Qashqadaryo, Navoiy va Samarqandda sodir bo‘lgan YTHlar, Farg‘onada IIB xonasiga olib kirilgan erkak hushini yo‘qotib, reanimatsiyaga yotqizilishi, Madaniyat vazirligining Ozodbek Nazarbekov kiyim do‘konini reklama qilganiga munosabati — “Daryo” nashri bugun, 5-iyulda eʼlon qilingan O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi.
Toshkentda 23 yoshli qiz o‘zini sakkizinchi qavatdan tashlamoqchi bo‘ldi
Qiz oilaviy muammolar tufayli o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan.
Toshkentda Spark ikki piyodani urib yubordi
YTH oqibatida piyodalar tan jarohati olib, shifoxonaga murojaat qilgan.
Toshkentdagi savdo markazida yuz bergan janjal bo‘yicha tekshiruv boshlandi
Holat aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lgandi.
Jizzax viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
Ushbu lavozimni Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan Baxtiyor Ibrohimov egalladi.
Navoiyda 2-sinf o‘quvchisi avtomobil bosib ketishidan halok bo‘ldi
U yo‘lni kesib o‘tayotganida katta tezlikda kelayotgan BYD Song Plus urib yuborgan.
Qashqadaryoda BYD, Spark va Nexia ishtirokidagi YTHda haydovchi halok bo‘ldi
Hodisa Spark transport vositasi orqaga qayrilib olishga uringanida yuz bergan.
Madaniyat vazirligi Ozodbek Nazarbekov kiyim do‘konini reklama qilganiga munosabat bildirdi
“Ozodbek Nazarbekov O‘zbekistonning barcha qonunlarini hurmat qiladi va rioya etadi”, deyiladi unda.
Raqobat qo‘mitasi elektr energiyasi iste’moli noto‘g‘ri hisoblanayotgani o‘rganilishini ma’lum qildi
Shu maqsadda tezkor ishchi guruh tashkil etildi.
“E-aktiv”dan voz kechdik, “E-aktiv” bo‘lmaydi” — Sherzod Kudbiyev
“E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etilgan vaqtda tadbirkorlar jiddiy e’tirozlar bildirgan edi.
O‘zbekistonda test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat berilgan abituriyentlar soni ma’lum qilindi
Test sinovlarini o‘tkazish uchun 73 ta yopiq turdagi katta sig‘imli bino tayyorlanmoqda.
Farg‘onada fuqaro birovning uyini o‘ziniki ekanini aytib, 20 ming dollarga sotib yubordi
U buning uchun qalbaki hujjatlardan foydalangan.
Farg‘onada IIB xonasiga olib kirilgan erkak hushini yo‘qotib, reanimatsiyaga yotqizilgani yuzasidan izoh berildi
“U xodimlarning qonuniy talabini bajarmasdan, haqorat qilib, transport vositasini shu yerda turgan fuqarolar va IIB xodimlari ustiga harakatlantirgan”, deyiladi xabarda.
Samarqandda 7 yashar bola avtomobil urib ketishi oqibatida vafot etdi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga yetib bordi
Oliy martabali mehmonni Ozarbayjon bosh vazirining birinchi o‘rinbosari kutib oldi.
“Yo‘llarda bolalar o‘limi uchun siyosiy javobgarlik bo‘lishi kerak” — jamoat faollari ayanchli YTHlar haqida
Faollar mamlakatda yo‘l harakati xavfsizligi yetarli darajada taʼminlanmayotganidan xavotir bildirmoqda.
Izoh (0)