26-iyul kuni soat 01:05 larda Shayxontohur tumani Nurafshon ko‘chasida Spark avtomobili haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, beton ustunga urilgan. Yuz bergan avtohalokatda haydovchi olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, haydovchi 2005-yilda tug‘ilgan B.B. Spark rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, beton ustunga to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. YTH natijasida haydovchi olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Shuningdek, avtomashina ichida bo‘lgan yana bir nafar yo‘lovchi, 2004-yilda tug‘ilgan A.J.ga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh (0)