Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridida amaldagi qonun hujjatlari talablariga zid ravishda harakat qilingani aniqlandi.

Ma’lum qilinishicha, Uzbekistan Airports AJ buyurtmachiligida jami 6,8 mlrd so‘mlik “bodi-kameralarni yetkazib berish, o‘rnatish va ishga tushirish xizmatini ko‘rsatish” yuzasidan o‘tkazilgan davlat xaridida qator qonunbuzilish holatlari sodir etilgani ma’lum bo‘ldi.
O‘rganish davomida ushbu tanlovda ishtirokchilar uchun tanlov hujjatlarida aks etgan talablar asosida takliflar to‘liq va xolis baholanmagani, shuningdek o‘zaro affillangan shaxslar (ya’ni o‘zaro bog‘liqlik va manfaatdorlik) ishtirok etgani va baholash jarayonida qator xatoliklarga yo‘l qo‘yilgani tasdiqlandi.
Qayd etilgan holat yuzasidan Agentlikning taqdimnomasi asosida xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilinib, noqonuniy davlat xaridining oldi olindi.
O‘rganish va tahlillar jarayonida to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Izoh (0)