• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Moratoriy sabab yarim million daraxt asrab qolingan — deputat Murod Nazarovning moratoriyni bekor qilish taklifiga qarshilik bildirdi

    Tadbirkor Murod Nazarov 17-iyul kuni qurilish sohasiga oid yig‘ilishda Toshkent shahrida qurilish ishlari davomida daraxtlarni kesishga qo‘yilgan cheklovni olib tashlash bo‘yicha fikr bildirdi. Tadbirkorning mazkur taklifiga Ekopartiya a’zosi, deputat Javlon Abdullayev o‘z keskin munosabatini e’lon qildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Unda qayd etilishicha, daraxtlarni muhofaza qilish borasida joriy etilgan moratoriy bejizga belgilangan emas. Aks holda, bugungi kunda ekologik halokatga yuz tutgan bo‘lishi mumkin edi.

    Uning ta’kidlashicha, suv tanqisligi va global isish sharoitida har bir daraxtning ahamiyati yanada oshmoqda. Yetuk daraxtlar kislorod chiqarib, havoni tozalash, shovqinni kamaytirish, tuproq eroziyasini oldini olish kabi tabiat uchun muhim funksiyalarni bajaradi. Moratoriyning ahamiyati juda katta — ayrim noqonuniy daraxt kesish holatlariga qaramasdan, ushbu chora-tadbir tufayli 98 foizdan ortiq daraxtlarning kesilishiga yo‘l qo‘yilmadi.

    Ma’lumot o‘rnida keltirilishicha, 2025-yilning birinchi yarmida daraxtlarni kesish bo‘yicha kelib tushgan 3 235 ta ariza rad etilishi hisobiga 453 238 ta daraxt asrab qolingan. Ularning 86 309 tasi qimmatbaho navlarga mansub bo‘lgan.

    Qayd etishicha, “qayta ekish” nomi bilan ko‘chirilayotgan yoki yangidan ekilgan ko‘chatlarning aksariyati qovjirab, qurib qolayotgani kuzatilmoqda. Shu bois, bu amaliyot tabiatga foyda emas, zarar keltirmoqda.

    Bunday yondashuv nafaqat ekologik muvozanatga, balki O‘zbekiston qonunchiligida mustahkamlangan atrof-muhitni muhofaza qilish tamoyillariga ham zid. Agar har kim daraxtni o‘z hududidagi to‘siq sifatida ko‘rib, uni “muqobil ekish” bilan almashtirishni odat qilsa, bu tabiatga qarshi ochiqchasiga tajovuz, ya’ni ekologik jinoyat sanaladi.

    Rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqib, deputat O‘zbekistonda ham noqonuniy daraxt kesish holatlariga qarshi qat’iy choralar ko‘rish, qonunchilikka samarali mexanizmlarni joriy etish vaqti kelganini ta’kidladi.

    “Biz, Ekopartiya deputatlari tadbirkorlarning bu kabi tabiatga beshafqat munosabatlari va takliflariga mutlaqo qarshimiz. Bu kabi chuqur tahlil qilinmasdan bildirilgan takliflar kelgusida tabiatga befarqlik bilan yondashish va ekologik barqarorlikka tahdid soluvchi holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuni qat’iy ta’kidlaymiz: har qanday rivojlanish, bunyodkorlik va rekonstruksiya ishlari ekologik manfaatlar hisobiga emas, ular bilan muvozanatda olib borilishi lozim”, deyiladi xabarda.

    Javlon Abdullayev Ekopartiya qonunchilik tashabbusi sifatida renovatsiya loyihalarida zarar yetkazilishi mumkin bo‘lmagan obyekt sifatida moratoriy e’lon qilingan daraxt va butalarning joylashgan joyini qonuniy mustahkamlash bo‘yicha faol harakat qilishini ma’lum qildi.

    Ma’lumot uchun, 500 ming daraxt yiliga taxminan 50-60 ming tonna kislorod ishlab chiqaradi. Bu 70-80 ming kishining yillik nafas olishi uchun yetarli.

