Rossiyada xorijiy platformalarga qaramlikni kamaytirish va raqamli suverenitetni mustahkamlash uchun milliy xabar almashish ilovasi yaratiladi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

“Ilova Telegram va WhatsApp kabi xavfsiz bo‘lmagan xorijiy messenjerlardan zamonaviy va funksionalroq. U xorijiy platformalarni taqiqlashga emas, balki xabar almashish sohasida haqiqiy raqobatni yaratishga asoslangan. WhatsApp va Telegram ishlashda davom etishi mumkin — agar ular qonunlarimizga to‘liq mos kelsa! Ammo endi ular raqobat yo‘qligidan foyda ko‘rmaydilar” dedi Rossiya Davlat dumasining axborot siyosati bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Sergey Boyarskiy.
U Rossiyaning kengroq raqamli transformatsiyasiga ishora qilib, mahalliy ilovalar, elektron hukumat xizmatlari, onlayn banking va mahalliy ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanayotganini ham ta’kidlagan. Loyiha davr talablariga moslashish bo‘lib, Rossiyaning raqamli infratuzilmasini rivojlantirishi kutilmoqda.
Rossiyada Ukraina urushi boshlanganidan keyin bir nechta xorijiy ijtimoiy tarmoqlar bloklangan. Eng mashhurlari — Facebook, Instagram, Twitter va TikTok. Meta kompaniyasiga tegishli Facebook va Instagram 2022-yil mart oyida “ekstremistik” deb e’lon qilinib, taqiqlangan. Twitter va TikTok ham Rossiyada cheklovlarga duch kelgan. YouTube dastlab bloklanmagan, ammo keyinchalik ayrim kontent va kanallar cheklangan. Bu choralar Rossiya hukumatining axborot nazoratini kuchaytirish maqsadida qabul qilingan.
Izoh (0)