Buyuk Britaniyaning Four Four Two jurnali “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingini e’lon qildi. Kutilganidek, birinchi o‘rinni klub afsonasi Lionel Messi egalladi. U “Barselona” safida 8 ta “Oltin to‘p” sohibiga aylangan. Shuningdek, klub bilan deyarli barcha sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Hujumchi “ko‘k-anorranglilar” safidagi 17 yillik faoliyatidan keyin 2021-yilda klubni tark etgan.

Ikkinchi o‘rinni klubning yana bir afsonasi, yarim himoyachi Xavi egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikka o‘z vaqtining eng yaxshi futbolchilaridan biri Andres Inyesta yakun yasadi.
“Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar (top-10):
- Lionel Messi
- Xavi Ernandes
- Andres Inyesta
- Yoxan Kroyf
- Ronaldinyo
- Diego Maradona
- Samuyel Eto’O
- Ronald Kuman
- Sezar Rodriges
- Mikael Laudrup
Shuningdek, Serxio Buskets 11-o‘rindan joy olgan, braziliyalik hujumchi Ronaldo13-pog‘onada qayd etilgan. Xosep Gvardiola esa 19-o‘rinni egallagan bo‘lsa, klubning hozirgi paytdagi yetakchilaridan biri — Lamin Yamal esa 41-o‘rinda turibdi.
Izoh (0)