Toshkentda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Bolgariya prezidenti Rumen Radev Ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiyani imzoladi.

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, yetakchilar huzurida ikki tomonlama hujjatlar, jumladan, Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2026—2027-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi hamda Toshkent va Sofiya shaharlari o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi bitim almashildi.


Bolgariya prezidenti Rumen Radev Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan 9-iyun kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgandi. 10-iyunda uni rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazildi. Marosimdan so‘ng Shavkat Mirziyoyev va Rumen Radevning rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Bolgariya prezidenti Rumen Radev IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham ishtirok etadi.
Izoh (0)