• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Yo‘llarda bolalar o‘limi uchun siyosiy javobgarlik bo‘lishi kerak” — jamoat faollari ayanchli YTHlar haqida

    Bugun, 5-iyul kuni Samarqand va Navoiy viloyatlarida jamoatchilikni junbishga keltirgan yo‘l-transport hodisalari haqida xabarlar berildi. Afsuski, ularning ishtirokchilari 7-8 yoshli bolalar. Murg‘ak jonlar tez harakatlangan avtomobillar zarbidan uzilgan.

    Foto: Telegram

    O‘zbekistonda yechimini kutayotgan jiddiy muammolardan biri — yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash tizimini yaxshilash bo‘lib qolmoqda. Kunlik xabarlardan bir nechtasi davomiy yo‘l-transport hodisalari to‘g‘risida bo‘ladi. “Avariya” sabab kimdir vafot etadi, boshqa birov nogiron yoki og‘ir yaradorga aylanadi. Ayniqsa, oxirgi vaqtlarda yo‘llarda bolalar bilan sodir bo‘layotgan YTHlar ko‘payayotgandek.

    Foto: Telegram

    Yaqinda Senat majlisida berilgan maʼlumotga ko‘ra, 2024-yilning 5 oyi davomida jami 359 nafar o‘quvchi YTHga uchragan. Ularning 65 nafari halok bo‘lgan, 294 nafari turli darajada tan jarohatlari olgan. Mazkur hodisalarning 57 foizi yo‘l infratuzilmasidagi kamchiliklar sabab, 43 foizi haydovchi tomonidan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida sodir etilgan.

    Foto: Telegram

    “Davletov.uz” kanalida O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligi strategiyasi butunlay qayta ko‘rib chiqilishi kerakligi haqida post qoldirildi.

    Yo‘llarda bolalarning o‘limi uchun siyosiy javobgarlik bo‘lishi kerak. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati butunlay tugatilishi kerak. Bu xizmat va uning rahbariyati o‘zini oqlamadi. Ishining samarasi yo‘q, faoliyati teskari va mantiqsizlikdan iborat, deyiladi kanaldagi postda.

    Yuqorida sodir bo‘lgani yozilgan YTHda ikki bola o‘limi haqida fikr bildirarkan, huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev hukumat jabr ko‘rayotgan fuqarolar bilan hisoblashishi kerakligini eslatdi.

    Navoiydagi voqeani ijtimoiy tarmoqlarda o‘qigan/ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Sakkiz yoshli qizaloq piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotganda tezlikda o‘zaro poygalashgan ikkita mashina urib yuboribdi, bittasi ustidan bosib ketganga ham o‘xshadi. Dilingizni xira qilmaslik uchun videosini joylab o‘tirmayman. Afsuski, bunaqa holatlarni keskin kamaytira olmayapmiz, chunki buni chin dildan xohlab, harakat qiladigan mardlar topilmayapti. Yo‘l harakati xavfsizligini yaxshilashga oid jiddiy choralar ko‘rish paytida shu soha tepasidagi masʼullar ham, hukumat vakillari ham ijtimoiy tarmoqdagi “avtoterrorist”larning oh-vohidan xavotir oladi va qo‘rqqanidan ular bilan hisoblashadi. Aslida esa hukumat shahar ichida 170 tezlikda yuradigan “avtoterrorist”lar bilan emas, aksincha qoidabuzarlar tufayli farzandini, ota-onasini va boshqa jigarlarini yo‘qotgan fuqarolar bilan hisoblashishi kerak edi. Ularning dardini eshitishi va boshqa qaytarilmasligi uchun keskin choralar ko‘rishi shart edi. Afsuski, bizda unday emas, ming afsus. O‘zi tinimsiz radarga tushib, keyin videoda “voy-dod, oyligim kam, endi bu jarimani qanday to‘layman”, deb yig‘laydigan ahmoqlar, qancha ko‘p qoida buzganini ijtimoiy tarmoqlar orqali ko‘z-ko‘z qilib, maqtanadigan mashhur kaltafahm sanʼatkor va blogerlar, qonunlarga qanchalik tupurib qo‘yganini ko‘rsatishga urinadigan kattakonlarning betayin arzandalari O‘zbekistonda tarozi pallasini ko‘proq bosib yubormoqda. Ularning toshi og‘ir, bolasini yo‘qotganlarning ko‘z yoshlari esa yengil kelmoqda. Afsus, ming afsus…, deb yozdi huquqshunos.
    Foto: Google Images

    Tahlillarga ko‘ra, O‘zbekistonda YTHlarining 53,7 foizi piyoda va velosipedchilar bilan sodir bo‘lmoqda. Mamlakatdagi maktablarning 9 ming 548 tasi transport serqatnov hududlarda joylashgan va aksariyati oldida piyodalar uchun yo‘laklar yo‘q, svetoforlar o‘rnatilmagan.

    2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, respublikadagi jami 209,3 ming kilometr avtomobil yo‘llarining 56,1 ming kilometr qismi (27 foizi) taʼmirtalab holatda.

