Daryo

Varshavadagi pichoqbozlik: o‘zbekistonlik yigit ayblanuvchi emas, u jabrlanuvchi

Polshada 26 yoshli o‘zbekistonlik 15 yoshli ukrainalik ikki o‘smirga pichoq bilan hujum qilgani haqida xabar berilgan edi

1 daqiqa o‘qish20 466 ko‘rishlar0 izoh0

Polshaning Varshava shahrida 26 yoshli o‘zbekistonlik yigit 15 yoshli ukrainalik ikki o‘smirga pichoq bilan hujum qilgani haqida xabar berilgan edi. Unda voqea 22-iyul kuni Brodno bog‘ida sodir bo‘lgani va jarohatlangan o‘smirlar kasalxonaga yotqizilgani aytilgandi.

Foto: Wiadomosci

Mazkur holatga oydinlik kiritish maqsadida “Daryo” muxbiri O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi bilan bog‘landi.

Aytilishicha, bog‘da 4 nafar ukrainalik o‘zbekistonlik fuqaroni talon-toroj qilish maqsadida unga hujum qilgan.

Fuqaromiz hujumdan tan jarohati olgan. U o‘zini himoya qilish maqsadida pichoqdan foydalangan.

Ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda. Unda O‘zbekiston fuqarosi aybdor emas, aksincha, jabrlanuvchi sifatida ishtirok etmoqda, — deya xabar bermoqda diplomatik vakolatxona.

Yigitga konsullik huquqiy yordami ko‘rsatilgan va tarjimon bilan ta’minlangan.

Qo‘shimcha qilinishicha, bugun 24-iyul kuni O‘zbekiston fuqarosi tergov eshituvidan keyin qo‘yib yuboriladi.

Oʻzbekistondanman. Milliy universitetning jurnalistika fakultetida toʻrt yil amallab yurganman. Jurnalist boʻlish uchun diplom shart emas. “Daryo”da 2019-yildan beri xabar yozishga harakat qilaman. Sharof Boshbekovning “Yuzsiz” filmi qayta koʻrishga arziydi. Ulugʻbek Hamdamning “Badiiy tafakkur tadriji” kitobi soʻz haqidagi fikrlarimni parchalab tashlagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar