“Manchester Siti” vingeri Savinyo faoliyatini Angliya Premyer Ligasining boshqa jamoasida davom ettirishi mumkin. Insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, unga Londonning “Tottenhem” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
-8PCt3pFf.avif)
Manbaga ko‘ra, “shporlar” bosh murabbiyi Tomas Frank 21 yoshli braziliyalik futbolchini jamoaga qo‘shib olish tarafdori va ayni paytda transfer bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Bunga Son Hyon Minning AQSHning “Los-Anjeles” klubiga o‘tishi va Jeyms Meddisonning uzoq muddatli jarohati sabab bo‘lmoqda. Shu bois “Tottenhem” Savinyoni yangi mavsum oldidan transfer qilishni xohlamoqda.
Hozircha “Manchester Siti” futbolchini sotish niyatida emas, biroq London klubi rahbariyati katta miqdordagi taklif bilan chiqsa, “shaharliklar” fikrini o‘zgartirishi mumkin. Shuningdek, Savinyoning o‘zi ham jamoadagi kuchli raqobat tufayli “Tottenhem”ga o‘tishga qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.
- Braziliyalik futbolchi o‘tgan mavsum “Manchester Siti” safida 48 uchrashuvda maydonga tushib, 3 gol va 13 assist muallifiga aylangan.
- Savinyoning klub bilan shartnomasi 2029-yilning iyuniga amal qiladi.
- Transfermarkt portali uning qiymatini 50 million yevro atrofida baholamoqda.
Izoh (0)