Qozog‘iston neft mahsulotlarining noqonuniy o‘tkazilishini to‘xtatish maqsadida davlat chegarasidagi nazoratni kuchaytiradi. Bu haqda Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Roman Sklyar ichki yonilg‘i-moylash materiallari (YMM) bozoridagi vaziyatga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilgan.

Yig‘ilishda ichki bozorni YMM bilan barqaror ta’minlash va chegaraoldi hududlarda neft mahsulotlari aylanmasi ustidan nazoratni kuchaytirish masalalari muhokama qilingan.
“Yig‘ilish yakunida bosh vazirning birinchi o‘rinbosari mas’ul davlat idoralariga neft mahsulotlarining noqonuniy o‘tkazib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha batafsil reja ishlab chiqish va davlat chegarasidagi nazoratni kuchaytirish, jumladan, hududlarda yuklar harakati va yonilg‘i iste’molini kuzatib borish topshirig‘ini berdi”, deyiladi xabarda.
Sklyar davlatning eng muhim vazifasi ichki ehtiyojlarni ta’minlash ekanligini ta’kidlagan.
“Narxlardagi farqlar va logistika taqchillik yuzaga kelishi uchun sharoit yaratmasligi kerak”, deb qayd etilgan xabarda
Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda bozordagi vaziyat barqaror, zarur miqdorda yonilg‘i zaxirasi mavjud.
Izoh (0)