• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Milanda O‘zbekistonning sanoat va eksport salohiyati ko‘rgazmasi o‘tkaziladi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Lombardiya viloyati gubernatori Attilio Fontana boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zaro manfaatli hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikni rivojlantirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi. Yaqinda Samarqand shahrida bosh vazir Jorja Meloni bilan o‘tgan muzokaralarning natijalari, ular davomida hududlararo aloqalarni qo‘llab-quvvatlashga kelishib olingani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

    Bugungi kunda O‘zbekistonda Lombardiya kompaniyalari bilan hamkorlikda pomidor, zaʼfaron yetishtirish, noto‘qima mato va trikotaj, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Tayyor tekstil, avtoelektronika, qurilish materiallari ishlab chiqarish, sut va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, jamoat transportini rivojlantirish va boshqa loyihalar ishlab chiqilmoqda.

    Qo‘shma loyihalar portfelini kengaytirish, Italiyaning ilg‘or texnologiyalari va investitsiyalarini O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlariga yanada keng jalb qilish muhimligi qayd etildi.

    Milanda O‘zbekistonning sanoat va eksport salohiyati ko‘rgazmasini o‘tkazish, savdo uyi ochish hamda Uzbek Organic brendi ostida eksport liniyasini ishga tushirishga kelishib olindi. Madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish maqsadida 2026-yilda Milanda O‘zbekiston muzeylarining ko‘rgazmasini tashkil etish masalasi o‘rganilmoqda.

    Gubernator, o‘z navbatida, Lombardiya ishbilarmon doiralarining loyiha va tashabbuslari har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani uchun O‘zbekiston prezidentiga samimiy minnatdorlik bildirdi. O‘zbekiston hududlari bilan keng ko‘lamli sheriklikni yo‘lga qo‘yishga har tomonlama ko‘maklashishga tayyorligini tasdiqladi.

    Uchrashuv yakunida davlat rahbari Attilio Fontanaga 2026-yilda Milan shahrida bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda muvaffaqiyatlar tiladi.

    Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, BAA energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Amea Power, Etihad Water & Electricity, TAQA Water Solutions, AD Ports va Masdar kompaniyalari rahbarlari ham ishtirok etdi.

    2026-yilda Milanda O‘zbekiston muzeylarining ko‘rgazmasini tashkil etish masalasi o‘rganilmoqda.
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekiston prezidentining joriy yil yanvar oyidagi BAAga tashrifi yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston—BAA strategik sheriklik munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi, qo‘shma korxonalar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar soni oshmoqda.

    Amirliklarning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi loyihalar portfeli 20 mlrd dollardan ortdi. To‘rtinchi Toshkent investitsiya forumi doirasida BAA kompaniyalari bilan qator yangi kelishuvlar imzolandi.

    Energetika, transport, logistika, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, taʼlim, shaharsozlik, suv taʼminoti va boshqa yo‘nalishlardagi yirik loyihalarni jadallashtirishga kelishib olindi.

    O‘zbekiston prezidenti, shu bilan birga, O‘zbekiston—Saudiya Ishbilarmonlar kengashi hamraisi, ACWA Power kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan boshchiligidagi yirik kompaniyalar delegatsiyasini qabul qildi. Uchrashuvda Vision Invest va Riyadh Cables kompaniyalari rahbarlari ham ishtirok etdi.

    2026-yilda Milanda O‘zbekiston muzeylarining ko‘rgazmasini tashkil etish masalasi o‘rganilmoqda.
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ushbu mamlakat ishbilarmonlari bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va yurtimizdagi ustuvor loyihalarni jadallashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. Saudiyaning ACWA Power va boshqa kompaniyalari bilan sermahsul sheriklik yo‘lga qo‘yilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

    Bugungi kunda qo‘shma loyihalar portfeli 24 mlrd dollarga yetgan. “Yashil” energetika sohasidagi loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Toshkent viloyatida “yashil” vodorod ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

    Elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, axborot texnologiyalari, transport, kommunal xo‘jaligi va boshqa yo‘nalishlardagi loyihalarni ilgari surish muhimligi taʼkidlandi.

    11 iyun, 16:35   Izoh (0)   1103
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Prezident#Shavkat Mirziyoyev

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev BRIKS Yangi taraqqiyot banki prezidentini qabul qildi. Nimalar muhokama qilindi?

    9 iyun, 18:02

    Shavkat Mirziyoyev AQSHning yetakchi kompaniyalari delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    9 iyun, 21:22

    Bolgariya prezidenti O‘zbekistonda rasmiy kutib olindi (foto)

    10 iyun, 11:44

    O‘zbekistonda endi shaxsning o‘z aybini tan olgani uni jazoga tortish uchun yetarli bo‘lmaydi

    10 iyun, 12:28

    Bolgariyada O‘zbekiston Migratsiya agentligi vakolatxonasi ochiladi 

    10 iyun, 13:10

    O‘zbekiston—Bolgariya hamkorligini kengaytirish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya imzolandi

    10 iyun, 14:22

    O‘zbekiston va Bolgariya prezidentlari Ko‘ksaroyda daraxt ekdi

    10 iyun, 15:18

    “Ukraina bilan bog‘liq vaziyatni faqat diplomatik yo‘llar bilan hal etish zarur, deb hisoblaymiz” — Shavkat Mirziyoyev

    10 iyun, 17:57

    Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoda “Investitsiya va savdo uchun yaxlit hudud konsepsiyasi”ni ilgari surishni taklif qildi

    10 iyun, 18:03

    Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon bosh vaziri Ali Asadovni qabul qildi

    10 iyun, 19:11

    Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Rossiya hukumati vakillarini qabul qildi

    10 iyun, 20:23

    Kaliforniya gubernatori Tramp, Pentagon va Xegsetni sudga berdi

    10 iyun, 21:20

    “Daryo” dayjesti: 10-iyunning eng muhim xabarlari

    10 iyun, 23:05

    O‘zbekiston prezidenti tashrif buyurgan O‘zbekiston-Qatar bahsidan fotogalereya

    11 iyun, 00:33

    Prezidentlar ko‘z o‘ngidagi g‘alaba: Mirziyoyevga futbolda kimlar hamrohlik qildi?

    11 iyun, 10:46

    Toshkentda SpaceX, Meta, Boeing kabi kompaniya vakillari ishtirokida xorijiy investorlar kengashi yalpi majlisi o‘tkazildi

    11 iyun, 15:08

    Shavkat Mirziyoyev YTTB prezidenti bilan sheriklik masalalarini muhokama qildi

    11 iyun, 12:47
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Mask bilan nizo tufayli uning biznesini barbod qilmasligini bildirdi

    Dunyo | 24 iyul, 23:44

    Qator xorijiy yetakchilar va hamkorlar Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 24 iyul, 22:57

    O‘zbekistonda qaysi qonunlar eng ko‘p o‘qilayotgani maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 24 iyul, 22:36

    Germaniyada 332 ta inshootdan iborat qadimiy shahar topildi

    Dunyo | 24 iyul, 22:10

    Oleksandr Usikning navbatdagi jangi rasman tasdiqlandi

    Sport | 24 iyul, 22:00

    AQSH Vengriyaga 350 yil avval o‘g‘irlangan qo‘lyozmani qaytarib berdi

    Dunyo | 24 iyul, 21:55

    Tabrizda 75 kunlik suv zaxirasi qolgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 24 iyul, 21:40

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    O‘zbekiston | 24 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.