• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Kubik-rubiklar yordamida 3 ming dollargacha daromad topayotgan zominlik yigit (foto)

    Instagram tarmog‘ida 450 mingdan ortiq obunachiga ega bo‘lgan Husan Mirzahabibov o‘zining noodatiy sanʼat turi bilan ko‘pchilikning eʼtiboriga tushgan. Endigina 19 yoshni qarshilagan qahramonimiz kubik-rubik va iplar yordamida insonlar suratini chizadi. Tarmoqqa joylagan videolarini esa minglab obunachilar tomosha qiladi. Boisi bunday ijod namunasi o‘zbek auditoriyasi uchun yangilikdir.            

    “Avtohalokat qiziqishlarimni o‘zgartirgan”

    Foto: Husan Mirzahabibov arxividan

    — Zomindagi oddiy oilada dunyoga kelganman. Dadam tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi. Onam uy bekasi. Beshta o‘g‘ilmiz. Biz Hasan va Husan — kichik farzandlarimiz.  Bolaligim hamma bolalar kabi oddiy o‘tgan. Ammo sodir bo‘lgan bir voqea sabab hayotim o‘zgarib ketdi.

    Maktabni  tamomlab universitetga o‘qishga kiraman, deb yurgan vaqtlarim avtohalokatga uchradim. Voqea qanday bo‘lganini eslay olmayman. Ko‘zimni ochganimda shifoxonada yotardim. Oyoq suyaklarim sinib ketgandi, hatto kesib tashlashlari ham mumkin edi. Yurib turgan inson birdan to‘rt devor ichida yotib qolsa qiyin ekan. Salkam bir yarim yil davomida uyda davolanishimga to‘g‘ri keldi. Zerikib internetdagi suratlarni ko‘rib o‘tirsam kubiklardan yasalgan surat e’tiborimni tortdi. So‘ngra kubik-rubiklardan rasm chizishni o‘rganish istagi paydo bo‘ldi. Yaxshi rasm chizganim uchun o‘rganishim ham oson bo‘ldi. Bu sohaning yo‘nalishlari esa juda ko‘p. Kubik-rubik ham ularning bir turidir. Iplardan surat ishlash esa yana bir turidir. Asta-sekin o‘rgana boshladim, yana kubik sotib olishim kerak edi. Ota-onam bu safar ham qo‘llab-quvvatladi. Xitoydan kubiklar sotib olib berishdi.  Hozirda uyimda 11 mingdan ortiq kubiklar bor.

    “Bitta surat uchun 7 soat vaqt sarflayman”

    Foto: Husan Mirzahabibov arxividan

    — Birinchi kubik-rubikdan Dilimi taxallusi orqali tanilgan blogerni suratini chizganman. Uni tayyorlash uchun 4 kun vaqtim ketgandi. Birinchi marta taxlayotganimda kubiklarim qulab tushgan. Yana qaytadan terib chiqqanman. Video olib, montaj qilishni unchalik yaxshi bilmasdim. Ammo keyinchalik o‘rgandim. Hozir vaqt mashinasi orqaga qaytganda, boshqa insonlarni ham rasmini chizardim. Negaki birinchi suratini ishlashga eng munosib odamlar ko‘p ekanligini angladim. So‘ngra ko‘plab xalqimiz sevgan insonlarni rasmlarini tayyorlashni boshladim. Ular orasida chet el prezidentlari hamda  mashhurlarning qiyofalari ham bor. Bir rasmni chizishim uchun odatda yetti soat vaqt ketadi. Ammo ishni boshlashdan avval 3-4 kun o‘sha insonni o‘rganaman. Ijodini kuzatib, suratlarini yig‘ib yuraman. Qanday chizish-u qanday holatda bo‘lishini rejalashtiraman.

    Bu orada odamlardan ham takliflar tushdi.To‘ylarga ham taklif qilib, ota-onasini suratlarini tayyorlashimni so‘raydiganlar bo‘ldi. Bo‘sh vaqtimda ularga ham borib turaman. O‘shanda ularning qanchalik xursand bo‘lganini ko‘rib qiyinchiliklarim, chizish uchun ketgan vaqtim zoye ketmaganidan xursand bo‘laman.

