Dam olish kunlari kayfiyatni ko‘tarish, yurakka iliqlik bag‘ishlash va yuzga tabassum ulashish uchun romantik komediyadan yaxshiroq tanlov bo‘lmasa kerak. Ayniqsa, 2000-yillar mazkur janrning oltin davri bo‘lib, kino olamiga o‘nlab unutilmas juftliklar, o‘tkir hazil va samimiy his-tuyg‘ularni hadya etdi. Quyida ana shu davrning eng yaxshi filmlarini bir joyga jamladik.
“Ta’tillar almashganda” (2006)
Rejissyor: Nensi Meyers
Rollarda: Kameron Dias, Keyt Uinslet, Jud Lou, Jek Blek
Turli qit’alardan va butunlay boshqacha hayotga, lekin ishqiy masalalarda juda o‘xshash muammolarga ega bo‘lgan ikki qiz tasodifan internet orqali tanishib, Rojdestvo arafasida uy almashishga qaror qilishadi. Mazkur g‘oya ikkalasi uchun ham kutilmagan syujetga aylanadi: g‘amginlik va kundalik muammolardan dam olishga umid qilib, qahramonlar nihoyat o‘z baxtini topadi.
“Chin muhabbat” (2003)
Rejissyor: Richard Kertis
Rollarda: Hyu Grant, Bill Nigi, Liam Nison, Emma Tompson
Barcha davrlarning eng yaxshi romantik filmlaridan biri. Film qahramonlari orasida kotibasiga oshiq bo‘lgan yosh bosh vazir, do‘stining go‘zal qallig‘i sabab azob chekayotgan yigit va muhabbatdan hafsalasi pir bo‘lgan yolg‘iz yozuvchi ham bor. Ularning taqdiri bir-biriga bog‘langan va bir vaqtning o‘zida bir-biridan mustaqil ravishda rivojlanadi. Hamdardlik va o‘zaro tushunish haqidagi film.
“13 dan 30 gacha” (2004)
Rejissyor: Gari Vinik
Rollarda: Jennifer Garner, Mark Ruffalo, Judi Grir, Endi Serkis
1987-yilda yashovchi 13 yoshli Jenna tezroq katta bo‘lishni xohlaydi. U 30 yoshli go‘zal qiz bo‘lishni orzu qiladi va qizning bu orzusi amalga oshadi. Qahramon 2004-yilda mashhur jurnalning go‘zal muharriri sifatida uyg‘onadi va bolalikdagi do‘stini sevib qoladi.
“O‘zgarish vaqti keldi” (2003)
Rejissyor: Nensi Meyers
Bosh rollarda: Jek Nikolson, Dayan Kiton, Kianu Rivz, Frensis MakDormand
Filmda afsonaviy Jek Nikolson, Amanda Pit va Kianu Rivz ishtirok etgan. Faqat 30 yoshga to‘lmaganlar bilan uchrashishni ma’qul ko‘radigan keksa bo‘ydoq ma’shuqasining onasi — yozuvchi Erika bilan tanishib qoladi va u butun umrini birga o‘tkazishni xohlagan ayol ekanini tushunadi. To‘g‘ri, filmda yana bir raqib ham bor — kelishgan yosh shifokor, u ham Erikani yoqtiradi. Plyaj sahnalari, 2000-yillarning modasi bo‘lgan kashmir sviterlar va sevgi uchburchagi — bundan yaxshiroq nima bo‘lishi mumkin?
“Qonundagi mallasoch” (2001)
Rejissyor: Robert Luketich
Rollarda: Riz Uizerspun, Lyuk Uilson, Selma Bler, Mettyu Devis
Maftunkor mallasoch qiz qobiliyatli advokat bo‘la olmaydi, deb kim aytdi? Riz Uizerspun tomonidan ajoyib tarzda ijro etilgan Elle Vuds buning aksini osongina isbotlaydi. Uning yigiti — universitetning eng yaxshi talabasi qizni tashlab ketishga qaror qiladi. Shundan so‘ng yigit uchun hayotdagi eng halokatli xato, lekin bosh qahramon uchun eng yaxshi daqiqalar boshlanadi.
