• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda “eskrou” tizimi sabab yangi uy-joylar narxi keskin oshishi rad etildi

    Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi 1-iyuldan O‘zbekistonda joriy etiladigan “eskrou” tizimi yangi uy-joylar narxini keskin oshirishi haqidagi xabarlarni rad etdi. 26-iyunda o‘tkazilgan brifingda vazirlik axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov yangi uy-joylar xarid qilishda sotib oluvchilarning pullari kafolatli himoyalanishi ta’minlanadigan tizim ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdi.

    Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov

    Eskrou tizimi — bu quruvchi va xaridor o‘rtasidagi oldi-sotdining yangicha shakli. Endilikda, hali bitmagan uydan kvartira sotib olmoqchi bo‘lgan fuqaro, o‘sha uyga o‘z mablag‘larini tikish orqali ulushdorga aylanadi. Buning uchun quruvchi, ya’ni developerning o‘ziga emas, bankka to‘lov qiladi. Ulushdorning to‘lagan pullari alohida “eskrou” hisobvarag‘ida yig‘ilib boriladi. Uy bitmaguncha quruvchi kompaniya bu pullardan foydalana olmaydi. Turar joyni esa o‘z mablag‘lari yoki bank krediti asosida qurib bitkazadi.

    Ulushli shartnoma orqali developer ko‘rsatilgan uyni qurib, o‘z vaqtida topshirish majburiyatini oladi. Bank esa ulushdorning pul mablag‘lari “eskrou” hisobvarag‘ida yig‘ilishi, xavfsiz saqlanishi, shuningdek, uy-joy qurilishini loyihaviy moliyalashtirishni amalga oshiradi va bu bilan uy-joyni o‘z vaqtida sifatli qurib, egasiga yetkazib berishni kafolatlaydi.

    Bu tizim qanday ishlaydi?

    Eskrou tizimi doirasida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida uy-joylar qurilishi bo‘yicha yagona shaffof elektron platforma yaratildi va ushbu tizim  2025-yil 1-iyuldan ishga tushiriladi. Developerlar uy-joyni shu platformada ro‘yxatga qo‘ymasdan, aholi mablag‘larini ulush kiritish asosida jalb qila olmaydi.

    “Mazkur tizim maksimal darajada inson omilidan cheklanib, barchasi  integratsiya asosida ishlab chiqilyapti. Developer obyektni platformaga kiritgach, bank tomonidan uyni o‘z vaqtida qura olish imkoniyatlari o‘rganiladi. Qurilish jarayonida  ishning bajarilish grafigi nazorat qilib boriladi. Loyihaviy moliyalashtirishdan ko‘zlangan maqsad ham shu”, deydi Saidnosir Usmonov.

    Elektron platformada quruvchi kompaniya va obyekt haqidagi barcha ma’lumotlar, xususan, obyektning loyiha bo‘yicha joylashgan aniq manzili, qavatlari, kirish yo‘laklari, qolaversa, kompaniyaning loyihaviy hujjatlari, ijobiy ekspertiza xulosasi, qurilish boshlanadigan sana va foydalanishga topshirish muddati kabi ma’lumotlar jamlab boriladi. Bu axborotlarni xaridorlar ham platformada kuzatib borishlari mumkin. Ya’ni quruvchi ruxsatnomasining mavjudligi, reytingi va oldingi loyihalari haqida bilib olishlari mumkin bo‘ladi. Qurilish jarayonlarining platforma orqali shaffof kuzatib borilishi o‘z navbatida, uy-joy qurilishi bozoridagi investitsiyalar xavfsizligi va ishonchli developerlar bozorining shakllanishiga xizmat qiladi.

    “Eskrou” tizimi joriy etilgach yangi uy-joylar narxi keskin oshib ketmaydi

    “Eskrou” hisobvarag‘ida jamlangan mablag‘lar ko‘payishi natijasida developer tashkilotlariga loyihaviy moliyalashtirish doirasida amaldagi stavkalarga nisbatan ancha pastroq stavkada mablag‘lar ajratiladi. Bu esa “eskrou” tizimi joriy etilgach yangi uy-joylarning narxi keskin oshib ketadi degan ma’lumotlarni inkor etadi.

    “Qurilish bitib, xaridor xonadonni qabul qilgach, uning bank hisobvarag‘idagi pullari developer tashkilotga yo‘naltiriladi. Quruvchi o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, bu pul fuqaroga to‘liq miqdorda qaytarib beriladi. Ya’ni uy bitmay qolsa, xaridor kuyib qolmaydi, bankka qo‘ygan pullarini muammosiz qaytarib oladi”, dedi Saidnosir Usmonov.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Uning bildirishicha, fuqarolarning uy-joy uchun to‘lagan pullari har tomonlama himoyalanadi. Xususan, yuqoridagi farmon bilan “eskrou” hisobvarag‘iga yo‘naltirilgan pul mablag‘larini to‘xtatib qo‘yish yoki hisobdan chiqarish hamda majburiy ijroga qaratish ta’qiqlanadi.