    “Hamdam Sobirov mehnatimni qadrlamadi”

    Foto: Husan Mirzahabibov arxividan

    — Ba’zida bu ishlardan voz kechgim keladi. Chunki odamlar ishimni qadrlamagandek, tushunmayotgandek ham tuyuladi. Bolalar kunida o‘zimizning tumanda panda rasmini chizdim. Bolalar beg‘uborlik bilan tomosha qilardi. Ammo ota-onalari boshqacha munosabatda bo‘ldi. Ularni urishib “yur, vaqtimni olma, bekorchi narsalarga” deya olib ketganlariga guvoh bo‘ldim. Shuni eshitganimdan keyin boshlagan ishimni ham chizgim kelmay, arang tugatdim. Sheriklarimga bitta suratga olib, yig‘ishtirib tashlanglar, dedim. Bizda ko‘pchilik bu kabi sohalarni, ijod namunalarini unchalik tushunmaydi. Ayrim mashhurlar chizgan rasmlarimga javob bermagan holatlari ham bo‘lgan. Qadriga yetishi haqida gapirmasam ham bo‘ladi. Boshqa davlatlarda esa bu sohadan musobaqalar ham o‘tkaziladi. Hamdam Sobirovning ijodini yaxshi ko‘rganim sabab uning tug‘ilgan kuniga portretini tayyorlagandim. Ammo u hech narsa demadi, ya’ni bir necha soatlik mehnatimga e’tibor ham bermadi.

    “3 ming dollargacha daromad topaman”

    Foto: Husan Mirzahabibov arxividan

    — Ijodim davomida ko‘plab davlat rahbarlarining ham suratlarini kubik-rubiklar yordamida ishlaganman. Ammo eng sevimli suratlarim — bu Shavkat Mirziyoyev, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari va birinchi prezidentimiz Islom Karimovniki bo‘lib, ularning qiyofasini qayta-qayta tasvirlashdan erinmayman.

     Moddiyat ham kerak, shu bois pulga ham portretlar tayyorlab turaman.  Oldinlari kuniga beshtagacha suratlar tayyorlar edim. Bir oy uzluksiz shu holatda ishlaganim uchun sog‘lig‘imda muammolar paydo bo‘ldi. Shu sabab hozir kamroq chizyapman. Bu mashg‘ulotim ortidan 1000 dollardan 3000 dollargacha pul ishlab topaman.

     “Noodatiy san’atni rivojlantirmoqchiman”

    Foto: Husan Mirzahabibov arxividan

    — Kelajakda bu sohani yanada rivojlantirmoqchiman. YouTube blogerlik bilan  shug‘ullanish niyatim bor. O‘zim kabi noodatiy ishlar bilan shug‘ullanayotgan yoshlarga yordam berib, ularni ommaga tanilishi hamda boshqa davlatlarda bo‘layotgan musobaqalarda qatnashi uchun qo‘llab-quvvatlamoqchiman. Odamlar bunaqa noodatiy san’atlarni ham tushunishiga yordam bermoqchiman. Chunki mendek noodatiy ishlar bilan hamma odamlar ham shug‘ullanmaydi. Bunday insonlar e’tiborsiz, chekka qishloqlarda qolib ketishini xohlamayman, — deydi Husan Mirzahabibov.                                                    

                                                                                      Gavhar Eshonqulova suhbatlashdi

    24.07.2024, 15:10   Izoh (0)   30027
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 25-iyul kuni harorat yana ko‘tarilishi mumkin

    24.07.2024, 13:35

    O‘zbekistonlik alpinistlar ilk bor O‘zbekistonning eng baland nuqtasiga ko‘tarildi 

    24.07.2024, 13:15

    Varshavadagi pichoqbozlik: o‘zbekistonlik yigit ayblanuvchi emas, u jabrlanuvchi

    24.07.2024, 12:59

    O‘zbekistonda psixologlar faoliyatini tartibga soluvchi qonun loyihasi qabul qilindi

    24.07.2024, 12:25

    Vladimir Putin va Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi 

    24.07.2024, 11:32

    Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi 

    24.07.2024, 10:33
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.