“To‘y tashkilotchisi” (2001)
Rejissyor: Adam Shenkman
Rollarda: Jennifer Lopes, Mettyu Makkonahi, Brijit Uilson, Jastin Chembers, Judi Grir
Adam Shenkman rejissyorlik qilgan 2000-yilda suratga olingan klassik roman. Filmda to‘ylarni tashkillashtiruvchi Meri (Jennifer Lopes) tasodifan mijozining qaylig‘i (Mettyu Makkonahi)ni sevib qoladi. Ammo hech kim to‘yni bekor qilmoqchi emas.
“Kelinlar jangi” (2009)
Rejissyor: Gari Vinik
Rollarda: Keyt Hadson, Enn Heteuey, Brayan Grinberg, Kris Pratt
Ikki eng qadrdon dugonaning raqibga aylanishi tasvirlangan ajoyib film. Iyun oyida Nyu York Plazada nikohdan o‘tish — bu ikki qizning bolalikdan beri orzusi. Jangda g‘alaba qozonish uchun Enn Heteuy va Keyt Hadson qo‘lidan kelgan hamma ishni qiladi: kutilmagan homiladorlik haqida mish-mish tarqaladi va raqibi kelinlik libosiga sig‘masligi uchun to‘ydirib ovqatlantirishga urinish. Ammo bu to‘y yaqin odamingni yo‘qotishga arziydimi?
“Soch laki” (2007)
Rejissyor: Adam Shenkman
Rollarda: Nikki Blonskiy, Jon Travolta, Mishel Pfayfer, Kristofer Uolken, Amanda Bayns
“Soch laki” 1960-yillarda suratga olingan xuddi shu nomdagi Brodvey myuziklining ekranlashtirilgan varianti hisoblanadi. O‘rta maktab o‘quvchisi Treysi onasining ishi bo‘lgan — kir yuvuvchilikdan ko‘ra teleyulduz bo‘lishni orzu qiladi. Televizion prodyuser Link Larkinning e’tiboriga tushgach, asta-sekin uning orzusi amalga osha boshlaydi.
“Va’da berish — uylanish degani emas” (2008)
Rejissyor: Ken Kuopis
Rollarda: Ben Afflek, Jennifer Eniston, Jennifer Konnelli, Bredli Kuper, Skarlett Yoxansson
Filmda baltimorlik bir necha yigit va qizlar haqidagi hikoyalar va ular munosabatlarning turli bosqichlarida, uchrashuvlardan tortib, eng qiyin bosqich — turmush qurish taklifigacha duch keladigan qiyinchiliklar haqida hikoya qilinadi.
“Sevgi va ogohlantirish xati” (2003)
Rejissyor: Mark Lourens
Rollarda: Sandra Bullok, Hyu Grant, Alisiya Vitt, Dana Ivey, Robert Klein
Yosh Hyu Grant va Sandra Bullokning hayajonli dueti. O‘zi va atrofidagilariga nisbatan talabchan Lyusi ismli bosh qahramon nufuzli yuridik korporatsiyada bosh maslahatchi lavozimidan ketishga qaror qiladi. Buning sababi shundaki, u xo‘jayiniga “enagalik qilish”dan juda charchagan — rahbari usiz bir qadam ham bosa olmaydi. Yordamchisiga maftun bo‘lgan millioner Jorj Lyusini ishdan bo‘shatishga rozi, faqat bir shart bilan: Lyusi ikki hafta ichida o‘rniga boshqa xodim topishi kerak. Bunday odamni topish oson emas, Jorj ham o‘zining sodiq yordamchisisiz qolishni istamaydi.
Izoh (0)