• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Har hokim almashganda shu holat takrorlanadi” — Bektemirda hokimiyat yangi qurilayotgan xonadonlarni ogohlantirmasdan buzayotgani aytilmoqda (video)

    “Daryo” saytiga Bektemir tumani “Zabardasht” mahallasi Bog‘i Eram ko‘chasida yashovchi bir guruh aholi murojaat qilib, hokimiyat vakillari tomonidan uy-joylari ogohlantirishsiz buzilayotgani haqida ma’lum qildi. Ushbu murojaat asosida surishtiruv o‘tkazdik.

    Maʼlum bo‘lishicha, prezidentning 2013-yil 6-avgustdagi 2020-sonli qarori va Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-yanvardagi 4-sonli bayoni ijrosi asosida O‘rta Chirchiq tumanidagi “Qumovul” va “Oq ota” QFY hududidan o‘tuvchi Toshkent—Bekobod avtomobil yo‘lining kengayishi va yo‘l yoqasida zamonaviy ikki va uch qavatli binolar qurilishi munosabati bilan qator turar joylar “snos”ga tushgan. Uy-joylari buzilgan fuqarolarga 2016-yilda O‘rta Chirchiq tumanining o‘sha paytdagi hokimi B.Ibragimov, 2019-yilda boshqa bir hokim O.Nurmatovning qarori asosida yer uchastkalari ajratilgan.
    Foto: “Daryo”

    “2018—2019-yillarda yo‘l yoqasidagi uylar buzilganda menga tegishli noturar bino evaziga menga ham 4 sotix yer ajratilgan edi. Uni ham yugurib-yelib olganmiz. O‘sha paytda hokimlik vakillari kelib, o‘zlari qoziq qoqib, ajratib berishgan. Endi har hokim almashganda, yangi hokim kelib, uyingni buzaman, deb qo‘rqitadi. Biz o‘shanda kadastr qilmoqchi bo‘lganimizda, to‘xtanglar, Toshkent viloyatidan shaharga, Bektemirga o‘tyapsizlar, shundan keyin hujjat qilasizlar, deyishgan edi. Shu bilan arosatda qolib ketdik.

    Foto: “Daryo”

    Yillar davomida kredit olib, uy qurdik, lekin yana hokim o‘zgarishi ortidan ogohlantirmasdan uylarni buzishga tushdi. Ayrim buzilgan uylarning ichida odamlar yashayotgan bo‘lgan”, deydi murojaatchilardan biri Nodira Soliyeva.

    Foto: “Daryo”

    Bu yerda shu paytgacha 148 ta xonadon qurilgan va ularning 50 foizidan ortig‘i ko‘chib kelgan. Uy qurganlar orasida hokimiyat yer ajratganlardan tashqari, yerni boshqalardan sotib olganlar ham bor. Aholi vakillarining taʼkidlashicha, hokimiyat qo‘lida binolarni buzishga oid sud qarori yoki boshqa biror-bir hujjat yo‘q. Shunchaki maxsus texnika olib kelinib, odamlar ogohlantirilmasdan, buzish boshlangan. Buzishga qarshilik qilganlar esa ichki ishlar xodimlari tomonidan avtobuslarga solib, olib ketilgan.

    Foto: “Daryo”

    Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Bektemir hokimiyatiga keldik. Har qancha harakat qilmaylik, bizni hokim bilan uchrashishimizga yo‘l qo‘yishmadi. Hokimiyat qurilish bo‘limi boshlig‘i Sherzod Altmishov va tuman kadastr agentligi mutaxassislari Sardor Inog‘omov va Islom Jalilovlar vaziyatga munosabat bildirishdi.

    Foto: “Daryo” / Sherzod Altmishov

    “Zabardasht” mahallasi 2019-yilda Bektemir tumani hududiga o‘tgan. Ungacha O‘rta Chirchiq tumani hududida bo‘lgan. Hozirgi kunda mahalladagi 13 gektar yer maydonida 148 ta noqonuniy uy-joylar qurilyapti.

    Biz fuqarolarni ogohlantirish maqsadida mahallaga bordik. Odamlarga hokimiyat va kadastr agentligi tomonidan ogohlantirish berilgan, lekin biz u yerga borganimizda fuqarolar yo‘q edi. Odamlar yashamasa, ogohlantirish xatini devorga yopishtirib ketmayman-ku? Ustalar ishlayapti, lekin uy egalarini topib bo‘lmaydi. Odamlarning qo‘lida hech qanday hujjat yo‘q”, deydi tuman qurilish bo‘limi boshlig‘i Sherzod Altmishov.

    Foto: “Daryo”

    Hokimiyat vakillari fuqarolar qurgan binolarni buzishga asos bo‘ladigan biror hujjat taqdim eta olmadi. Aytilishicha, fuqarolarga ogohlantirish Vazirlar Mahkamasining 467-sonli qarori asosida berilgan.

    Tuman kadastr agentligi mutaxassislari Sardor Inog‘omov va Islom Jalilov holatni izohlar ekan, bu hudud O‘rta Chirchiqdan Bektemir tumani tasarrufiga “qishloq xo‘jaligi yeri” sifatida o‘tganini taʼkidladi. Shu bois fuqarolarga kadastr hujjati rasmiylashtirib berilmaydi.