    2023–2024-yillar va 2025-yilning 5 oyi davomida huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda 3 500 dan ortiq ekologik reyd tadbirlari amalga oshirildi. 250 mingdan ortiq korxona va fuqarolarga sohaga oid profilaktika tadbirlari o‘tkazildi. Shundan sohaga oid qonunchilik talablarini buzgan 110 941 nafar shaxs aniqlanib, ularga 115 mlrd so‘m ma’muriy jarimalar belgilandi va 32 mlrd so‘m tabiatga yetkazilgan zararlar bo‘yicha da’vo qo‘zg‘atildi, shundan jami 66 mlrd so‘m mablag‘ undirib olindi.

    • Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    18 iyul, 14:31   Izoh (0)   1480
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Murod Nazarov#Ekopartiya#daraxt#moratoriy

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimidan fotoreportaj

    06.11.2021, 15:53

    Farg‘onada yoshlar tashabbusi bilan “Konstitutsiya o‘zimizniki” shiori ostida targ‘ibot tadbiri va konsert-shou o‘tkazildi

    18.03.2023, 22:44

    Rassom bo‘lishni istagan, rol uchun 12 kg ozgan va keksayganda “zapret”ga tushgan Murod Rajabov 74 yoshda (foto, video)

    01.04.2023, 09:30

    Superliga. “Neftchi” “Olimpik”ni yutolmadi, “OKMK” Yaypanda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    21.05.2023, 21:49

    Instagram: Ziyoda ukasini uylantirmoqda, Hamdam Sobirov 90 ming dollarlik mashina oldi, Gafur unashtirildi

    16.08.2023, 22:32

    Toshkentda O‘zbekistondagi eng baland binosi — Nest One qurilishi yakunlandi

    20.11.2023, 15:00

    Mijozlarga muhabbat ila: NRG developeridan bosh sovrin – “Zamon” turar joy majmuasidagi xonadon egasi aniqlandi

    21.11.2023, 10:30

    O‘zbekiston OTJning bo‘lajak U-23 Osiyo Kubogidagi ishtiroki haqida

    08.04.2024, 17:21

    NRG U-Tower turar joy majmuasidan Toshkentning betakror manzarasi: istiqomat qiluvchilarning birinchilariga o‘z xonadonlari kalitlari topshirildi 

    24.04.2024, 16:30

    Toshkentda sotuvchilar uchun “Makon forum” xalqaro forumi o‘tkaziladi 

    26.04.2024, 22:55

    Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi va ekspert guruhlari tarkibi tasdiqlandi

    31.12.2024, 10:07

    O‘zbekiston korporativ sport assotsiatsiyasi tashkil etildi

    9 may, 16:15

    “Toshkent shahrida daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak” — tadbirkor Murod Nazarov

    17 iyul, 21:12
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH razvedkasi Obamani Rossiyaning saylovlarga aralashgani haqidagi soxta ma’lumotlarni tarqatishda aybladi

    Dunyo | 19 iyul, 21:15

    Yevroittifoq Ukraina orqali Rossiyaga hujum qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — OAV

    Dunyo | 19 iyul, 20:40

    “Manchester Siti” futbolchisi o‘ziga yangi jamoa qidirmoqda

    Sport | 19 iyul, 20:15

    Tramp steyblkoinni dollar bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

    Dunyo | 19 iyul, 20:12

    G‘azoda binolarning 88 foizdan ortig‘i Isroil tomonidan vayron qilingan

    Dunyo | 19 iyul, 19:40

    Maduro Salvador prezidentini deportatsiya qilingan venesuelaliklarni qiynoqqa solishda aybladi

    Dunyo | 19 iyul, 19:10

    Isroil va Suriya o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi

    Dunyo | 19 iyul, 18:45

    Sun’iy yo‘l notekisliklari xavfsizlikni ko‘zlab o‘rnatilganmi yoki muammo tug‘dirish uchun?

    O‘zbekiston | 19 iyul, 18:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.