Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 22-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 52,65 so‘mga tushib, 12 413,79 so‘m bo‘ldi;
- yevro 48,90 so‘mga pastlab, 14 468,27 so‘m bo‘ldi;
- rubl 0,56 so‘mga tushib, 154,86 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi bir kunlik ko‘tarilishdan so‘ng yana tushib, 12 466,44 so‘m bo‘lgandi. O‘zbekistonda ushbu valyuta rasmiy kursining yil boshidan buyon eng past qiymati 24-iyunda 12 410,99 so‘mni tashkil etgan.
Izoh (0)