    Foto: “Daryo”

    “Hokim qarori asosida yer ajratilganda, o‘lchab, bo‘yi, eni, kengligi qancha, bichib olinadi va qoziq aktlari tuziladi. Har bir hokim qarori bilan birga qoziq aktlari ham beriladi. Biz ana shu ikki hujjat asosida kadastr rasmiylashtirib berishimiz kerak. Ammo hech qaysi fuqaroda qoziq akti yo‘q. Yaʼni, mayli, bu yer qishloq xo‘jaliginiki emas, deb hisoblaylik. Lekin biz qaysi fuqaroga aynan qayerdan yer ajratilganini qayerdan bilamiz?

    Bu odamlar nima qilishi kerak edi? Hokim qarori chiqqan, qoziq aktini olib, kadastr organlariga murojaat qilishi kerak edi. O‘shanda ularga yer plani tayyorlanib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilardi. Ana shundan keyin uy qurishni boshlaganida, hech qanday muammo kelib chiqmagan bo‘lardi”, deydi Islom Jalilov.

    Foto: “Daryo”

    “2019-yil 6-dekabrda qabul qilingan 3933-sonli hokim qarori prokuror protesti sababli bekor qilingan. Chunki qarorda umumiy yer maydoni ko‘rsatilgan, lekin fuqarolar ro‘yxati yo‘q. Shu bois sug‘oriladigan yer maydonlarida uy-joy qurilgani holati bo‘yicha maʼlumotlar tuman, shahar va respublika prokuraturasiga kiritilgan. Yillar davomida fuqarolar ogohlantirilganiga qaramay, noqonuniy qurilmalar soni ortib bormoqda va ularning soni 148 taga yetdi”, dedi Sardor Inog‘omov.

    Foto: “Daryo”

    To‘g‘ri, qonun hamma uchun barobar va uni bilmaslik fuqaroni jazodan ozod qilmaydi. Ammo fuqaro murojaatida aytilganidek, aholini ogohlantirmay uyini buzish insoniylikka ham to‘g‘ri kelmaydi. Xo‘sh, bunga hokimlik vakili qanday munosabat bildiradi?

    “Buzilgan uylarning hech birida aholi yashamaydi. Faqatgina ustalar ishlayotgan ekan. Buzishdan avval ularni tashqariga chiqardik. Fuqarolarni ogohlantirish uchun hududga chiqqanimizda hech kim yo‘q edi. Devoriga yopishtirib ketmaymiz-ku”, deydi tuman qurilish bo‘limi boshlig‘i Sherzod Altmishov.

    Foto: “Daryo”

    Ko‘rib turganingizdek, vaziyat chigal va murakkab. Aholi ham, hokimiyat ham o‘zini haq deb biladi. Katta ehtimolki, yer maydonining bir tumandan boshqa bir tumanga o‘tishi jarayonida yo‘l qo‘yilgan texnik xatolar ana shunday tushunmovchilik va mojarolarga sabab bo‘lyapti. O‘ylaymizki, ushbu masala hukumat va tegishli organlar tomonidan qayta o‘rganiladi va adolatli yechim topiladi. Mavzuga yana qaytamiz.

    24.07.2024, 21:54   Izoh (0)   13040
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yoshlik suratlariga termilib turgan prezident, tuz donasidanam kichkina sumka, “zamhokim”ning bir kunlik safar xarajati: ijtimoiy tarmoqlarda nima gap? 

    24.07.2024, 21:00

    Toshkentda hokim yordamchisi o‘z onasini kaltaklagani aytilmoqda

    24.07.2024, 18:51

    O‘zbekistonda iyun oyida qancha ta’lim krediti ajratilgani ochiqlandi 

    24.07.2024, 18:40

    Ogohlantirish: O‘zbekistonda ob-havoning keskin isishi kutilmoqda 

    24.07.2024, 18:25

    Sarson talabalar, go‘shakni ko‘tarmayotgan BBA — milliy sertifikat yuzasidan tushuntirish berish shunchalar qiyinmi?

    24.07.2024, 17:50

    Shavkat Mirziyoyev 67 yoshda: O‘zbekiston prezidentini kimlar tabrikladi?

    24.07.2024, 17:10
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukraina va Rossiya asirlar ayirboshlashni yakunladi (foto)

    Dunyo | 25 may, 21:16

    Superliga. “Navbahor” o‘z maydonida yirik hisobda g‘alaba qozondi

    Sport | 25 may, 20:49

    Braziliyada kolaga ruju qo‘ygan erkak organizmidan 35 ta tosh chiqdi (video)

    Dunyo | 25 may, 20:37

    Isroil barcha faol piyoda va zirhli brigadalarini G‘azoga kiritdi

    Dunyo | 25 may, 19:15

    Tramp Garvard universitetida o‘qiydigan xorijlik talabalar maʼlumotini so‘radi

    Dunyo | 25 may, 18:40

    Yevropaning ikki top klubi yaponiyalik futbolchi uchun kurashmoqda

    Sport | 25 may, 18:21

    Qozog‘istonda chigirtkalarga qarshi dronlardan foydalaniladi

    Qozog‘iston | 25 may, 18:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.