Ukraina armiyasida askarlarni jang maydonidagi tahdidlardan himoyalay oladigan 23 mingga yaqin zirhli transport vositasiga ehtiyoj bor. Bu haqda Defense Express nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ukrainaliklarga NATO STANAG 4569 Level 2 himoya darajasiga ega kamida 20 mingta, shuningdek Level 3 standartiga javob beradigan taxminan 3 ming zirhli transport vositasi kerak. Ulardan birinchisi 6 kg, ikkinchisi esa 8 kg trotil ekvivalentiga ega mina portlashidan himoya qiladi.
Mamlakat o‘z ichki imkoniyatlari hisobiga Varta-2, UAT-GYURZA-02, Inguar-3 va Kozak-2M1 kabi modellarni ishlab chiqarmoqda. Bundan tashqari, Turkiyaning Kirpi, Qo‘shma Shtatlarning MaxxPro va Kanadaning Senator MRAP zirhli mashinalari ham Ukraina armiyasi safida xizmat qilmoqda.

Ekspertlar Level 2 standarti bo‘yicha 20 mingdan ortiq transport vositasi nafaqat yo‘qotishlarni qoplash, balki yangi bo‘linmalarni qurollantirish uchun ham zarur ekanini ta’kidlashgan. Level 3 himoya darajasiga ega texnikalar esa old jabhadagi og‘ir sharoitlar uchun juda muhim.
Izoh (0)