• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Farg‘ona

    Xayrullo Bozorovning bog‘chalarga tayyor ovqat yetkazish huquqini tendersiz tadbirkorga beruvchi qarori izohlandi

    Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov viloyatning Quvasoy shahridagi barcha bog‘chalarga tayyor ovqat yetkazib berish huquqini hech qanday tanlov yoki tendersiz tadbirkorga tuhfa qilgani, hokimning bu haqdagi qarori jamoatchilikdan yashirilgani xabar berilgandi.

    Viloyat hokimligi tomonidan “Daryo” muxbiriga berilgan izohga ko‘ra, Farg‘ona vodiysida keytering xizmatini ko‘rsatuvchi boshqa korxona yo‘qligi tufayli ham mazkur qo‘shma korxona 5 oylik muddatga sinov-tajriba uchun tanlab olingan.

    Viloyat hokimligi mas’ullarining ma’lum qilishicha, qaror davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish ishlarini yanada takomillashtirish, belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda ish olib borish orqali bolalarning sog‘lom o‘sishini ta’minlash, sog‘lom ovqatlantirishning zamonaviy usullarini joriy etgan holda ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish maqsadida qabul qilingan. 

    Turkiyalik hamkorlar bilan tashkil etilgan Garden catering qo‘shma korxonasida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan sog‘lom ovqatlanish talablari asosida bolalar uchun belgilangan ratsionda 100 turdan ziyod taomlar, salatlar hamda desertlar tayyorlanishi, korxonaga 12 nafar turkiyalik yuqori malakali shef-oshpazlar hamda ikki nafar sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha injener-texnologlar jalb etilgani sinov tajribasi uchun ushbu korxonani tanlab olishda asos bo‘lgan. 

    Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati Dilorom Mehmonovaning ma’lum qilishicha, deputatlar viloyatdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom va sifatli ovqatlantirish tartibi va holati yuzasidan o‘rganishlar olib borgan. 

    Davlat moliyaviy nazorat organlari bilan hamkorlikda olib borilayotgan doimiy o‘rganishlar davomida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlari ishlatilishi, ularning talon-toroj qilinishi, ovqat tayyorlash texnologik jarayonlariga rioya etmaslik, sanitariya qoidalariga amal qilmaslik holatlari ko‘p uchramoqda. 

    Bu borada huquq-tartibot idoralari tomonidan doimiy choralar ko‘rib borilishiga qaramay, bu kabi holatlar kuzatilishi davom etmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, Xalq deputatlari viloyat kengashi deputatlari ham o‘z taklif va xulosalarini viloyat hokimligiga hamda Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga kiritgan. Mazkur omillar ham viloyatda bolalarni sog‘lom va sifatli ovqatlantirishning keytering usulini tajriba sifatida tatbiq etilishiga sabab bo‘lgan. 

    Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan 25-iyul kuni imzolangan “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga ko‘ra, Garden Catering qo‘shma korxonasi 1-avgustdan e’tiboran Quvasoy shahrida joylashgan, ovqatlantirishning autsorsing usuli yo‘lga qo‘yilmagan davlat bog‘chalariga keytering xizmatini ko‘rsata boshlaydi.

    Qarorda bu amaliyot tajriba-sinov natijalaridan kelib chiqib, yil yakuniga qadar Farg‘ona shahridagi davlat bog‘chalariga ham joriy etilishi belgilangan.

    Qayd etilishicha, 5 oy muddatlik tajriba-sinov natijasiga ko‘ra mazkur tizimni boshqa hududlarda tashkil etish bo‘yicha asoslangan takliflar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga hamda Bosh davlat sanitariya vrachiga kiritilishi belgilangan.

    Farg‘ona viloyati hokimining bu qarori “Ushbu hujjat mazmunida shaxsga doir ma’lumotlar, vasiylik va homiylik yoki amaldagi qonunchilikka muvofiq boshqa turdagi foydalanishi cheklangan axborot mavjudligi tufayli” ommadan yashirib qo‘yilgandi. Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Dilmurod Jumaboyevning izoh berishicha, bu jarayon texnik xatolik tufayli yuz bergan va ayni paytda mazkur qaror Adliya vazirligining yagona elektron tizimida jamoatchilik uchun ochiq holatda turibdi.

    Garden Catering mas’ullarining qo‘shimcha qilishicha, qo‘shma korxona faqat ijtimoiy muassasalar, xususan, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga xizmat ko‘rsatish uchungina tashkil etilmagan. Bu yerda tayyorlangan taomlarni xodimlarini sog‘lom va sifatli ovqatlantirishni istagan tadbirkorlar va ishlab chiqarish korxonalariga ham yetkazib berish ko‘zda tutilgan.

    29.07.2024, 11:22   Izoh (0)   29144
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Ular topshiriqlarimni muhokama qilmasdi” — Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov va marhum O‘ktam Barnoyev faoliyati haqida

    19.02.2021, 13:16

    Foto: Xayrulla Bozorov onkologik kasalliklardan davolanayotgan bolalarga Prezident sovg‘alarini topshirdi

    15.05.2021, 20:15

    Farg‘ona hokimi 106 yoshli Xolmurod otaga “Shuhrat” medalini topshirdi

    31.08.2022, 20:48

    “Yangi O‘zbekistonimizda oltin harflar bilan tarixda qoldingiz” — Shavkat Mirziyoyev Diyora Keldiyorovani tabrikladi (video)

    29.07.2024, 10:48

    O‘zbekistonda mikromoliya tashkilotlarining islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar ko‘rsatish tartibi tasdiqlandi 

    29.07.2024, 10:12

    “O‘zbekgidroenergo” to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya jalb qilish uchun Xitoy banki va AQSH agentligi bilan muzokara olib bormoqda 

    29.07.2024, 10:02
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Putinni Gitlerga o‘xshatib mem qilganlar jazolanadi

    Dunyo | 30 may, 23:55

    Zarafshon daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olgan shaxsga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 23:40

    “O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan urushga kirishishi mumkin edi” – Abdulaziz Komilov

    O‘zbekiston | 30 may, 23:30

    AQSH Oliy sudi Trampga 500 ming muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborishga ruxsat berdi

    Dunyo | 30 may, 23:25

    Nepalda o‘n minglab namoyishchilar monarxiyani tiklashni talab qilmoqda

    Dunyo | 30 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 may, 22:55

    Toshkent viloyatida svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmagan haydovchining mashinasidan giyohvand modda topildi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:40

    Surxondaryodagi 5 ta “dom”da 1,5 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:30

    Fransiya prezidenti Isroilga qarshi siyosat yuritishda ayblandi

    Dunyo | 30 may, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.