masalan, bitta daraxt yiliga 21 kg CO₂ ni yutadi. Birorta ham ko‘chat bu funksiyani o‘n yillab yillar davomida bajara olmaydi.

    “Daraxtlar banki” tizimi korrupsiya va nazoratsizlikka olib kelishi mumkin.

    Vazirlik ayrim quruvchilar daraxtlarni sunʼiy quritish, so‘ngra kesish orqali moratoriyni chetlab o‘tayotganini qayd etdi. Bunday holatlarga qarshi chora ko‘rilayotgani bildirildi.

    Vazirlik mavjud moratoriyni qayta ko‘rib chiqishga urinish, ayniqsa, kompaniyalar o‘z faoliyatiga ESG tamoyillarini joriy etishga intilayotgan, shuningdek, mamlakatda 2025-yil “Atrof-muhitni asrash va ‘yashil’ iqtisodiyot yili” deb e’lon qilingan bir paytda, afsus bilan qarshi olinishini bildirgan.

    “O‘z chiqishida janob Nazarov har qanday yo‘l bilan daraxt kesish bo‘yicha turli “usullar” qo‘llanilayotganini tilga oldi. Shu munosabat bilan vazirlik uning daraxt kesishda qo‘llayotgan yondashuvlarini atroflicha tekshirish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan to‘liq taftish o‘tkazilishi zarur, deb hisoblaydi. Ushbu o‘rganish natijalari uning oldingi faoliyati yuzasidan tegishli xulosalar chiqarish imkonini beradi, deb umid qilamiz”, deya qayd etilgan munosabatda.

    Xulosa sifatida barqaror qurilish yashil maydonlarni yo‘q qilib, keyin kompensatsiya qilishga emas, aksincha, ularni saqlashga asoslanishi eslatilgan.

    “Barqaror qurilish — daraxtni kesib emas, uni saqlab qurish degani”, deyiladi vazirlik bayonotida.

    Ma’lumot uchun, joriy yil 17-iyul kuni o‘tkazilgan qurilish sohasiga oid yig‘ilishda tadbirkor Murod Nazarov Toshkent shahrida daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerakligini aytgandi. Mazkur fikrlaridan keyin tadbirkor jamoatchilik faollarining tanqidlariga uchradi. Qolaversa, Ekopartiya vakili ham Nazarovning moratoriyni bekor qilish taklifiga qarshilik bildirdi.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil I yarmida daraxtlarni kesish bo‘yicha kelib tushgan 3 235 ta ariza rad etilishi hisobiga 453 238 ta daraxt asrab qolingan. Ularning 86 309 tasi qimmatbaho navlarga mansub bo‘lgan.

    19 iyul, 16:41   Izoh (0)   3794
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #daraxt kesishga moratoriy#Ekologiya vazirligi#Murod Nazarov#daraxt#cheklov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Oshirilgan jarimalar, 10 baravarga kamaygan daraxt kesish holatlari, ekologiyaga mas’ul kuchishlatar tuzilmalar — Ekoinspeksiya boshlig‘i Adham Qurbonov bilan suhb...

    07.03.2023, 23:45

    Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi boshlig‘i Farhod Dehqonovga xizmat tekshiruvi tayinlandi. U ikki yil avval hibsga olinib, keyin qo‘yib yuborilgan edi

    06.01.2024, 12:40

    O‘zbekistonda 2025-yili 848 tup daraxt noqonuniy kesilgani aniqlandi

    17 fevral, 22:30

    Farg‘onada otaxon 2 tup daraxt kesgani uchun 223 ta ko‘chat ekib berdi 

    20 fevral, 23:50

    Buxoroda 5 tup terak kesgan fuqaro 18,3 mln so‘m to‘laydigan bo‘ldi 

    26 fevral, 19:15

    Farg‘onada 270 tup daraxt noqonuniy ko‘chirildi. Zarar 1,8 mlrd so‘m 

    3 mart, 17:03

    Toshkentda daraxtni boshqa joyga ko‘chirmoqchi bo‘lgan fuqaro 13 mln so‘m to‘laydigan bo‘ldi 

    5 mart, 18:05

    Qimmatbaho daraxtlarning ayovsiz kesilishi. Vazirlik yillar kesimida statistikani e’lon qildi 

    5 mart, 19:55

    Qashqadaryoda 103 tup daraxt noqonuniy kesib tashlandi

    12 mart, 17:17

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    8 may, 21:30

    “Toshkent shahrida daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak” — tadbirkor Murod Nazarov

    17 iyul, 21:12

    Moratoriy sabab yarim million daraxt asrab qolingan — deputat Murod Nazarovning moratoriyni bekor qilish taklifiga qarshilik bildirdi

    18 iyul, 14:31

    “Bu ketishda kelajak avlod daraxtga e’tiqod qilishni boshlab yubormasa” — Alisher Qodirov daraxtlar kesilishi haqida

    19 iyul, 10:20
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.