• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    YouTubedagi “Daryo Lifestyle” kanalida o‘zbek xonandalari ichida birinchi marta Italiyaning eng mashhur “La skala” teatri bilan ikki yillik shartnoma imzolagan professional xonanda Aqlbek Piyazov bilan suhbat tashkil qilindi. Xonanda akasi sabab operaga mehri uyg‘ongani, xalqaro tanlovlardagi ishtiroki va mashhur teatr bilan shartnoma imzolash jarayonlari haqida gapirdi.

    — Bir oilaning ikki vakili operaga mehr qo‘yishining sababi nimada?

    — Katta bobom Ziynel Piyazov dramatik aktyor bo‘lsa-da, ovozi nihoyatda jarangdor va salobatli bo‘lgan. U xalq artisti darajasiga erishib, hamisha bosh rollarni ijro etgan. Dadam ham teatrning xor jamoasida faoliyat yuritgan. Keyinchalik do‘mbira bilan milliy qo‘shiqlarni ham ijro etgan. Oilamizda sanʼatkorlar juda ko‘p, ammo akamgacha ularning hech biri opera yo‘nalishida ijod qilmagan.

    Foto: Aqlbek Piyazovning shaxsiy arxividan
    Foto: Aqlbek Piyazovning shaxsiy arxividan

    Avvaliga milliy estrada xonandasi bo‘lishni niyat qilgandim. Ammo ovozimni eshitib ko‘rgan ustozlar aynan akamdek opera yo‘nalishida ijod qilishimni maslahat berishdi. Keyinchalik bunga o‘zim ham qiziqib ketdim. Hozir hayotimni operasiz tasavvur qilolmayman.

    — Opera xonandasi bo‘lishning mashaqqati nimada?

    Foto: Aqlbek Piyazovning shaxsiy arxividan
    Foto: Aqlbek Piyazovning shaxsiy arxividan

    — Boshqa xonandalar kuylash jarayonida improvizatsiya qilishi mumkin. Ammo 150 talik orkestr ham kompozitor yaratgan musiqiy asarni chaladi. Opera xonandasi ham belgilangan meʼyorlardan chiqmagan holda uni ijro etishi kerak. Italyan tilini bilishi, notalarni mukammal o‘rganish va asarni to‘liq yodlagan bo‘lishi kerak. Masalan, birgina Juzeppe Verdining “Rigoletto” operasini oladigan bo‘lsak, unda qancha personaj ishtirok etadigan bo‘lsa, opera xonandasi ularning har birini yaxshi bilishi shart.

    Bundan tashqari, operani ijro etish xonandadan katta kuch va doimiy rejimga eʼtibor berishni talab etadi.

    — Ko‘plab xalqaro tanlovlarda ishtirok etgansiz. Ularda ishtirokchilar qanday rag‘batlantiriladi?

    Foto: Aqlbek Piyazovning shaxsiy arxividan
    Foto: Aqlbek Piyazovning shaxsiy arxividan

    — Opera xonandalari o‘rtasida juda ko‘p tanlovlar o‘tkaziladi. Eng yaxshi tomoni, ularning ko‘pchiligida yosh chegaralanmaydi. G‘oliblarga yaxshigina gonorar berilgani uchun ham hamisha qiziqish yuqori bo‘ladi. Tanlovlarda ishtirok etib olgan eng ko‘p gonorarim 20 ming AQSH dollari bo‘lgan. Eng kami esa 5 ming AQSH dollari. Opera xonandasi yiliga ikkita tanlovda g‘olib bo‘lsa ham yaxshigina daromad topadi. Quvonarlisi, bunday tanlovlar O‘zbekistonda ham tashkil etilyapti.

    — Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatriga ishga kirganingizga ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Bilishimcha, u yerga ham uzoq vaqt stajyor bo‘lib ishlagan ekansiz.

    Foto: Aqlbek Piyazovning shaxsiy arxividan
    Foto: Aqlbek Piyazovning shaxsiy arxividan

    — O‘zbekiston davlat konservatoriyasining bakalavr va magistratura bosqichlarini tamomlagandan keyin ham o‘zimni teatrga ishlashga loyiq deb bilmadim. Shu bois Italiyada o‘qishni davom ettirishga qaror qildim. Chunki xalqaro tanlovlarda ishtirok etganimda ko‘pchilik ustozlar menga Italiyada o‘qishni maslahat berishgandi. Ikki yil davomida tahsil oldim, ammo oson kechgani yo‘q. U paytda italyan tilini yaxshi bilmasdim, buning ustiga oilam va ikki farzandim bor edi. Ammo sabr bilan bilimimni mustahkamlab, o‘qishni bitirdim. O‘zbek opera va balet teatrida kuylashni boshlaganimda kutilmaganda Italiyaning “La skala” teatri bilan ikki yillik shartnoma imzoladim. Akam ham bu teatrda sahnasida kuylagan, ammo shartnoma asosida ishlash baxti nasib etmagandi. “Yoshim katta bo‘lib qolgani uchun ishga olishmagandi”, deb afsuslanardi. Bu baxt menga nasib etganidan xursandman, deydi Aqlbek Piyazov.

    Foto: Aqlbek Piyazovning shaxsiy arxividan
    Foto: Aqlbek Piyazovning shaxsiy arxividan
     

    Opera xonandasi bilan bo‘lgan suhbatni YouTube’dagi “Daryo Lifestyle” kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

    30 iyun, 22:45   Izoh (0)   3234
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Jenisbek Piyazov#opera

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ular sahnada aytayotgani — ko‘cha gaplari”. Iskandar Hamroqulov kulgi jamoalarining konsertlari haqida fikr bildirdi

    Madaniyat | 1 iyul, 13:12

    Amazon yangi Jeyms Bondni izlamoqda. Nomzodlar orasida Tom Holland ham bor

    Kino | 1 iyul, 13:04

    O‘zbekistonda nafaqa va moddiy yordam pullaridan kredit qarzdorligini avtomatik yechib olishga chek qo‘yiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 12:59

    Lautaro Martines: “Kimdir “Inter”da qolishni istamasa — xayr”

    Sport | 1 iyul, 12:40

    O‘zbekistonda ichki aviareyslar uchun elektron hujjatlar bilan ro‘yxatdan o‘tish mumkin bo‘ldi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 12:34

    Haj-2025 mavsumida 8 nafar o‘zbekistonlik Saudiya Arabistonida vafot etdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 12:12

    Mualliflik qo‘shig‘i bitiruvchilar madhiyasiga aylangan xonanda Ravshan Sobirov 50 yoshda

    Madaniyat | 1 iyul, 11:59
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.