Italiyaning “Roma” hamda Angliyaning “Manchester Yunayted” klublari yarim himoyachi Jeydon Sancho transferi borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda mashhur jurnalist Janluka Di Marsio xabar bergan.

Manbaga ko‘ra, rimliklar 24 yoshli ingliz futbolchisini 19 million yevro evaziga xarid qilmoqda. Bitim shartlariga ko‘ra, kelishuvga yana 5 million yevrolik bonus bandi ham kiritilgan. Bu bonuslar futbolchining A Seriyadagi individual ko‘rsatkichlari yoki jamoaviy yutuqlariga qarab to‘lanadi.
Klublar transfer shartlari borasida to‘liq kelishuvga erishgan, biroq hozircha Sancho ushbu taklifni qabul qilish-qilmaslik borasida yakuniy qarorga kelmagan. Sababi, “Manchester Yunayted” safida u yiliga 15 million yevro maosh oladi. “Roma” esa ushbu miqdorni besh yillik shartnoma davomida to‘laydi.
Avvalroq Turinning “Yuventus” klubi ham Jeydon Sanchoga qiziqish bildirgan edi, biroq tomonlar muzokaralarda kelishuvga erisha olmadi.
Izoh (0)