• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Iqtisodiyot

    “Mobil aloqa haqi ham kamida 35 ming so‘m”. Jamshid Qo‘chqorov elektr energiyasi narxi past darajada oshirilganini aytdi

    Joriy yil 1-maydan O‘zbekistonda gaz va elektr energiyasi narxi qimmatlashdi. Bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov parlamentdagi chiqishida tariflar past darajada oshirilganini aytdi. “Oyiga 300 kVt/soat elektr isteʼmoli uchun narx 20 ming so‘mga oshdi. Mobil aloqa xizmatiga ham kamida 35 ming so‘m to‘lanadi”, deya taʼkidladi hukumat rasmiysi.

    Jamshid Qo‘chqorov
    Jamshid Qo‘chqorov
    Foto: Oliy Majlis

    Joriy yil 3-iyun kuni Toshkent shahrida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Majlisda Jamshid Qo‘chqorov chiqish qilib, davlat byudjeti ijrosi yuzasidan maʼlumot berdi. Hukumat rasmiysi so‘zi yakunida o‘zgargan elektr energiyasi tariflari yuzasidan tushuntirish berdi.

    Bosh vazir o‘rinbosarining aytishicha, O‘zbekistonda 7,6 millionta elektr energiyasi isteʼmolchilari bor. Shundan 70 foizi oyiga 300 kVt/soatgacha tok ishlatadi.

    “Tariflar oshirilishida hech qanday jiddiy masala ko‘rmayapmiz. Agar bir oila oyiga 300 kVt/soat tok isteʼmol qilsa, to‘lov miqdori avvalgidan 20 ming so‘mga oshadi, yaʼni 180 so‘mdan 200 ming so‘mga. Respublikada mobil aloqa xizmati uchun bitta abonent kamida 35 ming so‘m to‘laydi. Bir oilada uchta telefon bor. Energiya tariflari past miqdorda oshirilgan bo‘lishiga qaramay, ijtimoiy yordam masalalari ham ko‘zda tutilyapti”, dedi vazir.

    Jamshid Qo‘chqorov masalani tushuntirar ekan, agar oyiga 500 kVt/soat elektr toki ishlatilsa, to‘lov miqdori avvalgidan oshmasligini aytdi.

    “200 kVt/soatgacha bo‘lgan elektr energiyasi tarifi 450 so‘mdan 600 so‘mga oshirildi. Bunda isteʼmolchi avvalgidan 30 ming so‘m ko‘proq to‘laydi. Ammo 201 kilovattdan 500 kilovattgacha bo‘lgan narx 900 so‘mdan 800 so‘mga pasaytirildi. O‘rtacha oila oyiga 500 kVt/soat elektr isteʼmol qildi deylik. Narx pasaygani hisobiga uning oylik xarajati o‘zgarmaydi. Yaʼni u oldin 500 kilovatt uchun 360 ming so‘m to‘lagan bo‘lsa, hozir ham shuncha to‘laydi”, dedi vazirlik rahbari.

    Jamshid Qo‘chqorov bergan maʼlumotga ko‘ra, mamlakatda oyiga 1000 kilovatt elektrdan foydalanadigan xonadonlar soni kam.

    Avvalroq 2024-yil may-dekabr oylarida elektr energiyasi isteʼmoli 2023-yil mos davriga nisbatan 10,6 foizga kamayib, 1,3 mlrd kVt/soat tejalgani xabar qilingandi.

    3 iyun, 16:09   Izoh (0)   2813
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #elektr energiyasi#Jamshid Qo‘chqorov#tariflar#200 kVt/soat#ijtimoiy norma#abonent

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jamshid Qo‘chqorov “snos”lar bo‘yicha qarzdorliklar to‘liq yopilishiga vaʼda berdi 

    04.06.2024, 17:06

    Jamshid Qo‘chqorov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” faxriy unvoni bilan mukofotlandi

    19.10.2024, 13:20

    “Buning uyatli joyi yo‘q”. Jamshid Qo‘chqorov davlat nega qarz olayotganiga izoh berdi

    3 iyun, 14:50
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 18:13

    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi

    Reklama | 5 iyun, 18:00

    Qurbon hayiti arafasida Mozori Sharif bozorida chorva mollari narxi ikki baravar qimmatlashdi

    Dunyo | 5 iyun, 18:05

    O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yubordi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 17:51

    Uy narxidagi kontent: Kim, Rianna va Bella nega ijtimoiy tarmoqlarga millionlab pul sarflaydi?

    Layfstayl | 5 iyun, 17:45

    Muftiy boshchiligidagi o‘zbekistonlik hojilar futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi haqqiga duo qilishdi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 17:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.