Ukraina 3 000 kilometr masofagacha ucha oladigan “Flamingo” raketasini ishlab chiqmoqda. Hozirda ishlab chiqarish quvvati kuniga bittani tashkil etadi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Jurnalistlar ishlab chiqarish zavodidan olingan videoni e’lon qildi. Ishchilarning aytishicha, raketaning dastlabki namunasi zavoddagi bo‘yash xatosi sabab pushti rangda chiqqan va natijada unga qush nomi — “Flamingo” berilgan. Zavod xodimlari rok-musiqa ostida 3 000 kilometrga mo‘ljallangan raketalar va 1 600 kilometrga mo‘ljallangan dronlarni yig‘moqda.
Ukraina raketasining aniqligi 14 metrni tashkil etadi. Zavod ishlab chiqarish hajmini oshirib, kuniga 7 taga yetkazmoqchi Bunday ko‘rsatkichga 2025-yil oktyabrida erishilishi mumkin. Raketalar yaqin vaqt ichida Rossiyaning neftni qayta ishlash zavodlari va o‘q-dori omborlariga qarshi qo‘llanadi.
Fire Point kampaniyasi 2022-yildan boshlab qurol ishlab chiqarishga e’tibor qaratgan. 2023-yilda zavod kuniga 30 dona FP-1 dronini ishlab chiqargan bo‘lsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich 100 taga yetgan. Har bir FP-1 dronining narxi 55 ming dollarni tashkil etadi.
60 kilogramm og‘irlikdagi portlovchi yuk bilan FP-1 Rossiya hududidagi zarbalarning 60 foizi, jumladan, neftni qayta ishlash zavodlari va qurol-yarog‘ omborlariga berilgan zarbalar uchun javobgardir, deyiladi xabarda.
Izoh (0)