    Avtomobil yo‘llarida yo‘lovchilar xavfsizligini taʼminlash yuzasidan taʼsirchan nazorat to‘liq va samarali o‘rnatilmagan. Shu sabab 2023-yilda jami 16 milliondan ortiq qoidabuzarlik aniqlangan. Sodir etilgan 9 ming 839 ta YTH oqibatida 9 ming 209 kishi jarohatlangan, 2 ming 282 kishi halok bo‘lgan.

    2023-yilda bolalar bilan bog‘liq 1 ming 794 ta YTH yuz berib, ularda 1 ming 568 nafar bola jarohatlangan, 263 nafari olamdan o‘tgan.

    Foto: Telegram

    Xushnudbek Xudoyberdiyev yozgan yana bir postida o‘tgan yili haydovchilar uchun jarima ballari tizimini joriy etishga oid qonun loyihasi eslangan. Huquqshunosning qayd etishicha, aslida bu tizim 2022-yil 1-dekabrda ishga tushishi kerak edi, chunki bu haqda prezident qarorida belgilangandi. Lekin bir yarim yildan buyon qaror talabi bajarilmayapti.

    2023-yil noyabr oyiga kelib, bu haqdagi qonun parlamentda ko‘rib chiqilishni boshladi. Ming afsuski, mana shu yaxshi qonunni ham boshiga yetishdi. Eng avvalo, ayrim mansabdorlar qonunning ichiga umuman mazmunan mos kelmaydigan, Konstitutsiyaga zid bitta moddani qo‘shib yuborishgan. Yaʼni organ xodimini video va fototasvirga olib, internetga joylash mumkin emas, degan qoidani tiqishgan. Vaholanki, bu qoida Konstitutsiyadagi axborot olish va tarqatish hamda so‘z erkinligiga zid. To‘xtab qolgan qonun tufayli suv va havodek kerak bo‘lgan jarima ballari tizimi ham kuchga kirmayapti, deb yozgan mutaxassis.
    Foto: Telegram

    Sobiq deputat Rasul Kusherbayev ham yo‘l harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tizimini tezroq ishga tushirish zarurligi haqida yozgan.

    Ichki ishlar vazirligi va boshqa masʼullar ushbu tizimni ishga tushirish bo‘yicha qonun loyihasiga boshqa masalalarni (tasvirga olib tarqatganlik uchun jazo) aralashtirishmaganida qonun allaqachon qabul qilingan bo‘lardi. Bugun idoraviy, shaxsiy manfaatlar ko‘plab haydovchilikka nomunosib shaxslarning rul boshqaruvida qolishi va insonlarning halok bo‘lishiga olib kelmoqda. Yo‘llarda siz-u bizning farzandlarimiz, yaqinlarimiz yoki o‘zimizni bosib o‘ldirishga tayyor potensial qotillar ko‘p. Ularni haydovchilik huquqidan mahrum qilib, avtomobil boshqaruviga yaqinlashtirmaslik choralari ko‘rilmasa, ertaga hammaning boshiga yetishadi, deb yozgan Rasul Kusherbayev.

    2024-yilning 5 oyida mamlakat bo‘yicha sodir bo‘lgan umumiy yo‘l-transport hodisalarining soni har 100 ming aholiga 7,2 tani tashkil etgan bir paytda ushbu salbiy ko‘rsatkich Toshkent shahrida 12,8 tani, Toshkent viloyatida 12,2 taga, Namangan viloyatida 9,1 taga va Farg‘ona viloyatida 8,4 taga yetgan.

    O‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarining salmog‘i Samarqand, Toshkent (80 tadan), Farg‘ona (69 ta), Qashqadaryo va Surxondaryo (53 tadan) viloyatlarida hamon yuqoriligicha qolmoqda.

    05.07.2024, 20:20   Izoh (2)   10250
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (2)

    Kirish
    1. musulmonovollomurod22@gmail.com / 05.07.2024, 23:37

      oʻrganish kerak

      Javob berish
    2. musulmonovollomurod22@gmail.com / 05.07.2024, 23:37

      yoʻl belgilarini koʻproq quyish kerak.haydovchilik madaniyatini oʻrgatish kerak.radar jarimalardan tushayotgan pullar kinopkali svetaforlar ,yul utgazgichar , tunellar qurish kerak, televideniyeda ham madaniyatni odamlarni hurmat qilgan ruhda koʻrsatuvlar qilish kerak.men hozir Rossiyada man bu yerda haydovchilar bir birini hurmat qiladi.haydovchi piyodani hurmat qiladi.oʻzim guvohim bulgan holat.katta trassada peshoxoddan utaman desam katta fura mashinalar ham toʻxtab yoʻl beradi.

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 2024-yilning besh oyida qancha o‘quvchi YTH oqibatida halok bo‘lgani ochiqlandi

    25.06.2024, 22:25

    Andijonda to‘rtta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

    01.07.2024, 09:04

    Qashqadaryoda BYD, Spark va Nexia ishtirokidagi YTHda haydovchi halok bo‘ldi

    05.07.2024, 12:45

    Navoiyda 2-sinf o‘quvchisi avtomobil bosib ketishidan halok bo‘ldi

    05.07.2024, 11:43

    Samarqandda 7 yashar bola avtomobil urib ketishi oqibatida vafot etdi

    05.07.2024, 18:01

    Navoiyda 8 yoshli qizcha halok bo‘lishiga sababchi bo‘lgan ikki haydovchi qamoqqa olindi

    08.07.2024, 13:05
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.