    Xaridor shartnomani belgilangan tartibda rasmiylashtirib, kadastr organlarida ro‘yxatga olinganidan so‘ng, fuqaro mazkur ulushni hali uy bitmay turib, mulk sifatida hadya qilishi, sotishi yoki boshqa bir shaxsga vasiyat qilib qoldirishi mumkin.

    Shunday qilib, 2025-yilning 1-iyulidan boshlab, ulush kiritish asosidagi qurilishlarda quruvchi va xaridor o‘rtasidagi oldi-berdining shakli va mazmuni o‘zgaradi. Mazkur tartib yil oxirigacha ixtiyoriy bo‘ladi, 2026-yil 1-yanvardan esa qurilishda mablag‘larini jalb qilish faqat “eskrou” hisobvarag‘i orqali amalga oshiriladi. Shu tarzda, yangi qurilayotgan uylarni belgilangan muddatlarda egalariga topshirish va aholi to‘lagan pullarining muzlab qolmasligi to‘liq yangi tizim nazoratiga o‘tadi.

    26 iyun, 17:08   Izoh (0)   1537
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #uy-joy#“eskrou”#yangi uylar

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda uy-joy sotib olish bo‘yicha kafolatli eskrou tizimi joriy qilinadi

    23.09.2024, 19:01

    “Daryo” dayjesti: 23-sentyabrning eng muhim xabarlari 

    23.09.2024, 22:40

    O‘zbekistonda uy-joy sotib olish bo‘yicha eskrou tizimining huquqiy asosi yaratiladi

    12.12.2024, 19:50

    Samarqanddagi bog‘cha va gaz zapravkada sodir bo‘lgan yong‘in, o‘zgarishsiz qolgan asosiy stavka, bepul bo‘ladigan darsliklar ijarasi: 12-dekabrning eng muhim xaba...

    12.12.2024, 22:28

    Endilikda O‘zbekistonda qurilishlarga ulush kiritish faqat notarial tasdiqlangan shartnoma asosida amalga oshiriladi

    1 fevral, 11:25

    O‘zbekistonda 2024-yilda ajratilgan ipoteka kreditlari miqdori ochiqlandi 

    12 fevral, 17:29

    “Aqlli” ko‘zoynak, restoran, krossovka: jahonga mashhur yulduzlar oddiy odamlarga qanday yordam beradi? 

    19 iyun, 10:59

    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?

    19 iyun, 12:00

    Latviya Rossiya va Belarus fuqarolariga ko‘chmas mulk sotib olishni taqiqladi

    20 iyun, 13:32

    Hisorak suv omboridan Qarshigacha ichimlik suvi tarmog‘i tortiladi

    20 iyun, 15:31

    Qashqadaryoda tuproq qoplamali yo‘llarni to‘liq shag‘al qoplamaga o‘tkazish boshlanadi

    20 iyun, 16:01

    Ronaldudan penaltini tortib olgan, Kasilyas bilan mojaroda Mourinyoni qo‘llab-quvvatlagan va maydondagi “o‘ynovchi murabbiy” bo‘lgan Xabi Alonso haqida

    20 iyun, 22:03

    Isroil Falastin uylarini harbiy bazalarga aylantirmoqda

    20 iyun, 21:05

    “Sizda qurol bormi, bizda ham bor” — AQSHda qora tanlilar huquqlari uchun kurashgan “Qora panteralar”

    21 iyun, 15:05

    Toshkent viloyatida kadastr xodimi 1200 dollar pora bilan qo‘lga tushdi

    23 iyun, 10:29

    Andijonda 2,5 gektar yerni turar joy toifasiga o‘zgartirib berish uchun 44 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

    25 iyun, 19:01

    Isroilga moyillik ko‘rsatishni istamagan nomzod Nyu York meri bo‘lishi mumkin 

    25 iyun, 19:40

    Oddiy va kamtar: boyligini ko‘z-ko‘z qilmaydigan turk aktyor va aktrisalari

    25 iyun, 22:03
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyo bo‘ylab 316 mln kishi giyohvand moddalar iste’mol qiladi — BMT

    Dunyo | 27 iyun, 08:31

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Manchester Siti” “Yuventus” darvozasiga 5 ta gol urdi (video)

    Sport | 27 iyun, 07:49

    Toshkentda 13 yoshli bola 3 yashar ukasini sho‘xligi uchun OLX’da sotuvga qo‘ydi (foto)

    O‘zbekiston | 26 iyun, 23:45

    Toshkentda uyida 1,5 mlrd so‘mlik sintetik giyohvand vositalarni saqlayotgan fuqaro ushlandi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 26-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 26 iyun, 23:01

    Fitch xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston kredit reytingini “BB-” dan “BB” darajasiga oshirdi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 22:45

    Markaziy Afrikada transformator portlashi oqibatida 29 nafar o‘quvchi halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyun, 22:30

    Shavkat Mirziyoyev Belarusga yetib bordi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 22:22

    Sirdaryoda noqonuniy baliq ovlanishi oqibatida qariyb yarim mlrd so‘m zarar yetkazildi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.