WhatsApp messenjeri o‘zining iOS dasturlariga Touch ID va Face ID funksiyalarini qo‘shdi. Bu haqda Wabetainfo’ga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Xabar berilishicha, messenjer keng miqyosli yangilashni tayyorlamoqda, bu yangilash messenjerni xavfsizroq qiladi. Yangi funksiya faollashtirilganidan keyin WhatsApp dastur har safar ishga tushirilganda foydalanuvchining shaxsini tasdiqlashni talab qiladi.
Shu tariqa, messenjerga kirish uchun smartfon egasi “Uyga” tugmasiga barmog‘ini qo‘yishi yoki dasturni old kamera orqali yuzni tanuvchi Face ID funksiyasi yordamida blokdan ochishi kerak bo‘ladi.
Qo‘shimcha autentifikatsiyani dasturning sozlamalarida faollashtirish mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)