• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Kanada mudofaa xarajatlarini keskin oshiradi

    Kanada NATOning rejasidan bir necha yil oldin yalpi ichki mahsulotning 2 foizi miqdoridagi maqsadiga erishish uchun mudofaa xarajatlarini sezilarli darajada oshiradi. Bu haqda bosh vazir Mark Karniga tayanib BBC xabar berdi.

    Foto: BBC
    Foto: BBC

    Karni 9-iyun kuni Toronto universitetida so‘zlagan nutqida bu harakat dushman hukumatlar, terroristik tuzilmalar va kiberjinoyatchilarning “ortib borayotgan” tahdidlarini bartaraf etish uchun zarurligini bildirgan.

    Shuningdek, u o‘z mamlakati mudofaa uchun Qo‘shma Shtatlarga “juda bog‘lanib qolganini” tan olib, Vashington “kollektiv xavfsizlikka qo‘shayotgan hissasini kamaytirayotganini” qo‘shimcha qilgan.

    NATO bosh kotibi Mark Ryutte a’zolarni shu oy oxirida bo‘lib o‘tadigan sammitda yalpi ichki mahsulotning 3,5 foizi miqdoridagi yangi xarajatlar bo‘yicha kelishuvga erishishga undamoqda.

    Mark Karni o‘z nutqida dunyo Ikkinchi jahon urushi tugashidagi kabi “to‘xtash nuqtasida” ekanini aytgan. Unga ko‘ra, mamlakat “tajovuzkor Rossiya, Xitoy hamda Arktika xavfsizligiga tahdidlar” qarshisida choralar ko‘rishi kerak. Shuningdek, u Vashingtonni o‘z bozoriga kirishni qimmatroq qilish orqali “gegemonligini monetizatsiya qilishga” intilishda ayblagan.

    Kanada 2024-yilda yalpi ichki mahsulotining 1,4 foizini mudofaaga sarflagan. 2025-yil boshida bo‘lib o‘tgan saylovoldi nutqida Karni 2030-yilga borib xarajatlarning 2 foizlik ko‘rsatkichiga erishishga va’da bergandi. Jastin Tryudo boshchiligidagi avvalgi hukumat esa buni 2032-yilgacha bajarmoqchi edi. Biroq 9-iyun kuni Karni xarajatlar maqsadiga 2026-yilning mart oyigacha erishilishini ma’lum qilgan.

    Bosh vazirning aytishicha, Kanadaning texnikasi eskirib qolgan va harbiy tayyorgarlikka to‘sqinlik qilmoqda. 4 ta suv osti kemasidan faqat 1 tasi dengizga chiqishga yaroqli. Dengiz floti hamda quruqlikdagi transport vositalarining yarmidan kamrog‘i nisbatan yaxshi holatda ekani ta’kidlangan.

    Yangi strategiya 4 ta ustunga ega bo‘ladi — askarlar va texnikaga ko‘proq sarmoya kiritish, harbiy salohiyatni kengaytirish, ichki mudofaa sanoatini mustahkamlash va Kanadaning mudofaa hamkorligini diversifikatsiya qilish.

    Jurnalistlar bilan suhbatda Karni hukumatning yangi rejasi 2025-yilda naqd pulni 9,3 milliard Kanada dollariga (6,5 milliard dollar) oshirishni o‘z ichiga olishini bildirdi.

    Ularning bir qismi kadrlar va texnikaga darhol sarflanishi aytilgan. Bu yangi suv osti kemalari, samolyotlar, kemalar, zirhli transport vositalari va artilleriya, shuningdek, Arktikadagi faollikni va yangi dronlar hamda sensorlarga sarmoya kiritishni o‘z ichiga olishi bildirilgan.

    NATO a’zolari yillar davomida 2 foizlik maqsadni bajarishga va’da berishgan — hozirda bu minimal ko‘rsatkich sifatida qaraladi. Ammo Kanada uzoq vaqtdan beri ittifoqchilaridan ortda qolmoqda.

    10 iyun, 14:54   Izoh (0)   507
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Kanada#NATO#YIM#mudofaa#xarajat

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda pul evaziga Kanadaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

    03.05.2024, 20:40

    Oq uy Kanada va Meksikaga nisbatan joriy etilgan bojlar sababini tushuntirdi

    3 fevral, 20:10

    AQSH bojxona to‘lovlari metallurgiyada ishlaydigan 100 ming kanadalik uchun muammo yaratishi mumkin 

    26 mart, 19:15

    Kanadada yuz bergan muzli siklon natijasida 400 mingga yaqin aholi elektr energiyasisiz qoldi

    31 mart, 23:50

    Kanada Rossiyaga tegishli “gigant samolyot”ni Ukraina foydasiga musodara qilishni boshladi

    7 may, 19:55

    Alberta Kanadadan ajralib chiqish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda 

    8 may, 19:55

    Kanada Yevropa Ittifoqining qurollanish dasturiga qo‘shiladi

    29 may, 15:00

    Kanadadagi keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari Oydan ham narida ko‘rinmoqda 

    3 iyun, 23:10

    Kanada immigratsiya qonunlarini yanada murakkablashtiradi

    4 iyun, 11:28
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50

    Kuchga to‘layotgan yangi qudrat. Xitoy qaysi qurollari bilan dunyo eʼtiborini tortdi?

    11 iyun, 20:00

    Vahshiylikning eng yuqori cho‘qqisi — Isroil askarlari falastinlik 6 yoshli qizcha va uning qarindoshlarini qanday o‘ldirgan edi?

    10 iyun, 19:40

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil Eronga havodan hujum qildi (foto, video)

    Dunyo | 13 iyun, 08:23

    Stomatolog ogohlantirdi: tish muammolari ortiqcha vaznni keltirib chiqaradi

    Layfstayl | 12 iyun, 23:50

    Bo‘stonliqda yarim tunda do‘konga o‘g‘irlikka tushgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 12 iyun, 23:35

    Keti Perri va Orlando Blum 6 yillik munosabatlaridan so‘ng ajralishga qaror qilishdi

    Layfstayl | 12 iyun, 23:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.